3.Temuriylar davrida kutubxonachilik, hujjatchilik va ish yuritishning o‘ziga xosligi. O‘rta Osiyo Amir Temur davriga kelib iqtisodiy - siyosiy, ijtimoiy va madaniy tomondan rivojlana boshlaydi. Bu davrga kelib ko‘plab kalligraflar, rassomlar, san’at ustalari, xattotlar etishib chiqti, kitobchilik sohasida yangi burulish yuz berdi. Ayniqsa, bu rivojlanish Temuriyning farzandi SHohruh va uni o‘g‘li Ulug‘bek davrida sezilarli tus oldi. Adabiyot maydoniga Atoyi, Sokkokiy, Haydar Xorazmiy, Durbek, Lutfiydan so‘ng she’riyat mulkining sultoni va mutafakkir shoir Alisher Navoiy chiqdi.
Alisher Navoiy kitobchilik san’ati tarixida oziga xos yangi oqimni boshlab berdi. Uning bevosita ko‘magi bilan Kamoliddin Behzod, Sultonali Mashhadiy kabi o‘nlab kitobchilik san’atida mohir xattot, lavvoh, musavvirlar har bir qo‘lyozma asarlariga noziklik, nafislik bilan naqshu nigor chizganlar. Kitobchilikka mehr qo‘ygan ustalar o‘z kasblarini yuqori san’at durdonasi sifatida qadrlanganlar. Kitobxona mutaxasislarining mehr - muxabbat bilan qilgan mehnatlari tufayli qo‘lyozma san’atining uslub an’analari keyingi yillardagi kitobchilik san’atiga asos soldi.
Amir Temur va temuriylar davrida ham kutubxona-arxivlari mavjud bo‘lgan. Ayniqsa Amir Temur harbiy yurishlari davrida ko‘pgina nodir qo‘lyozma asarlarini Movarounnahrga olib keldi. Jahonning bir qancha mamlakat qirollari bilan yozishmalar olib bordi. Bu diplomatik yozishmalar qimmatli arxiv hujjati hisoblanadi. SHu diplomatik yozishmalardan biri 1996 yil YUNESKO tashabbusi Parijda o‘tkazilgan Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati bilan Fransiya prezidenti Jak SHirak tomonidan O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovga topshirildi.
B. G‘ofurov o‘z asarida Amir Temurning o‘g‘li SHoxruh hukumronligi vaqtida Hirotda kutubxona tashkilib qilinib, unda qirqqa yaqin etuk rassom, kalligraf va muqavasoz ustalar ishlagani, XV asrning ikkinchi yarmida Hirot yirik ilmiy va madaniy markaz bo‘lganligini, ajoyib saroy kutubxonasi o‘ziga xos ilmiy maussasaga aylanganligini, kitoblar kalligraflar yordamida ko‘chirilganligi va bezaklar berilganligi haqida keltirib o‘tadi.
O‘rta asrlarda mohir naqqosh va musavvirlar qo‘li bilan ziynatlangan kitoblar juda qadrlangan. Kitob bezash san’atida naqqoshlikda turunj degan naqsh turi mavjud bo‘lib, bu usulda kitoblarning muqovasi bilan ilk sahifasi bezatilgan.
Kitob tuzish ishida varroq yoki sahhof (sahifalarni tayyorlovchi) jildsoz, xattot, lavvoh, musavvirlar aktiv ishtirok etganlar va ularni san’ati uzoq asrlardan beri yuksak qadrlanib kelmoqda. Sahhof sahifalarni tayyorlagandan so‘ng, xattot unga asar matnini ko‘chiradi, lavvoh esa muqova, birinchi va qolgan sahifalarga rang berib ziynatlaydi, musavvir qo‘lida kitob yanada o‘zgaradi, bezak, surat chizilishi shart bo‘lgan joylarga musavvir o‘z san’atini bitadi; natijada tugal ish jarayonidan o‘tgan etuk asar yaratiladi. Kitobga jildsoz charm, kumush va zardan muqova ishlaydi. Dastlabki davrda yog‘ochdan ham muqova yasaganlar, lekin bu usul yaxshi natija bermaganligidan charmga o‘tilgan. CHarmdan ishlash usuli, umuman, kitobchilik ishlari aslida temuriylar davridan boshlab keng rivojlana boradi. Kitobchilik tasviriy san’at maktablari, yirik kutubxonalar maydonga kela boshlaydi.
Boysunqur Mirzo (Amir Temurning vorisi SHohruxning o‘g‘li va vaziri) Hirotda ulkan kutubxona ta’sis etdi. Unda qirq nafar etuk hunarmand: xushnafis xattot, mavlono Ja’far Tabriziy raisligida kitobat bilan mashg‘ul bo‘lib, kitob tuzish uchun lozim bo‘lgan varrohlik (qog‘oz tayyorlash), tasvir, tazhib (oltin rang bilan naqshlash), tajlid (charm yoki boshqa qimmatbaho matodan jild yasash), vassollik (to‘zgan kitoblarni qayta tiklash - restovratsiya), zarofshonlik (sahifalar hoshiyasi va yozuv oralariga oltin yoki kumush rang purkab bezatish) va boshqa nafosat, badiy san’at ijodi bilan band edilar.
Temuriylar singari san’atni qadrlagan hukmdorlar O‘rta Osiyoda hech vaqt bo‘lmagan, deb ta’kidlaydi ingliz tadqiqotchi F. R. Martin. Mazkur muallif va boshqa bir qator evropalik san’atshunos olimlar Mirzo Boysunqur, SHohrux Mirzo, Ulug‘bek va Sulton Husayn Mirzo singari temuriyzodalarni san’atga qiziqqan kishilar deb ta’rif beradilar.
Boysunqur zamonida Hirotga ko‘pgina asarlardan namunalari to‘planadi, uning atrofida o‘z davrining etuk shoirlari, kitobxonlari, muqovasozlari, naqqoshlari, qog‘ozchilari va boshqa kitobsoz hunarmandlari yig‘iladi. Ularga muhim asarlarni ko‘chirib yozish yuklanadi. Boysunqur Akademiyasida tayyorlangan asarlar orasida Firdavsiyning “SHohnoma”si alohida ahamiyatga egadir. Bu kitob o‘zining mazmuni, harxil bejirim, o‘ynoqi rangdagi nafis bezak va naqshlari bilan hamon ko‘pchilikni e’tiborini o‘ziga jalb qilib kelmoqda. Mazkur Akademiyaning 1430 yilda yaratgan “SHohnoma” nusxasi hozirda Tehron muzeyida saqlonmoqda.
XV asrning 2-yarmida Hirotda kitobat san’ati yanada rivoj topadi. Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy saroy kutubxonasini nodir asarlar bilan boyitishga g‘oyat g‘amxo‘rlik qiladilar. Navoiyning ukasi Darveshali devonxona kutubxonasining dorug‘asi etib tayinlanadi. U kutubxonaga Hirotning ko‘plab xushnavis kotib, xattotlar va mohir naqqoshu musavvirlarni to‘playdi.
1500 yilga kelib Turkiy tilining so‘zlashish doirasi kengayib bordi. Bu haqda Bobur o‘z asarida shunday deydi: “Farg‘ona va Andijon hududlarida yashovchilar turkiylar bo‘lib, ular hamma erda shahar va bozorlarda turk tilida so‘zlashadi”. Ammo, Isfara hududlarida sart va forsiy tillarida so‘zlashilgan. So‘zlashuvning bu chegaralashuvi Sovet davriga kelib O‘zbekiston va Tojikistonning milliy-hududiy chegaralanishida o‘z aksini topdi. Farg‘ona vodiysi ikki respublika tomonidan bo‘lingan bo‘lsa, Andijon O‘zbekistonga, Isfara esa Tojikistonga o‘tdi.
Andijonda turkiy tilining ishlatilishi haqida Bobur “Bu erda adabiy tilda so‘zlashadi va bu til Alisher Navoiy tomonidan kiritildi. Turkiy til shu tariqa butun Xurosonga yoyildi1.
Alisher Navoiy va Husayn Boyqaro zamonida ilm-fanga bo‘lgan e’tibor nihoyatda yuqori edi. Alisher Navoiy tashabbusi bilan bir qator madrasa, maqbara, dorixina , karvonsaroy, hammom, kutuxonalar, kitob do‘konlari qurildi.
CHig‘atoy (Turkiy) adabiyotning yuksalish davri XV asrning oxirlarida Alisher Navoiy (1441-1501) asarlari bilan boshlangan bo‘lsa, keyinchalik Boburning me’muar asari hisoblangan Boburnoma ham jahon adabiyotida muhim o‘rin tutadi.
Zaxiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) 12 yoshida Farg‘ona taxtini egalladi. Ammo u o‘zaro kurashlar oqibatida Farg‘ona, Samarqandni qo‘ldan boy berib, o‘z vatani Movarounnahrni tashlab Qobulda 1504 yil o‘z hokimiyatini o‘rnatadi. Keyinchalik 1526 yili Hindistonda buyuk imperiyaga asos soladi. Bobur bu hududlarda hukmronlik qilgan davrida ilm-fan, madaniyat va adabiyotga katta e’tibor berdi. Uning Boburnoma asari islom olamida birinchi avtobiografik asar hisoblanadi. Asar forsiy emas, turkiy tilda yozilganligi, undagi fikrlar sodda va tushunarli qilib berilganligi bilan o‘sha davr madaniyati hamda ilm fanini keng yoritib beradi2.
Amir Temur va temuriylar davrida hujjatchilik va ish yuritish tizimiga oid ba’zi bir hujjatlar bizgacha etib kelgan. O‘zbekiston Respublikasi Abu Rayxon Beruniy nomidagi SHarqshunoslik Instituti (hozirgi SHarq qo‘lyozmalari markazi) olimlari 1992-yilda YAponiyaning Kioto Universitetining professori Toru Xorikava boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga qilgan safarlarining birida xivalik Aliya Aliakbarovadan 1713 ta asl nusxa Xiva qozilik hujjatlarini sotib olishdi va institutga taqdim etildi. Bu hujjatlar ichida temuriylar davriga oid bo‘lganlari ham tadqiqotchilar tomonidan aniqlandi.
Jumladan, bizgacha etib kelgan “YOrliqlar” ichida eng nodir hujjat- 1378-yilda Amir Temur tomonidan Xorazmdagi Darxonota mavzesida istiqomat qiluvchi Abu Muslim avlodlariga berilgan imtiyozlar haqidagi “Inoyatnoma”-“YOrlig‘i”dir. Turkiyda bitilgan bu hujjatda o‘sha avlodga berilgan imtiyozlar haqida farmon berilgan.
YOrliqni ancha sinchiklab o‘rgangan olimlar B.Mannonov va G.Ostonovalarning fikricha, “YOrliq” N.P.Ostroumov qo‘liga etib kelguniga qadar o‘ta muhim va muqqadas hujjat sifatida Xiva xonlarining xos arxivida saqlanib kelingan.
O‘shandan buyon bu tarixiy hujjat yuzasidan maxsus tadqiqot olib borilgani yo‘q. Xayriyatki, u ko‘plab boshqa muhim tarixiy manbalar qatori yo‘q bo‘lib ketmasdan, bizgacha etib kelgan. Marxum akademik Ibrohim Mo‘minov Soxibqiron haqida maxsus risola yozish uchun yozma manbalar bilan tanishar ekan, SHarqshunoslik Instituti fondida ushbu hujjatga duch keladi. 1968-yilda I.Mo‘minov yozma va bosma manbalar asosida “Amir Temurning O‘rta Osiyo tarixida tutgan o‘rni va roli”, deb atalgan risolasida ushbu hujjatning foto aksini muqova ortiga ilova qiladi. Uning tagiga “Amir Temur bin Muhammad Tarag‘ay Bahodirning muxri bosilgan farmon (1391)” degan tushuntirish berilgan. “Bu farmon, deb ta’kidlaydi I.Mo‘minov risolada, turkiy (eski o‘zbek) tilda yozilgan bo‘lib, unda Abu Muslim avlodlariga berilgan imtiyozlar haqida gapiriladi. Bu va bunga o‘xshash boshqa hujjatlar tarixchi, iqtisodchi va tilshunos olimlarimizni qiziqtirishi lozim.
“YOrliq” Amir Temurning davlatdorlik tarixini o‘rganish nuqtai nazaridan muximdir. Ayni vaqtda bu “YOrliq”ni o‘rganish XIV asrning oxirgi choragidagi siyosiy voqealar, o‘sha davr ijtimoiy-iqtisodiy hayotining ko‘pgina qirralari haqida xabar beradi. Amir Temurning siyosat bobida o‘ta diplomat ekanligi namoyon bo‘ladi. Unda Soxibqironning davlatchilik siyosatini kuch va qur’onga asoslangan holda har ikki omildan g‘oyat ustalik bilan amalga oshirganining guvohi bo‘lamiz.
“YOrliqlar to‘plamini o‘rganish va ilmiy muomalaga kiritish hozirgi davr talabi bo‘lib, unda davlatchiligimiz tarixini to‘g‘ri va xaqqoniy yoritishda asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi, chunki ularda XX asr birinchi choragigacha mavjud bo‘lgan barcha unvon va mansablar tarixini yoritishda ham keng foydalanish mumkin.