Abdulla Qodiriy nomidagi JDPU Pedagogika psixologiya ta'lim yònalishi 520-20 -guruh talabasi Muxamedova Madinaning Xulqi oģishgan bolalar psixologiyasi fanidan taqdimoti.
Inson tabiatining o‘ziga xos tomonlaridan biri uning jamiyat hayoti bilan bog‘langan tomoni bo‘lib, bu shaxs muammosini o‘rganishni taqozo etuvchi jihati hisoblanadi. Inson mavjudligining turli jabhalardan o‘rganish uzoq tarixiy davrli an’analarga ega.
Shaxsning eng muhim xususiyatli jihatlaridan biri - bu uning individualligidir, ya’ni yakkaholligidir. Individuallik deganda, insonning shaxsiy psixologik xususiyatlarining betakror birikmasi tushuniladi
Har bir shaxsning hayotda erishgan yutuqlari, baxtini xarakterlovchi ma’lum mezonlar borki, uni o‘rganishda alohida fan yo‘nalishiga zarurat tug‘iladi. Bu esa insonning ijtimoiy faolligini ta’minlovchi shaxs tushunchasi bilan xarakterlanadi. Shaxs faol faoliyat sub’ekti bo‘lib, u hayotining barcha bosqichlarida shakllanib, rivojlanib boradi.
Og`ishgan xulq turlarining psixologik tasnifi - Psixologik yondoshuv shaxsning og`ishgan xulqidagi alohida ko`rinishlarni ijtimoiy-psixologik tafovutini ajratishga asoslangan. Psixologik tasniflar quyidagi mezonlar asosida quriladi: buzilgan me’yor turi;
Ma'lumki, maxsus adabiyotlarda “og`ishgan xulq” atamasi ko`pincha Deviant axloq (deviatio – lotin tilida og`ishgan) sinonimi bilan almashtiriladi. Kelgusida biz o`zaro bir-birining o`rnini to`ldiruvchi sifatida har ikkala atamani qo`llaymiz – “og`ishgan”, “Deviant”, bunda birinchi atama aniq va o`rganilgan bo`lgani sababli afzal ko`riladi. . Shaxsning og`ishgan xulqi– bu umumqabul qilingan yoki rasman o`rnatilgan ijtimoy me’yorlarga mos tushmaydigan axloq. Boshqacha aytganda, bu harakat mavjud qonunlar, qoidalar, an'analar va ijtimoiy buyruqlarga mos tushmaydi. Bir xil turmush sharoitlari shaxs faolligining turli shakllarini yaratish hamda har xil hayotiy vaziyatni vujudga keltirish imkoniyatiga ega. Hayotda biron bir tanbeh berishning o‘zi kimgadir ruhiy hisni uyg‘otsa, boshqa birining sirtiga ham yuqmasligi uchraydi.
Ma'lumki, qator hollarda aktsentuatsiya qonunga qarshi harakat, suitsidal axloq, giyohvand moddalarni iste'mol qilish kabi og`ishgan xulq bilan uyg’unlashadi. Ayni damda aktsentuatsiyalangan xarakterli ko`pchilik odamlarning axloqi og`ishgan hisoblanmaydi. K.Leongardning fikriga ko`ra rivojlangan davlatlarda aholining 50 foizi aktsentuatsiyali shaxsga taalluqlidir .Bunda ularning ko`pchilik qismi me’yoriy axloqni namoyish qiladi va hatto jamiyat oldida alohida xizmatlarga ega.
Og`ishgan xulqning xususiyatlari shaxsning o`zi yoki atrofdagilarga ahamiyatli tarzda hayot sifatini pasaytirgan holda real zarar keltirishi hisoblanadi. Bu mavjud tartibning noturg’unligi, ma'naviy va moddiy zarar keltirish, jismoniy zo`rlik va dard-alam yetkazish, soqlig’ining yomonlashishi bo`lishi mumkin. Deviant axloq o`zining eng keyingi ko`rinishlarida hayot uchun bevosita xavf tug’diradi, masalan, suitsidal axloq, zo`ravonlik jinoyatlari, “og’ir” giyohvand moddalar istye'mol qilish. Zararning psixologik markeri o`sha odamning o`zi yoki uning atrofidagilarning aziyat chekishidir.
Axloqni og`ishgan deb kvalifikatsiya qilish uchun u shaxsning umumiy yo`nalganligi bilan muvofiqlashishi zarur. Bunda axloq nostandart vaziyatlar oqibati (masalan, jarohatdan keyingi sindrom doirasidar axloq), krizisli vaziyat oqibati (masalan, yaqin odamining o`limi tufayli birinchi oy davomidagi qayg’u reaktsiyasi) yoki o`z-o`zini muhofazalash oqibati (masalan, hayot uchun real xavfning mavjudligida) bo`lmasligi lozim.
Og`ishgan xulqning oxirgi belgisi sifatida uning ifodalangan individual va yosh-jinsiy o`ziga xosligini ta'kidlash mumkin. Og`ishgan xulq dastavval, shaxsning jamiyatda tashqi mavjudligini aks ettiradi. U “ichki” jihatdan o`ta turli-tuman bo`lishi mumkin. Deviant axloqning bir xil turlari har xil odamlarda turli yoshda turlicha ko`zga tashlanad