Eshitish sezgilari Eshitish sezgilari tovushlarni sezishdan iboratdir. Tovushlar musiqiy tovushlarga (ashula tovushi, cholg‘u asboblarining tovushi) va shovqinli tovushlarga (taraq-turuq, tars-turs, sharaq-shuruq, taqir-tuqur va boshqa shu kabi tovushlarga) bo‘linadi. Eshitish sezgilari organi quloq bo‘lib, u uch qismdan: tashqi quloq, o‘rta quloq va ichki quloqdan iboratdir.
Tashqi quloq — quloq suprasi bilan eshituv yo‘lidan iborat. Tashqi quloq havo to‘lqinlarini yig‘uvchi karnay desa bo‘ladi. Tashqi quloq bilan o‘rta quloq o‘rtasida bir parda bor, u nog‘ora parda yoki o‘rta quloq pardasi deb ataladi. O‘rta quloq — nog‘ora parda va unga yopishgan uchta suyakcha: bolg‘acha sandon va o‘zangidan iborat. Nog‘ora parda, shuningdek, unga yopishuvchi suyakchalar (bolg‘acha, sandon va o‘zangi) havo tebranish¬larini ichki quloqqa o‘tkazadi. O‘rta quloq maxsus kanal (Evstaxiy nayi) yordami bilan og‘iz bo‘shlig‘iga va burun bo‘shlig‘iga tutashgan.
Ichki quloq yoki quloq labiranti o‘zaro birlashgan uchta bo‘lakdan iborat. Ichki quloqning yuqori qismi uchta yarim joyga kanaldan, o‘rta qismi kameradan (u ichki quloq dahlizi deb ataladi) va pastki qismi chig‘anoqdan iborat. Eshitish sezgilarining fizik sababi havo to‘lqinlarining harakati bo‘lib, bu havo to‘lqinlari tovush chiqaruvchi jismlar tebranganda hosil bo‘ladi.
Hid bilish va taʼm bilish (maza) sezgilari Hid bilish sezgilariga hidlarni his qilish kiradi. Hidlar nihoyatda ko‘p va xilma-xil bo‘ladi. Hidlarni klassifikatsiya qilish uchun umumiy bir mezon yo‘q. Hidlar odatda hidli narsalarning nomi bilan ataladi, masa¬lan, rayhon hidi, non hidi, olma hidi va hokazo. Hidlar odatda, xush va noxush deb ikkiga bo‘linadi, lekin bu taqsimot hidlarning mohiyatini ko‘rsatib bermaydi, balki o‘sha hidlarga qanday qarashimizni ko‘rsatadi.
Hid bilish sezgilarining organi burun kovagining yuqori tomoni bo‘lib, bu yerda hid bilish hujayralari va sezuvchi nervning tarmoqlari bor, sezuvchi nervning tarmoqlari «hid bilish sohasining shilliq pardasiga botib turadi. Hidli moddalar sezuvchi nervni qo‘zg‘aydi, bu qo‘zg‘alish bosh miyaga o‘tadi, natijada biz turli hidlarni sezamiz. Hid bilish markazi bosh miya yarim sharlari orqa yuzasining pastki qismida deb faraz qilinadi. Hidli moddalar hid bilish hujayralariga faqat gaz holatidagina taʼsir yetadi va kimyoviy reaksiya yo‘li bilan ularni qo‘zg‘aydi. Maʼlumki, hidli moddalarning hammasi bug‘lanadi va yeriydi. Gaz holatidagi moddalar nafasga olinadigan havo bilan burun kavagiga kiradi.Taʼm bilish sezgilariga shirin-achchiq, nordon-shirin his qilish kiradi. Shu asosiy taʼm bilish sezgilaridan tashqari, umumiy klassifikatsiyasi bo‘lmagan juda ko‘p va xilma-xil taʼm bilish sezgilari ham bor. Hid bilish sezgilari kabi taʼm bilish sezgilari ham, muayyan taʼmli narsa yoki mod-dalarning nomi bilan ataladi. Masalan, sutning mazasi, yog‘ning mazasi, go‘shtning mazasi, nonning mazasi va b. Taʼm bilish sezgilarining organi tilning yuzasi va tanglayning yumshoq qismidir Tilning shilliq pardasida maxsus taʼm bilish so‘rg‘ichlari bor.
Ularning ichida tayoqchasimon hujayralardan to‘zilgan maxsus taʼm bilish «kurtaklari» yoki «sugonlari» bor. Har bir taʼm bilish sezgisining o‘ziga xos to‘zilgan «sugoni» bo‘ladi. Spetsifik sifatlari bilan farq qiladigan bu taʼm bilish sugonlari til yuzasida bir tekisda taqsimlangan yemas. Tilning asosiy yoki orqa qismi achchiq mazani, ayniqsa, yaxshi sezadi, til uchi, asosan, shirin mazani, ayniqsa, yaxshiroq sezadi, tilning chetlari esa nordon mazani yaxshiroq sezadi. Tilning o‘rtasi taʼm sezmaydi. Taʼm bilish organlarining hujayrali qismlarida maxsus sezuvchi nervlarning chekka uchlari bor, bular maza (taʼm) bilish organidagi qo‘zg‘alishni bosh miyaga o‘tkazadi.