3-MAVZU
PLAZMA
Plazma (yun. plasma — shakllangan) — toʻliq yoki kisman ionlashgan va har bir
elementar hajmdagi elektron va ionlarning yigʻindi zaryadi nolga teng boʻlgan gaz.
Suyuqlikning gaz holatiga oʻtishi bugʻlanish, qattiq jismning gaz holatigaoʻtishi
sublimatsiya deb ataladi. Har qanday jism kuchli qizdirish natijasida gaz holatiga
oʻtadi. Agar temperatura yanada oshirilsa, issiqlik energiyasi taʼsirida
molekulalarning ionlarga ajralish jarayoni boshlanadi. Gazning ionlanishi turli
vositalar yordamida, mas, yoritish, elektronlar yoki boshqa zarralar bilan
bombardimon qilish natijasida ham sodir boʻlishi mumkin. P. hajm birligidagi
ionlashgan atomlar sonining shu hajm birligidagi barcha atomlar soniga nisbati
P.ning ionlanish darajasi a deyiladi. a ning qiymatiga qarab zaif, kuchli va toʻla
ionlashgan P. boʻladi. Kosmos va Yer sharoitlarida, hozirgi zamon texnikasida P.
holatidagi modda gʻoyat katta rol oʻynaydi. Gazlardan tok oʻtish hodisalari, yaʼni
gazlardagi razryadlar, yashin, uchqun, elektr yoyi kabi hodisalar P. bilan bogʻliq.
Yer atmosferasining yuqori qatlami Quyosh va boshqa kosmik omillar taʼsirida
zaif ionlashgan P. boʻlib, ular quyosh shamoli kurinishida Yer magnitosferasi va
ionosferasini tashkil qiladi. Quyosh va yuqori temperaturali yulduzlar toʻla
ionlashgan P.dan iborat. P. zichligi (1 sm dagi elektron yoki ionlar soni) quyidagi
qiymatlarga ega boʻladi: galaktik fazoda p ~ 10, quyosh shamolida p ~ 10, qattiq
jismlarda p - 1O22. "P." terminini fanga birinchi boʻlib amerikalik olimlar
I.Lengmyur va L.Tonks kiritgan (1923).
Umumiy holda P.ni tashkil etuvchi elektronlar, ionlar va neytral atomlarning
oʻrtacha kinetik energiyalari birbiridan farq qilishi mumkin. Bunday termodinamik
muvozanatsiz holatdagi P.ga noizotermik P. deb ataladi. Mas, gaz razryadli P.da
har bir elektronning oʻrtacha kinetik energiyasi ionnikiga qaraganda unlab
marotaba katta boʻladi. P.ning muvozanatsiz holati razryad tokining energiyasi
hisobiga saqlanib turishi mumkin. Maʼlumki, tashqi manba energiyasi asosan,
elektronlar qabul qiladi. Elektron massasi ion yoki neytral zarra massasiga
nisbatan bir necha ming marta kichik boʻlganligi sababli, toʻqnashuvlar natijasida
elektronlar energiyasining juda oz qismigina boshqa zarralarga oʻtishi mumkin.
Elektronlar energiyasining kamayishi tashqi manba energiyasi hisobiga toʻldirila
boradi. Shunday qilib, elektronlar, ionlar va neytral zarralarning har qaysisi oʻziga
xos oʻrtacha kinetik energiyaga, demak temperaturaga ega. Elektronlar
temperaturasi Te, ionlar temperaturasi T: va neytral zarralar temperaturasi To
orqali belgilanadi. Odatda Toga nisbatan T, kattaroq. Te esa ancha katta boʻladi.
P. ni harakterlovchi eng muhim fizik kattalik Debay radiusidir, uning mohiyatini
quyidagicha tushuntirish mumkin. Agar P. tarkibidagi biror q zaryadli zarra
vakuumda boʻlganida edi, uning oʻzidan g masofa uzoqlikdagi nuqtada hosil
qilayetgan potensiali formula orqali aniqlanar edi. Plazmada esa kuzatilayotgan
bu zaryadli zarra boshqa zaryadlangan zarralar bilan qurshab olingan. Zaryadlar
orasida oʻzaro taʼsir kuchlari mavjudligi tufayli kuzatilayotgan zaryad atrofiga
koʻproq unga teskari ishorali zarralar yigʻiladi va ular q zaryad maydo-nini
kuchsizlantiradi. Hisoblashlarning koʻrsatishicha, P.dagi q zaryadning potensiali
masofa ortishi bilan quyidagi qonuniyat boʻyicha oʻzgarib boradi: bundagi D
kattalik temperaturaga, hajm birligidagi zarralar soniga, ularning zaryadiga
bogʻliq. Jumladan, agar izo-termik P. faqat elektronlardan yoki bir xil zaryadli
ionlardan iborat boʻlsa bu yerda elektronlar (yoki ionlar)ning hajm birligidagi soni
i orqali va elektron zaryadi ye orqali belgilanadi. r " D boʻlganda, yaʼni D ga
nisbatan katta masofalarda zaryadlarning elektr maydoni juda zaiflashadi. Bu
hodisa zaryad maydonining ekranlanishi, ekranlanishini xarakterlovchi D kattalik
esa ekranlanish radiusi yoki Debay radiusi deb yuritiladi. Mas, vodorod P.sida
T=105A’ va ya=1016sm"3 ekan, Debay radiusi £>=1,5-10~5 sm. Radiusi D ga teng
sfera ichidagi barcha zaryadli zarralarning soni Debay soni deyiladi. Debay soni
katta boʻlgandagina P.ni gaz deb hisoblash mumkin. P.ning asosiy xususiyati
shundan iboratki, undagi musbat va manfiy zaryadlar zichliklari deyarli bir-biriga
tengdir. Bu xususiyat P.ning kvazineytralligi deyiladi. P. egallagan joyning
chizigʻiy oʻlchami Debay radiusidan ancha katta holatdagina kvazineytrallik roʻy
beradi.
Moddaning qattiq, suyuq yoki gaz qolatlarda boʻlishi uning agregat holatlari
deyiladi. Yuqorida aytilganlardan ravshanki, P. xususiyatlari moddaning oddiy
gaz holatidagi xususiyatlaridan koʻp jihatdan farq qiladi. Shuning uchun P.ni
moddaning toʻrtinchi holati deb hisoblanadi. P. xususiyatlaridan foydalanish xrz.
zamon texnikasi taraqqiyotida gʻoyat katta ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: |