Tashki aloqalar - boshqaruvning o’ziga vazifalarini amalga oshiruvchi boshqa bo’linmalari hamda tashqi tashkilotlar bilan o’zaro hamkorligini aks ettiradi
Tashki aloqalar - boshqaruvning o’ziga vazifalarini amalga oshiruvchi boshqa bo’linmalari hamda tashqi tashkilotlar bilan o’zaro hamkorligini aks ettiradi. 3. Hisob tizimida avtomatlashtirilgan ish joylari yaratish Hozirgi bosqichda buxgalteriya vazifalarini axborot texnologiyasi asosida markazlashtirilgan holda ishlab chiqish asosiy rolni o’ynaydi:
- foydalanuvchining ish joyida o’rnatilgan kompyuterlarni qo’llash, bu erda vazifalarni echish hisobchi tomonidan bevosita uning ish joyida bajariladi;
- korxona, tashkilot, firmaning turli xildagi bo’linmalari iqtisodiy vazifalarini
integrallangan holda ishlab chiqarilishi ta’minlovchi mahalliy va ko’p bosqichli tarmoqlarini shakllantirish;
- har xil bo’linmalar uchun korxonaning yagona taksimlangan axborotlar bazasini yaratish;
- hisoblash texnikasi bajaraladigan buxgalteriya hisoblashlar tarkibini ancha ko’paytirish;
- birlamchi buxgalteriya hujjatlarini mashinada shakllantirish imkoniyatlari, bu qog’ozsiz texnologiyalarga o’tishni ta’minlaydi va hujjatlarni iyg’ish va ro’yxatga olish bo’yicha operatsiyalar mehnat talabligi darajasini kamaytirish.
- buxgalteriya vazifalari majmualarini echishni integrtsiyalash;
- dialogli usulda amalga oshirish yo’li bilan axborot xizmat ko’rsatishni tashkil qilish imkoniyati.
Texnologik jarayonning barcha operatsiyalari personal kompyuterda bitta ish joyida va unig tuzilishiga ko’ra izchillik bilan bajariladi.
Hisob tizimida qo’llaniladigan dasturiy ta’minotlar: “1S:Buxgalteriya”, “Parus”, “Intellekt-Servis”, “Infosoft”, “Xakers-Dizayn” va boshqalar. Ko’pgina firmalar dasturlarni ikki variantda: mahalliy va tarmoqli ishlab chiqaradilar. Ta’kidlash kerakki, tarmoqli variantlar ancha murakkab va qimmat, “Mijoz-server” yangi texnologiyasini amalga oshirishni, maxsus uskunlar va operatsion tizimlarni, hamda hisoblash tarmog’iga xizmat ko’rsatuvchi mutaxassislar shtatini mavjudligini talab qiladi. Kichiq-hisobxona ADPlar kam sonli, hisobning aniq uchastkasi bo’yicha xodimlarni aniq aks ettirilgan hisobxonalar uchun mo’ljallangan “Buxgalteriya-Asosiy kitobg’Balans” umumiy nomi ostidagi kichiq biznesga mo’ljallangan dasturlar asosan sintetik va murrakab bo’lmagan tahliliy hisobni olib borishlarini bajaradi: Bu sinfga eng mashhur ADPlar “1S:Buxgalteriya”, “Turbo- Buxgalteriya”, “Folio” va boshqalardir.