3-mavzu. Prokariotlarning morfologiyasi va hujayra tuzilishi Reja



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/16
tarix28.03.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#90739
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
portal.guldu.uz-Mikrobiologiya va virusologiya

Miksobakteriyalar - shilimshiq bakteriyalarning eng yuksak formalari 
bo‘lib, ba’zilari ipsimon, ba’zilari - kokkilarga o‘xshab ketadi (10 - rasm). 
Bularning hujayra po‘sti elastik bo‘lganligi uchun harakatlana oladi va tana 
tuzilishini o‘zgartiradi. O‘zi ajratgan suyuqlik yordamida harakatlanadi, hivchinlari 
yo‘q hujayrasi ikkiga bo‘linib yoki o‘rtadan to‘siq hosil qilib ko‘payadi va meva 
tana hosil qiladi. Ular meva tanasiga qarab sistemaga solinadi. Qattiq oziqa 
muhitida bakteriyalar koloniyasiga o‘xshash koloniyalar hosil qiladi. 
8- rasm. Miksobakteriyalarning
shilimshiq tanasi: 


poliangium; 
2- 
xondromitses; 3 - poliangium 
fizkum; 4 – mikokkus


 Bakteriya hujayrasining tuzilishi 
Bakteriya hujayrasi murakkab tuzilishga ega. Elektron mikroskopning 
yaratilishi, o‘ta yupqa kesmalar tayyorlash usullarining ishlab chiqilishi, 
mikrobiologiya usullarini rivojlanishi bakteriya hujayrasining tashqi va ichki 
qurilmalarini o‘rganishga katta imkon yaratdi. 
Bakteriya hujayrasining sxematik ko‘rinishi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
tashqi tomondan kapsula, xivchin, fimbriy, pili; ichki qismida: sitoplazma, 
nukleoid, ribosomalar, membrana qurilmalari, kiritmalar (zaxira moddalar), ba’zi 
bakteriyalarda sporalar mavjud (2 - rasm). 
Bakteriya hujayrasining tuzilishi
 
Kapsula. Bakteriyalarning ko‘plari kapsula bilan o‘ralgan. Ular shilimshiq 
moddadan iborat bo‘ladi. Mikroorganizmlarning kapsulalari kimyoviy tarkibi va 
shakli jihatdan farqlidir. Ularni tuzilishiga ko’ra uch guruhga bo’lish mumkin:
1) mikrokapsulalar qalinligi 0.2 mkmdan kichik bo’lib, hujayra devoridan 
kapsulalarga o’tuvchi strukturalardir, ular grammanfiy bakteriyalarga xos
bo’lib, lipoglikanlar (lipopolisaharid) va oqsillardan tashkil topgan, yorug’lik
optik usullarida aniqlab bo’lmaydi. 
2) makrokapsulalar qalinligi 0.2 mkm, mikrokapsulalardan shilliqga boy b’lgan
o’tuvchi strukturalar. R.Burri yoki R.Burri-X.A.Ginsa usulida negativ bo’yalganda 
yaxshi ko’rinadi. 
3) shilliqlar struktur jihatdan makrokapsulalarni eslatadi, lekin nisbatan
diffuzroq, oziq muhitida individual shaklda oson to’planadi. 
Makro-va mikrokapsulaning ichki tomonida shilliq qavat va uni ichki tomonida 
esa eruvchan shilliq qavat bo‘ladi. 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin