3-mavzu: Pul nazariyalari Reja


Pulning metallik va nominallik nazariyalari



Yüklə 19,18 Kb.
səhifə2/5
tarix01.12.2022
ölçüsü19,18 Kb.
#71712
1   2   3   4   5
3-mavzu Pul nazariyalari Reja

3.2.Pulning metallik va nominallik nazariyalari
Metallik nazariyasi – dastlab XVI – asrning oxiri XVII – asrning boshlarida kapitalizmning rivojlangan mamlakati Angliyada yuzaga keldi. Bu nazariyaning asoschilaridan biri U.Steffard (1554-1612 y.) edi. U o`z qarashlarini 1581-yilda Londonda chop etilgan “Vatandoshlarimizning ba`zi odatiy arizalarining qisqartmasi” nomli pulning metallik nazariyasiga oid asarida bayon etdi. Uning davomchilari bo`lib Angliyada T.Men (1571-1641 y.), D.Nors (1641-1691 y.), Fransiyada A.Monkretyen (1575-1621 y.), Italiyada F.Tamani (1528-1787 y.) va boshqalar hisoblanadi.
Ushbu nazariya namoyondalari:

  1. Faqat qimmatbaho metallar (oltin va kumush) pul vazifasini o`tay oladi.

  2. Jamiyatning boyligi qimmatli metallarning mavjud zahirasi bilan o`lchanadi.

  3. Bu boyliklarning manbai savdodadir deydilar.

Yevropa davlatlari tomonidan qimmatli metallarga boy bo`lgan yerlarni bosib olinishi kabi shart-sharoitlar ushbu nazariyani kelib chiqishiga asos bo`lgan. Ushbu nazariya asoschilari vaqti kelib muomaladagi metal pullar o`rnini qog`oz pullar egallashi va bu jarayonning qonuniyligini tushinib yetmaganlar. Ular savdo burjuaziyasi manfaatlarini himoya qilgan.
Nominallik nazariyasi XVII-XVIII- asrlarda Angliyada paydo bo`lgan. Bu nazariyaning namoyondalari bo`lib ingliz ruhoniysi Dj.Berkli (1683-1775 y.) va iqtisodchi Dj.Styuart (1712-1780 y.) lar hisoblanadi. Keyinchalik bu nazariyani Germaniyalik G.Knappi (1842-1926 y.), ingliz iqtisodchilari J.Styuart va N.Barbonnilar davom ettirishgan.
Nominalistlar:

  1. Pulni davlat vujudga keltiradi, pulni qiymati davlat tomonidan aniqlanadi. (shuning uchun uni davlat pul nazariyasi deb ham yuritiladi – G.Knappi).

  2. Pulni qiymati unda ko`rsatilgan nominali bilan aniqlanadi. Ular to`la vaznga ega bo`lgan muomaladagi metal pullar borgan sari ma`lum qismi eskirib yo`qolib borishini unitadilar. Ular pulning barcha tovarlar qiymatini o`zida aks ettiruvchi umumiy ekvivalent sifatidagi tabiatini tushunadilar. Pulni tarkibi undagi oltin gramm bilan belgilanishini unutdilar. Ular pulning o`ziga xos qonuniyatlar asosida harakat qilishi va bu qonuniyatlar inson tomonidan bevosita boshqarilmasligini anglab yetmadilar.




Yüklə 19,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin