3-mavzu. Rivojlanish falsafasi Reja



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/35
tarix13.12.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#174543
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35
3-mavzu. Rivojlanish falsafasi Reja (1)

Inkorni-inkor.
Inkorni-inkor qonunining mohiyati nimadan iborat? Ayni bir 
atama bunday ketma-ket qo‘llanilishining ma’nosi nimada? Inkor kategoriyasi 
rivojlanayotgan ob’ekt tarixidagi bir lahzanigina tavsiflaydi. Bitta inkor harakati 
o‘zgarish qaysi yo‘nalishda yuz berayotgani, oldingi va keyingi voqealar oqimida u 
qanday ahamiyatga ega ekanligini, yuz bergan voqeaning mazmunini aniqlash 
uchun doim ham imkoniyat yaratavermaydi. Boshqacha aytganda, inkorni-inkor 
tushunchasi rivojlanish jarayonining muhim xususiyatlarini aniqlash imkonini 
beradi. 
«Inkor» va «inkorni-inkor» kategoriyalari dialektikaga Gegel tomonidan kiritilgan 
bo‘lib, ayni shu mutafakkirning sa’y-harakatlari bilan ular umumiy falsafiy 
kategoriyalar maqomini olgan. Inkor va inkorni-inkor kategoriyalaridan Gegel 
rivojlanishning o‘ziga xos xususiyatlarini yoritish vositasi sifatida foydalangan. 
Gegel, shuningdek uning o‘tmishdoshlari va izdoshlari ko‘rsatib bergan ba’zi bir 
o‘ziga xos xususiyatlarni ko‘rib chiqamiz.
Birinchidan, inkorni-inkor rivojlanish yo‘nalishini ko‘rish uchun imkoniyat 
yaratadi.
Mazkur hodisa taraqqiyot yoki tanazzul alomati ekanligini bir inkor 


harakatining o‘zidan aniqlash mushkul. Shu bois, masalan, qabul qilingan 
muayyan qonun, saylov natijalari va shu kabilar haqida xulosa chiqarishga 
shoshilmaslik kerak.
Ikkinchidan, inkorni-inkor rivojlanish shaklining tavsifi bo‘lib xizmat qiladi

Ma’lumki, Gegelning dialektika tizimida rivojlanish mantiqiy ziddiyatning yuzaga 
kelishi va uning bartaraf etilishi sifatida tavsiflanadi. Bu jarayon «tezis – antitezis – 
sintez» formulasiga muvofiq yuz beradi. Dialektika kontekstida rivojlanishning 
uch bosqichi ijtimoiy va tabiiy tizimlar rivojlanishining ko‘p sonli ssenariylaridan 
biri sifatida namoyon bo‘ladi. Ammo Gegel qayd etgan rivojlanishning siklliligi, 
uning chiziqsizligi tabiat va jamiyatda jarayonlar kechishining ancha keng 
tarqalgan shakli hisoblanadi.
Uchinchidan, tabiiy va ijtimoiy sikllarda rivojlanish ham, tanazzul ham 
bo‘lmasligi mumkin: o‘zgarish aylanma harakat qiladi. Inkorni-inkorda 
rivojlanish quyi bosqichining o‘ziga xos xususiyatlari yuqoriroq bosqichda 
takrorlanishi yuz beradi.
Avvalgi holatlarga qaytish imkoniyati, ya’ni o‘tilgan 
holatlarning ayrim xossalari rivojlanishning yuqoriroq bosqichida takrorlanishi 
bilish va tarixning rivojlanishini tushunish uchun o‘z ahamiyatini saqlab qoladi. 
Demak, inkor rivojlanishni yangi sifat paydo bo‘lishiga olib keladigan aniq 
yo‘naltirilgan, qaytmas o‘zgarish sifatida tavsiflanadi.
Shaklan rivojlanish
bir chiziqli ham, aylanma ham emas, balki rang-barangroq va 
murakkabroq, chunonchi: bir chiziqli va ko‘p chiziqli, to‘g‘ri chiziqli va 
zigzagsimon, umumiy va xususiy, uyg‘un va nouyg‘undir

Yo‘nalish jihatidan rivojlanish
progressiv va regressiv bo‘lishi mumkin. 
Rivojlanish tizim ayrim elementlarining tanazzuli bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. 
Butun tizim tanazzulga uchrashi, uning ayrim elementlari esa taraqqiy etishi 
mumkin emas. Ob’ektga nisbatan tashqi kuchlar ta’sirida yuz berishi mumkin 
bo‘lgan harakatdan farqli o‘laroq, rivojlanish o‘z-o‘zidan harakat, ichki jarayon 
bo‘lib, ziddiyat, bir-birini istisno etuvchi tomonlar, tendensiyalar uning manbai 
hisoblanadi.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, Gegel falsafasida rivojlanish tushunchasi inkor va 
inkorni-inkor kategoriyalarida yoritiladi. Mazkur terminologiya mutafakkirning 
mantiq tizimi negiziga aylantirilgan ob’ektiv-idealistik falsafasi kontekstida 
tasodifiy bir hol emas. Avval «inkor» kategoriyasining mazmunini aniqlaymiz. 
Inkor nima? Unga ikki xil – metafizik va dialektik munosabat mavjud. 
Metafizik «inkor» asosiy e’tiborni eskining yo‘q bo‘lishiga qaratadi, yangining 
saqlanishi va uni yaratish jarayonlarini deyarli e’tiborga olmaydi. 
Shunday qilib, 
metafizik inkor - inkor qilish rad etish, yo‘q qilishni anglatadi. 
Dialektik inkor eski sifatdan yangi sifatga o‘tish bo‘lib, bunda eski sifatning 
muayyan tomonlari, mazmuni va funksiyasining elementlari o‘zgargan ko‘rinishda 
yangi sifatga o‘tadi.
Dialektik inkor – bu narsani butunlay yo‘q qilish emas, balki 
eski sifatning ba’zi bir jihatlarini saqlagan va o‘zgartirgan holda uni yangi narsaga 
aylantirishdir. U yangi va eski sifat o‘rtasida aloqa mavjudligidan dalolat beradi. 
Dialektik inkor uch muhim jihat bilan tavsiflanadi:
1) eskini vayron qilish, buzish; 
2) eskining elementlarini saqlash (vorisiylik); 


3) yangini yaratish, tuzish.
Biz inkor kategoriyasi metafizik va dialektik talqinining mohiyatini aniqladik. Endi 
qo‘sh inkor nimadan iborat ekanligini ko‘rib chiqamiz.
«
Inkorni-inkor» shuni qayd etadiki, rivojlanish jarayoni eski sifatni inkor qilishdan 
boshlanadi, uni esa oradan ma’lum vaqt o‘tgach yangi sifat inkor etadi
. Ammo 
rivojlanish qanday yuz beradi? To‘g‘ri (yuksalib boruvchi) chiziq bo‘ylabmi yoki 
egri chiziq bo‘ylabmi? Bu masala quruq gap emas, balki u muhim ahamiyatga ega. 
CHunki rivojlanish jarayonida eski va yangining aloqasi bo‘lmaganda, vorisiylik 
ham bo‘lmasdi, eski butunlay yo‘q bo‘lar, rivojlanishni grafik ko‘rinishda yangi 
eskidan farq qiladigan, eski esa yangida takrorlanmaydigan to‘g‘ri (yuksalib 
boruvchi) chiziq sifatida tasvirlash mumkin bo‘lardi. Biroq amalda yangida eski 
saqlanadi, uning elementlari yangida takrorlanadi. Ammo bu takrorlanish 
yuqoriroq darajada yuz beradi. Eskining jihatlari, elementlari yuqoriroq asosda 
takrorlanishi biz muhokama qilayotgan qonunning o‘ziga xos xususiyati 
hisoblanadi. Bundan qonunning boshqa bir xususiyati kelib chiqadi. Hamonki 
eskining oliy asosda qaytarilishi mavjud ekan, rivojlanish to‘g‘ri chiziq bo‘ylab 
emas, balki spiralsimon chiziq bo‘ylab yuz berishi, sikldan-siklga eskiga 
yaqinlashishi (chunki takrorlanib turishlik mavjud) va undan uzoqlashib borishi 
(chunki bu yangi) ayon bo‘ladi.
Nima uchun bu takrorlanib turishlik muqarrar? 
Gap shundaki, inkor ziddiyat bilan uzviy bog‘liq, u mazkur ziddiyatning echilishi 
bilan belgilanadi. O‘ziga xos ziddiyat bilan vujudga kelgan har qanday yangi 
narsani olaylik. Ziddiyatning rivojlanish jarayonida narsa o‘zining qarama-
qarshiligiga aylanadi. Ammo inkorning mazkur bosqichida dastlabki narsada 
mujassamlashgan ziddiyat faqat qisman echiladi. Bu to‘liqsizlik narsa o‘zini inkor 
qilishda davom etishini belgilaydi. Birinchi inkor o‘rniga ikkinchi inkor keladi va 
ikkinchi narsaga qarama-qarshi bo‘lgan yangi, uchinchi narsa vujudga keladi, u 
ikkinchi narsaning inkori, ya’ni birinchi narsaning inkorining inkori hisoblanadi. 
Ikkinchi inkor bosqichida birinchi narsaga xos bo‘lgan ziddiyat to‘la echiladi.
Qo‘sh inkor natijasida, dastlabki nuqtaga qaytilishi bilan rivojlanishning 
yuqoriroq darajasiga erishiladi, rivojlanishning boshlang‘ich, lekin boyitilgan 
shakli tiklanadi
. Rivojlanish chizig‘i go‘yo «spiral o‘rami» aylanasini tashkil etadi, 
lekin uning boshi oxiri bilan tutashmaydi. Shunday qilib, rivojlanish harakatning 
bosqichma-bosqichligi va siklliligi jihatlarini o‘zida birlashtiradi. Bu qoida ham 
umumiy ahamiyat kasb etadi. U atrof borliqning barcha narsalari va hodisalariga 
nisbatan o‘rinli, ya’ni dialektika qonuni kuchiga ega. U quyidagicha ta’riflanadi.
Inkorni-inkor qonuni – bu shunday bir qonunki, unga muvofiq rivojlanish jarayoni 
yangining eskini dialektik inkor etishlari cheksiz zanjiridan iborat bo‘ladi, bunda 
rivojlanish avvalgi bosqichlarining barcha muhim jihatlari yangida saqlanadi va 
umuman bu jarayon hujumkor, yuksalib boruvchi yo‘nalishga ega bo‘ladi
. Ayni 
vaqtda rivojlanish jarayonida uning oliy bosqichlarida avvalgi bosqichlarning 
ayrim jihatlari va tomonlari sifat jihatidan yangicha asosda takrorlanadi va ayni hol 
to‘g‘ri chiziq, tutash doira bo‘ylab emas, balki spiralga yaqinlashuvchi egri chiziq 
bo‘ylab yuksalishni belgilaydi. Harakatning spiralsimonligi rvojlanishning 
siklliligini aks ettiradi.



Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin