S. Marshak 1912-yilda Angliyaga joʻnaydi. London universitetining sanʼat fakultetiga oʻqishga kiradi. Taʼtil kunlari u mamlakatning diqqatga sazovor joylarini yayov kezib tomosha qiladi: baliqchilar bilan dengizda sayr qiladi, qishloq maktablarida boʻladi. Ingliz xalq qoʻshiqlarini, ertaklarini sevib tinglaydi. Bu yerda Marshak V. Bleyk, Robindranat Tagor va boshqalarning sheʼr va poemalarini ingliz tilidan tarjima qiladi.
1914-yilda Rossiyaga qaytib kelgan Marshakning hayoti bolalar olami bilan chambarchas bogʻlanib ketadi. U 1915–22 yillarda bolalar uylarida tarbiyachi, oʻqituvchi boʻlib ishlaydi. Bu Marshakning bolalar shoiri boʻlib kamol topishida katta rol oʻynaydi.

S. Marshak 20 yillarda oʻzining sheʼr, ertak va poemalari bilan yosh kitobxonlarning sevimli shoiri sifatida tanildi. “Qayerda ovqatlanding, ey chumchuq”, “Ahmoq sichqoncha haqida ertak”, “Kecha va bugun”, “Sirk” va boshqa shu kabi mashhur asarlari oʻsha yillarda maydonga kelgan edi.
1939 yilda Marshakning “Petya nimadan qoʻrqar edi?”, “Korablcha” singari mashhur sheʼrlari bosilib chiqdi.
Ikkinchi jahon urushi davrida shoir ijodining asosiy qismini urush, bosqinchilarga qarshi kurash mavzusi tashkil etdi. Ayniqsa, 1943 yilda yaratilgan “Oʻn ikki oy” nomli ertakdramasi tez orada millionlab yosh kitobxonlar orasida mashhur boʻlib ketdi.