3-mavzu. Rivojlanish falsafasi Reja


Sabab va oqibat o‘rtasida murakkab dialektik o‘zaro aloqasi quyidagilarda



Yüklə 185,82 Kb.
səhifə29/35
tarix19.10.2023
ölçüsü185,82 Kb.
#157345
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   35
3-mavzu. Rivojlanish falsafasi Reja-hozir

Sabab va oqibat o‘rtasida murakkab dialektik o‘zaro aloqasi quyidagilarda 
namoyon bo‘ladi:
1) sabab vaqtda oqibatdan oldin keladi. Oqibat sababdan oldinroq yuz bermaydi.
Ammo bu biri ikkinchisidan oldin keladigan har qanday hodisa u bilan sababiy
bog‘lanishda bo‘ladi, degani emas. Masalan, tun tongdan oldin keladi, lekin u
tongning sababi hisoblanmaydi;
2) sabab muayyan sharoitda albatta oqibatni vujudga keltiradi. Sabab va oqibat shu
darajada bog‘liqki, agar sabab yuz bersa va etarli sharoit mavjud bo‘lsa, muqarrar
tarzda oqibat ham yuz beradi;
3) sabab va oqibat bir-biri bilan o‘zaro ta’sirga kirishadi. Bu o‘zaro ta’sirlanish
jarayonida sababgina emas, balki oqibat ham faol bo‘ladi. U sababga aks ta’sir
ko‘rsatadi. Misol uchun, g‘oyalar borliqni aks ettiradi, lekin, vujudga kelgach,
ijtimoiy borliqning o‘zgarishiga kishilarning amaliy faoliyati orqali faol ta’sir
ko‘rsatadi;
4) ayni bir hodisa bir munosabatda sabab sifatida, boshqa bir munosabatda – oqibat
sifatida amal qiladi. Aytaylik, yomg‘ir – muayyan ob-havo sharoitlarining oqibati,
lekin uning o‘zi yaxshi hosildorlik sababiga aylanadi; hosildorlik esa davlatning
iqtisodiy qudratini mustahkamlash omili bo‘lib xizmat qiladi. Shu tariqa hodisalar
o‘rtasida sababiy bog‘lanish vujudga keladi. Ammo biz faqat ikkita alohida-
alohida hodisani ko‘rib chiqqanimizda, ular o‘rin almashishi mumkin emas;
5) sabab va oqibatning o‘zaro ta’siriga tegishli sharoitlar ta’sir ko‘rsatadi.
Sharoitlar – bu shunday bir hodisalarki, ular mazkur voqea yuz berishi uchun 
zarur, lekin o‘z holicha ular bu voqeani oldindan belgilamaydi
. Oqibat yuz
berishiga qulaylik yaratuvchi sharoitlar ham, sababning ta’sirini qaytaruvchi
sharoitlar ham bo‘lishi mumkin. Ayni bir sabab muayyan sharoitlarda turli
shakldagi oqibatlar yuz berishiga olib keladi;
6) sababni bahona bilan ayniylashtirmaslik kerak.
Bahona – bu boshqa voqeadan 
bevosita oldin keladigan, uning yuz berishiga imkoniyat yaratadigan, lekin u uni 
vujudga keltirmaydigan va oldindan belgilamaydigan voqea. Bahona harakatni 
yaratmaydi, balki unga turtki beradi.
Sababiy bog‘lanish tushunchasi muhim metodologik funksiyani bajaradi. Muayyan
oqibatning yuz berish sabablari va sharoitlarini bilgan holda, inson nafaqat uning
yuz berishini bashorat qiladi, balki zarur oqibatni yaratadi. Bu insonga o‘tmishni
bilish va kelajakka nazar tashlash imkonini beradi.

Yüklə 185,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin