3-Мavzu: O‘zbekistonning tarixiy geografik o‘rni va tabiiy iqlim sharoitlari. Reja


Respublikaning o’simlik va havvonot olami



Yüklə 49,82 Kb.
səhifə7/7
tarix19.05.2023
ölçüsü49,82 Kb.
#117014
1   2   3   4   5   6   7
3-Ìavzu O‘zbekistonning tarixiy geografik o‘rni va tabiiy iqlim

Respublikaning o’simlik va havvonot olami.
O’simlik va hayvonot resurslari ham mamlakat tabiatining tarkibiy qismi sanaladi. O’zbekistonning o’simlik resurslari cho’l, adir, tog`, yaylov mintaqalarida joylashgan. Ularning 90 foizga yaqini chorva mollari uchun ozuqa hisoblanadi. Qumli va cho’l yaylovlarida yiliga o’rtacha gektaridan 3-5, adir yaylovlarida esa 8-10 sentnerdan pichan olish mumkin. Tog` mintaqasining pichan zahirasi umuman adir mintaqasinikidan ko’proq bo’lib, tuproq holati, nam va qalin o’rmonli bo’lishiga qarab o’zgaradi. Shuningdek, tog`lar yovvoyi va madaniylashgan mevalarga ancha boy. Ayniqsa, O’zbekiston tog`larida tog` olchasi, tog` olmasi, tog` yong`og`i, pista, do’lana, bodom, jiyda, gilos va boshqa mevalilar keng tarqalgan. Shu bilan birga tog`li hududlarda shifobaxsh o’simliklardan zira, zirk, na`matak, kiyik o’ti va boshqalar ko’p. O’zbekiston faunasining o’ziga xosligi, hayvonot resurslarining turlarga boyligidir. Masalan, bizda sut emizuvchilarning 97, sudralib yuruvchlarning 57, qushlarning 410, baliqlarning 70 ga yaqin turi mavjud. Tuyoqli sutemizuvchilardan jayron, sayg`oq, burama shox tog` takasi, Buxoro bug`usi (xongul) va boshqalar "Qizil kitob"ga kiritilgan.Teri (mo’yna)si uchun ovlanadigan hayvonlardan tulki, chiyabo’ri, bo’rsiqlar ham keng tarqalgan. O’z vaqtida mamlakatimiz hududida keng tarqalgan ayiq, qoplon, bars, qunduz, alqor (arxar) va boshqalar endilikda "Qizil kitob"dan joy olib, ularning soni ancha kamayib ketgan. Umuman, mamlakat o’simlik va hayvonot olami rang-barang bo’lib, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotning hozirgi bosqichida muhofazaga o’ta muhtoj.Mineral resurslar va ulardan Milliy iqtisodiyotda foydalanish.
O’zbekiston mineral resurslarga ham boy. Ma’lumki, hozirgi zamon ishlab chiqarishi va eng avvalo sanoatda mahsulotlar ishlab chiqarish asosan yer osti boyliklariga asoslanadi. Bu borada mamlakatimiz katta qulayliklarga ega. Tabiat yurtimizga turli-tuman xom ashyolarni in’om etgan. "O’zbekiston, - deydi Prezident Islom Karimov, - o’z yer osti boyliklari bilan haqli suratda faxrlanadi-bu yerda mashhur Mendeleev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan. Hozirga qadar 2,7 mingdan ziyod turli foydali qazilma konlari va ma`dan namoyon bo’lgan istiqbolli joylar aniqlangan. Ular 100 ga yaqin mineral xom ashyo turlarini o’z ichiga oladi. Ularning tasdiqlangan zahiralari 970 milliard AQSH dollarini tashkil etadi. Shu bilan birga, umumiy mineral-xom ashyo potensiali 3,3 trillion AQSH dollaridan ortiqroq baholanayotganini ham aytib o’tish kerak. Mustaqil taraqqiyotning hozirgi bosqichidayoq "har yili respublika konlaridan taxminan 5,5 milliard dollarlik miqdorda foydali qazilmalar olinmoqda va ular yoniga 6,0-7,0 milliard dollarlik yangi zahiralar qo’shilmoqda" (Karimov, 1997). O’zbekiston hududi ayniqsa, rangli metall rudalariga boy. Jumladan, mis rudasining zahirasi bo’yicha MDHda Rossiya va Qozog`istondan keyingi 3-o’rinda turadi. Mamlakatning eng yirik mis konlari Olmaliq atrofidagi Qalmoqqir, Dalniy va Saricheku konlaridir. Bu konlarning ishga tushirilishi natijasida 1951 yili Olmaliq shahri tashkil topgan, keyinchalik u rangli metallurgiya sanoati markaziga aylangan. Qo’rg`oshin-rux konlari janubi-g`arbiy Hisor tog`larida joylashgan. Qurama tog`idagi Lashqarak polimetall konidan qadimda kumush, qirg`oshin qazib olingan. Ular endilikda sanoat asosida Qo’rg`oshinkon konidan olinadi va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida qayta ishlanadi. Shimoliy Nurota tizmasi yonbag`irlarida ma`dan konlari, Xondiza (Surxondaryo)da yirik polimetall konlari topilgan.O’zbekiston oltin zahirasiga juda boy. qimmatbaho oltinning bir necha endogen va ekzogen konlari topilgan. Uning eng yirik konlari Markaziy Qizilqum (Muruntov va Kakpatas)da joylashgan. Islom Karimovning ta`kidlashicha: "Muruntov koni dunyodagi gigant konlar jumlasiga kiradi. U Yevrosiyo materigidagi ruda tarkibida oltin yuqori darajada bo’lgan eng yirik kondir. Muruntov konining topilishi xalqaro geologiya jamoatchiligi tomonidan XX asrning ikkinchi yarmida oltin sohasida qilingan eng katta kashfiyot deb e`tirof etildi". "Oltin zahiralari bo’yicha respublika dunyoda 4-o’rinda, uni qazib olish bo’yicha 7-o’rinda turadi" (Karimov, 1997).
Bundan tashqari oltin Marjonbuloq, Zarmitan, Chodak, Uchbuloq, Kauldi kabi konlardan ham qazib olinadi. Umuman, mamlakatimiz hududida oltinning 30 dan ortiq konlari topilgan va ularning zahirasi aniqlangan. Shuni ham ta`kidlash joizki, mamlakatimiz hududida oltin konlarining mavjudligi qadimda ham ma`lum bo’lgan. Arxeologik qazilma (topilma)larning guvohlik berishicha, miloddan avvalgi VI-V asrlarda ham O’zbekiston oltini aholi tomonidan ishlatilgan.O’zbekistonda kumush konlari sirasiga Navoiy viloyatidagi Visokovoltnoe, Uqjetpes, Kosmonavtchi va Namangan viloyatidagi Oqtepa konlari kiradi. Nodir metallardan volfram (Langar, Qoratepa, Qo’ytosh, Ingichka, konlari), molibden (Hisor, Qurama va Chotqol tizmalarida) ko’p uchraydi. Qalayning mamlakatimizda 100 dan ortiq to’plami (konlari) bor. Shulardan Qarnob koni 1950 yillarda ishga tushirilgan. Vismut rudalari Chotqol-Qurama tog`larida topilgan. Simob va surma tarkibli rudalar respublikamizning ko’p joylarida uchraydi. Jumladan, Janubiy Farg`onada simobning 100 dan, surmaning 10 dan ortiq konlari istiqbolli hisoblanadi.
Mamlakatimiz qora metallar ayniqsa, temir rudasi bilan yaxshi ta’minlanmagan. Temir ruda konlari Orolbo’yi mintaqasida, Qizilqumda va Jizzax viloyati hududida uchraydi. Lekin, bu konlarning zahirasi va texnik-iqtisodiy samaradorligining pastligi bois, ulardam metallurgiya sanoatida foydalanib bo’lmaydi. Jumladan, Orolbo’yi mintaqasidagi Tebinbuloq temir rudasi konining (Sulton Uvays tog’ida) aniqlangan zahirasining kamligi va uning sifat ko’rsatkichlarining yuqori emasligi sababli (rudadagi temirning ulushi 20 foizdan kam) hozircha sanoat ahamiyatiga ega emas.1999 yilda geologlar tomonidan zahirasi qayta aniqlangan Jizzax viloyati Forish tumanidagi temir ruda konining sanoat ahamiyati juda katta bo’lib, uning tarkibida 60 foiz atrofida sof temir borligi qayd qilindi. Bu, endilikda mamlakat qora metallurgiyasi istiqbolini belgilamoqda (Abirqulov, 2003).
O’zbekistonda marganets konlari ham ko’p. Uning Zarafshon tog`larida Ziyovuddin, Dovtosh, Qizilbayroq, Taxtaqoracha, Tersaksoy, Cho’ponota konlaridagi zahiralarining tarkibi toza rudaga ancha boy (ruda tarkibida toza marganets 8 foizdan 28 foizgacha). Shuningdek, marganets konlari Qorjontog` va Morguzar tog`larida ham bor.
O’zbekiston Respublikasi yoqilg`i-energetika resurslariga ham boy. O’zbekiston ancha katta bo’lgan neft, tabiiy gaz va ko’mir konlariga ega. Zaminimizda aniqlangan tabiiy gaz zahirasi 2 trln m³, ko’mir zahirasi esa 2 mlrd tonnadan ortiqni tashkil etadi. Tabiiy gaz yoqilg’i sifatidagina emas, muhim kimyoviy xom ashyo sifatida ham katta ahamiyatga ega. Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari mamlakatimizning gazga eng boy mintaqalari hisoblanadi. Bugungi kunda O’zbekistonda chiqarilayotgan tabiiy gaz va neftning o’ndan to’qqiz qismi Qashqadaryo viloyatiga to’g’ri keladi. Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Ko’kdumaloq neft koni mamlakatimiz yoqilg`i-energetika majmuasida muhim o’rin tutadi. O’zbekistonda dastlab neft qazib olish 1904 yilda Farg`ona vodiysidagi Chimyon konida boshlangan. Keyinchalik shu mintaqada Xo’jaobod, Janubiy Olamushuk, Polvontosh, Xo’ja Usmon, kabi yangi konlar topilgan va ishga tushirilgan. 1959 yilda Farg`ona neftni qayta ishlash zavodining birinchi navbati ishga tushgan. O’sha yillarda Surxondaryo viloyatida yangi neft konlari (Ko’kayti, Lalmikor, Xaudak, Uchqizil) topilgan. Ayniqsa, mamlakat neft sanoatini rivojlantirishga Mingbuloq (Namangan viloyati) va Ko’kdumaloq (Qashqadaryo viloyati) konlarining ochilishi va ishga tushirilishi keskin ta`sir ko’rsatdi. Bugungi kunda mamlakatimizning turli mintaqalarida 150 dan ortiq neft va gaz konlari ochilgan bo’lib, ulardan 92 tasida ish olib borilmoqda. Ko’mir zahirasi mamlakatimizda uchta joyda-Angren (Toshkent viloyati), Sharg`un va Boysun (Surxondaryo viloyati) da mavjud bo’lib, ularni dastlabkisidan qo’ng`ir ko’mir, qolgan ikkitasidan toshko’mir qazib olinadi. Ohangaron daryosi vodiysida joylashgan Angren qo’ng`ir ko’mir koni 1933-1934 yillarda topilgan va 40-yillarning boshida ishga tushirilgan. Unda ko’mir ko’pincha kar'yer (ochiq) usulida qazib olinadi. Uning zahirasi 2 mlrd. tonnaga yaqin. Sharg`un toshko’mir koni Hisor tog`ining janubiy yonbag`ri (dengiz sathidan 700-800 m. balandlik)da joylashgan. Geolog E. A. Repman tomonidan (1941y.) topilgan ushbu konning ham zahirasi katta. Surxondaryoning tog`li Boysun tumanida ham yuqori quvvatli To’da toshko’mir koni ishga tushirilgan.


Yüklə 49,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin