3-mavzu. Rivojlanish falsafasi Reja



Yüklə 185,82 Kb.
səhifə9/35
tarix19.10.2023
ölçüsü185,82 Kb.
#157345
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35
3-mavzu. Rivojlanish falsafasi Reja-hozir

Sakrash-
bu bir sifatning boshqa sifatga aylanish vaqti, shakli, usuli, miqdor 
o‘zgarishlarining uzluksizligi, bosqichma-bosqichligidagi uzilishdir. 
Masalan,
sakrash-bu Erda hayotning paydo bo‘lishi, hayvonlar dunyosidan insonning ajralib
chiqishi, bir ijtimoiy tuzum o‘rniga boshqa ijtimoiy tuzum kelishi, buyuk ilmiy va
texnikaviy kashfiyotlardir. Har qanday sakrash rivojlanishda o‘tish davrini



tavsiflaydi. O‘z tabiatiga ko‘ra u doim ziddiyatlidir, chunki yangining tug‘ilishidan


ham, eskining qarshiligidan ham dalolat beradi.
Sakrashlarning shakllari rang-barang bo‘lib, rivojlanayotgan hodisaning tabiati,
shuningdek unda sifat o‘zgarishlari yuz berayotgan konkret sharoit bilan
belgilanadi. Sakrashlar:
1
) o‘zgarishning davomliligiga ko‘ra (jadal, sust); 
2) o‘zgarish shakliga ko‘ra (bir karra, ko‘p karra); 
3) o‘zgarishning chuqurlik darajasiga ko‘ra (qisman, to‘liq); 
4) o‘zgarishning yo‘nalishiga ko‘ra (progressiv, regressiv, yo‘nalishsiz) farq 
qiladi
.
Sakrashlarni tahlil qilish chog‘ida «evolyusiya», «inqilob», «islohot» kabi atamalar
ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. «Evolyusiya» tushunchasi keng va tor
ma’nolarda qo‘llaniladi. Keng ma’nodagi «evolyusiya» asta-sekin rivojlanish
jarayoni bo‘lib, u miqdor o‘zgarishlarinigina emas, balki sifat o‘zgarishlari, shu
jumladan inqiloblarni ham o‘z ichiga oladi. Tor ma’noda «evolyusiya» deganda
inqilobdan, uning tayyorlanishidan oldingi davr tushuniladi.
«Inqilob» tushunchasi 
ijtimoiy hodisalarni tavsiflash uchun ishlatiladi va jamiyatni asta-sekin emas , 
balki tubdan o‘zgarish yasaydigan sakrashdir
.
Islohot jamiyat hayotining biron-bir 
muhim tomonini o‘zgartirish bo‘lib, bunda uning iqtisodiy va davlat tartibi 
asoslari saqlanib qoladi.
Shunday qilib, miqdor va sifat o‘zgarishlarining bir-biriga o‘tishi qonuni,
rivojlanishning umumiy qonuni sifatidagi mazmuni haqida yaxlit tasavvur hosil
qilish imkonini beradigan «sifat», «miqdor», «me’yor», «sakrash» kategoriyalari
yordamida muayyanlashtiriladi. Mazkur qonun butun borliqning rivojlanishi,
harakati va o‘zgarishi qanday, qay tarzda yuz beradi, degan savolga javob berib,
ob’ektiv voqelikning har qanday sohasida yangi sifatga o‘tishning ichki
mexanizmini yoritadi. Ko‘rib chiqilgan qonunlar rivojlanish manbai va uning
mexanizmini yoritib bersa, inkorni-inkor qonuni – rivojlanishning umumiy
tendensiyasini, uning yo‘nalishini aks ettiradi.

Yüklə 185,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin