Bitlar (Anoplura) turku-mining
vakillari
faqat
sut-emizuvchilar
sinfi
vakillarida parazitlik qilib yashaydigan qon so‘ruvchi ektoparazitlardir.
Bitlarning 300 ga yaqin turi bor. MDHda 40 ga yaqin turi uchraydi.
Bitlarning tanasi dozoventral tomonga qarab yassilangan. Bosh qismida
og‘iz apparati, sezgi organlari joylashgan. Ko‘zlari oddiy, ayrimlarida esa
ko‘zlari umuman bo‘lmaydi. Bir juft 3-5 bo‘g‘imli kalta mo‘ylovlari sezish
a’zolari vazifasini bajaradi. Og‘iz apparati sanchib-so‘ruvchi tipda tuzilgan. Bir
juft maksillalar, gipofarinks va pastki lab uzun nina shaklida bo‘lib, xartumchaning
ichida joylashgan. Bit chaqqanda og‘iz a’zolari xar-tumchadan tashqariga chiqib,
terini jarohatlaydi va qon so‘radi. So‘lak bezlarining mahsuloti qon ivishiga
qarshilik ko‘rsatadi. Tananing ko‘krak qismi bir-biriga qo‘shilib ketgan 3 ta
segmentdan tuzilgan bo‘lib, 3 juft yurish oyoqlariga ega. Qanotlari bo‘lmaydi.
Oyoqlari tirnoqlari bilan tugaydi. Hasharotning jinsiga qarab oxirgi qorin
segmentining shakli turlicha bo‘ladi. Urg‘ochi bit qor-nining oxirida o‘roqqa
o‘xshagan 1 juft o‘simtasi bo‘ladi. Jinsiy teshigi sakkizinchi qorin
segmentida joylashgan. Erkaklarining jinsiy teshigi to‘qqizinchi segmentda
joylashgan. Demak, bitlarda jinsiy dimorfizm yaqqol ko‘rinadi. Urug‘lanishi
ichki, rivojlani-shi chala metamorfozli. Tuxumdan chiqqan lichinkasi 3 marta
tullab imagoga aylanadi. Bitlarning tuxumi sirka deyiladi. Bitlar ixtisoslashgan
parazitlar hisoblanadi. Har bir tur hayvonning o‘ziga xos biti bo‘ladi. Bu turkumga
3
ta
oila
kiradi:
1.
Gematopidlar (Heamatopidae) oilasi vakillarining ko‘zi yo‘q, tanasi
tukchalar
bilan
qoplangan,
faqat
quruqlikdagi
sutemizuvchi-larda
(primatlardan tashqari) parazitlik qiladi. Fil, ot, cho‘chqa, qoramol, quyon va
bug‘u bitlari shular jumlasiga kiradi. Bu bitlar parazitlik qilish bilan
birga
kuydirgi,
cho‘chqalarda
o‘lat
kasalligini
ham
tarqatadi.