3 mavzu Saxnalashtirish faoliyati vositasida bolalarni ijodiy qobilyatlarini rivojlantirish Reja: 1. Ijodiy faoliyatga o`rgatish metodikasi fanining asosiy maqsadi
2. Ijodiy faoliyatga o`rgatish metodikasi fanining vazifasi
1. Ijodiy faoliyatga o`rgatish fanining asosiy maqsadi Ijodiy faoliyatga o`rgatish fanining asosiy maqsadi maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalar ijodiga raxbarlik qilish uchun amaliy bilim va ko`nikmalar berish. O`zbekiston Respublikasining «Ta'lim to`g‘risidagi Qonuni» va «Maktabgacha ta'lim konsepsiyasi» asosida MTT da ijodiy mehnat tarbiyasini to`g‘ri yo`lga qo`yish, bolalarni qo`l mexnati faoliyatiga raxbarlik qilishdan iboratdir. Ijodiy faoliyatga o`rgatish fanining vazifasi MTTda bolalarni qo`l mexnatiga badiiy mexnatga qiziqishlarini uyg‘otish, mehnat orqali hosil bo`lgan ko`nikma va malakalarini shakllantirish; maktabgacha yeshdagi bolalarda mehnatga nisbatan muhabbatni tarbiyalash va kasbga yo`naltirish; bolalarda ijodiy ko`rgazmalar, o`yinlar uchun atributlar yasashga xohishlarini uyg‘otish; qog‘oz, karton kabi materiallarning xususiyatlari bilan tanishtirish; mehnat qilish madaniyati malaka va ko`nikmalarini tarbiyalash; buyumlarni tayyorlash jaraonini rejalashtirish, tayyorlash texnologiyasini o`rgatish, mahg`ulotni tejash, buyumlari qoralamasining esqizini va suratini chizishga ish joylarini tartibli saqlashga o`rgatish; bolalarni buyumlar yasash jaraonida oddiy asboblardan foydalanishga o`rgatish hamda badiy didlarini shakllantirishga, vaqtni tejay olishga, maqsadga muvofiq ishlashga odatlantirishdir. Ijodiy qobiliyat insonni hayvondan farqlab turadigan bir xususiyatdir. Bu qobiliyat insonga nafaqat hayoti davomida qo`l kelishi va undan foydalanishi mumkin, balki uning ko`rinishini o`zgartirishi ham mumkin. Bolalar ijodioti va uning o`ziga xos tomonlarini tushunish pedagoglardan ko`pgina bilimlarga ega bo`lishni talab etadi. Pedagog san'atda bu faoliyat qanday xarakterga ega, rassom badiiy obrazni yaratishi uchun qanday vositalardan foydalanayapti, uning ijodiy faoliyatining bosqichlari qanday degan savollarga javob bera olishi kerak. Bolalar atrof-olam bilan tanisha borish jaraonida ularni o`z faoliyatlarida ya'ni o`yinlarida, chizgan rasmlarida, loy ishlarida, hikoyalarda va hokazolarda aks ettiradilar. Bolalar tasviriy faoliyatda atrof-olamdan olgan tassurotlarini, tasavvurlaridagi timsollarni turli-tuman materiallardan va aniq shakllar yordamida tasvirlashga harakat qiladilar. Bolalar ijodiotida ijodiy faoliyatning boshlang‘ich bosqichida o`ziga xos xarakter xususiyatlari mavjud. Bularga avval o`zlashtirilgan ish usullarini yangicha mazmunda qo`llashda, oldinda to`rgan vazifalarni yangi usullar orqali yechishni, o`z his-tuyg‘ularini turli vositalar yordamida ifoda etishlarida faol va mustaqil ishtirok etishlari kiradi. Atrof-olamni bolalar tasviriy faoliyatida tushunish ijodiy ko`rinishlar bilan bog‘liq emas, balki bola ishlaotgan, ko`rsataotgan materialning tarkibini aniqlash orqali namoon bo`ladi. Masalan: qalam va bo`yoqalar qog‘ozda iz qoldiradilar, loy yumshoq undan narsalar yasash mumkin. Keyinchalik tasviriy faoliyat va izlanishlarni rivojlantirish uchun bu bosqich kichik ahamiyat kasb etadi, chunki bola bunda tasavvurlaridagi timsolni yaratish uchun yordam beradigan material bilan tanishadi. Qalamdan qoladigan iz nimanidir ifodalashini tushunadigan bola o`z xohishi va kattalarning t aqlifiga ko`ra qandaydir predmetni tasvirlashga harakat qilsa, unda bolaning faoliyati tasviriy xarakter tusini olgan bo`ladi. Bolada fikr, maqsad bo`lib, ularni namoon etishga harakat qiladi. Shu tariqa ijodiy jaraonning birinchi bosqichi fikrning paydo bo`lishibola faoliyatida ham hosil bo`ladi. Rassomda fikrning paydo bo`lishi bilan odatda mazmunini va bajarish vositalarini o`ylab boradi, ish uchun odatda uzoq vaqt kerak bo`ladi, bolada esa ko`pincha bu bosqichning hosil bo`lishi kuzatilmaydi. Bola qanchalik kichik bo`lsa, u shunchalik o`ylagan narsasini tez tasvirlashga harakat qiladi. U hali o`z ishining natijasini va uni bajarish yo`lini oldindan ko`ra olmaydi. Avvaldan o`ylab ko`rish va ishni rejalashtirish tasvirlash jaraoni bilan birgalikda amalga oshiriladi. Shuning uchun ham bolalar ijodiotida faoliyatlar jaraonida ish mazmunini o`zgartirish hollari tez-tez uchrab turadi. Bola tasvirlaotgan rasmdagi timsollarga umuman taalluqli bo`lmagan detallarni kiritishi mumkin.Bolalarning tasviriy ijodiotining o`ziga xos tomonlarini o`rganish uchun pedagogika tarixida bir qator pedagogik va psixologik tadqiqot ishlari olib borilgan. Bolalarda ijodiy qobiliyatlarning rivojlanishida tasviriy faoliyat turkumiga kiruvchi mashg‘ulotlarning o`rni beqios ekanligini e'tirof etgan holda bunday mashg‘ulotlar ularda tasviriy savodxonlik elementlarini shakllantirilishiga ham tamal toshini qo`yishi shubhasizir. Bolalar rasm, appalikatsiya, loy ishi, qirqib yelimlash mashg‘ulotlari davomida nafaqat biror ish bilan ma'lum muddat band bo`ladilar, balki yuqorida aytib o`tganlarimizga qo`shimcha ravishda ularda quyidagilar rivojlanadi va shakllanadi: − tasviriy san'at sohasiga doir qobiliyatlari aniqlanadi va shakllantiriladi; − qalam, mo`yqalamni ushlash, loy, plastilin bilan ishlash, qaychida ayrim narsalarni qirqib yelimlash orqali mayda qo`l mushaklari rivojlanadi; − bola yozuv texnikasini egallashga tayyorlanadi; − bola tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari orqali diqqatini bir joyga taqsimlay olishni va ishini oxiriga qadar bajarishni, o`tira olishni o`rganadi; − tabiatni, atrof-olamni kuzatishni, uni asrab-avaylashni ardoqlashni, unga nisbatan to`g‘ri munosabatda bo`lishni o`rganadi; − jamoa bo`lib mehnat qilish, ishni rejalashtira olish, o`rtoqlarini eshita olish va o`zaro fikr-mulohazalarni inobatga olgan holda ishlash malakalari shakllanadi; − xalqimizning boy madaniy-ma'naviy merosi haqida tushuncha va tasavvurga ega bo`ladi va ularni o`z ishlarida ifodalashga o`rganadi. Ijodkorlik qobiliyati insonning tabiiy va ijtimoiy dunoni voqyelikning ob'ektiv qonunlari asosida o`z maqsadi va ehtiojlariga muvofiq o`zgartiradigan faoliyatidir. Ijod mahsuli bu inson ongining faol mahsulidir."Maktabgacha ta'lim konsepsiyasi"ning asosiy mazmunida bolalarning individual xususiyatlari va iste'dodini rivojlantirish vazifasi belgilab berilgan.