3-mavzu: Pul nazariyalari Reja: Pul nazariyalari va ularning kelib chiqishi.
Pulning metallik va nominallik nazariyalari.
Pulning miqdoriylik va monetarizm nazariyalari.
Keyns nazariyasi va boshqa qarashlar.
Adabiyotlar: 23, 37, 38, 40, 49, 55, 61, 67. Tayanch iboralar:Pul nazariyasi. Ularni kelib chiqish shart-sharoitlari. Pulni metallik, nominallik, miqdoriylik, monetarizm nazariyalari. Pulni keyns nazariyasi va boshqa qarashlar. Ularni nomoyandalari. Pul nazariyalarining amaliy ahamiyati.
Mavzuni yoritishda qo`llaniladigan pedagogik texnologiyalar: Fan bo`yicha tayyorlangan o`quv-uslubiy majmua asosida ma`ruza davomida “Aqliy hujum”, “Blits so`rov”, “Keys-stadi” va boshqa usullardan foydalaniladi.
3.1. Pul nazariyalari va ularni kelib chiqishi Pul nazariyasi – pul tabiati va pulning ishlab chiqarishni shakllantirishdagi ta`siri haqidagi nazariyalardir. Kapitalistik ishlab chiqarish usuli davrida, pul-tovar munosabatlari xo`jalik sohasining hamma tarmoqlarini qamrab olgan davrdagi pul nazariyasi keng tarqalgan. Iqtisodchilarning pulning mohiyati, uning funksiyalari va pul muomalasiga bo`lgan qarashlari pul nazariyasini keltirib chiqardi.
Dastlabki pul nazariyalari bo`lib metallik va nominallik nazariyalari hisoblanadi, kapitalistik taraqqiyot borasida bu nazariyalar ham o`zgarib, yangi miqdoriylik va zamonaviy monetarizm va boshqa nazariyalar paydo bo`lgan.
Pul nazariyalarining kelib chiqishiga asosiy sabab ishlab chiqarishning taraqqiy etishi va pul muomalasining taraqqiyotidan ma`lum darajada oqsalishini oldini olish va uni rivojlantirish masalasi hisoblanadi.
Ishlab chiqarishni tobora rivojlanib borishi tufayli xo`jalik sub`ektlari o`rtasidagi pullik munosabatlar murakkablashib bordi. Feodalizmgacha bo`lgan naqd pulli munosabatlar bu davr talablariga javob bera olmay qoldi. Buni Yevropadagi XV asrdagi “Pul ocharchiligidan” ham ko`rish mumkin. Xuddi shu davrdan boshlab pul nazariyalari: metallik va nominallik nazariyalariga asos solindi.
Jumladan, 80-yillarda mehnatkashlarni ekspluatatsiya qilish quroli deb qaralgan marksizm – leninizm g`oyalariga asoslangan pul nazariyasi ham paydo bo`lgan.
G`arb iqtisodiy adabiyotida pul to`g`risidagi nazariyalarning metallik, nominallik va miqdoriylik nazariyalari yirik yuksalishdagi nazariyalar sifatida qayd etilgan.