3-mavzu. Talab va taklif elastikligi elastiklik va uning turlari
3.4. Talabning narx bo‘yicha elastikligi yordamida daromadlarni tahlil qilish.
Tahlilni chiziqli talab funksiyasi yordamida ko‘rib chiqamiz.
Umumiy holdagi talab chiziqli funksiyasi berilgan bo‘lsin (22-rasm).
(1)
22-rasm.
Elastiklikning ta’rifiga ko‘ra:
SHunday qilib, nuqta talab chizig‘i bo‘yicha nuqtadan nuqtaga harakat qilganda, talab elastikligi kamayadi. U har doim manfiy, absolyut qiymati bo‘yicha kesmaning kesmaga nisbatiga teng va chiziqning o‘rtasida birga teng.
22-rasmning pastki qismida daromadning narxga bog‘liqligi ko‘rsatilgan.
. (2)
Bu funksiya kvadratik funksiya bo‘lib, u o‘zining maksimumiga kesmaning o‘rtasida erishadi:
funksiyadan ni topsak, bo‘ladi va ni (2) formulaga qo‘yamiz:
.
Bu funksiyaning kritik nuqtasini topamiz, ya’ni daromadni maksimal qiladigan ni topamiz,
,
yoki da daromad maksimal qiymatga erishishga ishonch hosil qilamiz.
Haqiqatdan ham 22-rasmda, talab oraliqda elastik va bu oraliqda talab miqdorining oshishi va narxning kamayishi daromadni oshib borishiga, talab elastik bo‘lmagan oraliqda daromad miqdorining kamayib borishiga olib keladi.
SHunday qilib, agar talab elastik bo‘lmasa, narxning o‘sishi daromadni o‘sishiga, kamayishi, daromadni kamayishiga olib keladi va bunday xolda sotuvchilar faqat narxni oshirish orqali daromadni oshirishi mumkin. Talab elastik bo‘lganda, daromadning o‘zgarishi narxning o‘zgarishiga teskari bo‘ladi va sotuvchilar bu holda narxni pasaytirish orqali daromadni oshirishlari mumkin. Talab elastik bo‘lganda, narxning pasayish sur’atidan talabni oshish sur’ati yuqori bo‘ladi, natijada daromad oshadi. Talab elastik bo‘lmaganda narxning pasayish sur’ati, talabning o‘sish sur’atidan yuqori bo‘ladi, bu o‘z navbatida daromadni pasayishiga olib keladi.
Masalan, yil yaxshi kelib fermerlar yuqori hosil olganda, ularning daromadi kamayib ketadi, nima uchun deganda qishloq xo‘jalik mahsulotlariga bo‘lgan talab elastikligi ancha past.
Xuddi shunday, byudjet daromadini oshirish maqsadida, davlat korxonalari mahsulotlarining narxi oshirilsa, agar ushbu mahsulotlarga talab elastik bo‘lmasa, davlat byudjetiga tushadigan mablag‘ kamayishi mumkin. Temir yo‘l transporti chiptalari narxi oshirilsa, chiptalarga bo‘lgan talabni kamaytiradi. (Ma’lumki, temir yo‘l chiptalariga bo‘lgan talab elastik emas.)