Sug‘urta bozorining ishlashi va uning professional ishtirokchilari faoliyati ochiqligi va shaffofligini, sohadagi statistik va moliyaviy ko‘rsatkichlarni muntazam e’lon qilish yo‘li bilan ta’minlash;
2.Sug‘urta madaniyatini oshirish
Sug‘urta xizmatlari iste’molchilari va sug‘urta munosabatlarining ishtirokchilari huquqlari himoyasini ta’minlash, aholining sug‘urta bozoriga ishonchini oshirishga ko‘maklashish;
3.Kadrlar tayyorlashga ko’mak
Sug‘urta bozori mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni xalqaro darajadagi ekspertlar va mutaxassislarni jalb qilgan holda tashkil etishga yordam berish;
Sug‘urtalovchilarning to‘lov qobiliyati, sug‘urta zaxiralarini shakllantirish va ulardan foydalanish bo‘yicha majburiy normativ talablar hamda tavsiyalar ishlab chiqish;
5.Qonuniy faoliyat nazorati
Sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari tomonidan sohadagi qonun hujjatlariga, shuningdek, ularning moliyaviy barqarorligini ta’minlash bo‘yicha belgilangan talablarga rioya etilishini nazorat qilish;
6.Sug‘urtalovchilar hisobini yuritish
Sug‘urta bozorining holati va uning professional ishtirokchilari faoliyatining hisobotini yuritish, masofaviy nazorat qilish va tezkor onlayn-monitoringini olib borish;
Sug‘urta xizmatlarining talab yuqori bo‘lgan an’anaviy turlarini rivojlantirishga va yangi turlarini joriy qilishga ko‘maklashish, qishloq xo‘jaligi faoliyati sohasida sug‘urta himoyasini kuchaytirish;
Sug‘urtalovchilar (qayta sug‘urtalovchilar) va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini litsenziyalash, aktuariylar faoliyatini sertifikatlash;
9.Xalqaro aloqalar o‘rnatish
Xorijiy davlatlarning o‘xshash tuzilmalari, xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlar bilan sug‘urta faoliyati sohasida hamkorlikni tashkil etish.