3-mavzu. XI-XV asrlarda Angliya Reja


Qizil va oq gullar urushi



Yüklə 48,11 Kb.
səhifə4/4
tarix30.03.2023
ölçüsü48,11 Kb.
#91383
1   2   3   4
3-mavzu. XI-XV asrlarda Angliya Reja

4.Qizil va oq gullar urushi. Eski feodal aristokratiyasi XV asr mobaynida hukmron sinf hisoblanar edi. Uning ko'pincha an'anaviy to'lovlar tarzida yerlardan oladigan daromadlari o'smay, balki pulning asta-sekin qadri ketishi bilan ular amalda kamayib borganligidan, aristokratiya davlat mansablarini bosib olish yo'li bilan o'z zararlarining o'rnini qoplashga harakat qildi. Bu aristokratiya Fransiya bilan olib borilgan Yuz yillik urushdan ham katta umidvor edi. Aristokratiya Fransiyadagi yangi yerlar va har qanaqangi harbiy o'ljalar olishga ishongan edi. 1399 yilda Plantagenetlar o'rniga kelgan yangi Lankasterlar dinastiyasi, aristokratik siyosatning kuroliga aylandi.
Lankasterlar siyosatidan, jumladan soliqlarning o'sib borishidan, ular ma'muriyatining suiiste'mollaridan, Yuz yillik urushdagi muvaffaqiyatsizliklardan va Angliya savdosining izdan chiqishidan bo'lgan norozilik Angliyaning eng taraqqiy etgan dengiz sohili grafliklaridan biri bo'lgan Kent grafligida xalq harakatining ancha avj olishida ifodalanadi. Gersog York vassalaridan biri bo'lgan Jek Ked boshchiligida 1450 yilda Kentda qo'zg'olon bo'ldi. Kentning ko'pgina mayda dehqonlari, shuningdek, shaharliklarning bir qismi qo'zg'olonda ishtirok etdi. Ammo harakatga asosan ritsar elementlari rahbarlik qildi. Qo'zg'olonchilar (1550 yil 2 iyun) Londonga kelib, unda hukumat oldiga bir qancha talablar qo'yishdi. Bu talablar, asosan, qirolning telba maslahatchilarini tartibga solish, lordlarning joylarda o'zboshimchalik qilishiga, zulm o'tkazishga chek qo'yish talablaridan iborat edi.
Xalq ommasining Lankasterlar dinastiyasiga bo'lgan nafratidan foydalangan gersog Yorkskiy tarafdorlari mumkin qadar tezroq hokimiyatni o'z qo'llariga olishga intildilar. Genrix VI betobligi sababli 1455 yilda Richard Yorkskiy qirollik regenti deb e'lon qilindi. Biroq Lankasterlarning muxlislari (qoloq g'arb va janubi-g'arb ularning asosiy tayanch joylari edi) tez orada Richard Yorkskiyni regentlik vazifasidan olib tashlashdi. Lankasterlar sulolasidan mamlakatda norozilik kuchayganligidan foydalanib, Yorklar hokimiyatni o’z qo’llariga olishga harakat qiladilar. Angliyani Shimolidagi yirik feodallar Lankasterlarni qo’llaydi. Yorklarni esa mamlakatning iqtisodiy rivojlangan janubi - sharqidagi yirik feodallar, ularning qarindoshlari va kuchli qirol hokimiyatidan manfaatdor yangi dvoryanlar va shaharlklar qo’llaganlar. Xuddi shu yili Lankasterlarning Yorklarga qarshi boshlagan urushida dastlab Lankasterlar tarafdorining qo'li baland keldi. Boy berilgan janglardan birida, 1460 yilda Richard Yorkskiy o'ldirildi. Ammo o'ldirilgan Richard Yorkskiyning o'g'li Eduard Yorklar to'dasiga boshchilik qildi, u lankasterlarni 1461 yilda ikki marta mag'lubiyatga uchratib, Londonni egallaydi va qirol deb e`lon qilinadi (1461 –1483 yy.). Genrix VI esa Tauer zindoniga qamab qo'yildi. York to'dasi hokimiyatni uzoq muddatga o'z qo'lida ushlab turdi. 1470-1471 yillarda Lankasterlar o'z tomonlariga o'tgan yirik feodal Uorvik ko'magida hokimiyat tepasiga Genrix VI ni qaytadan tiklamoqchi bo'ldilar. Lekin buning uddasidan chiqa olmadilar.
Eduard IV o’rta va mayda dvoryanlarga Lankasterlarning musodara qilingan yerlari hisobiga mulklar va unvonlar berib o’ziga yaqinlashtiradi, ularga tayanib o’zboshimcha baronlarni ayovsiz jazolaydi. Eduard IV mamlakat savdo va sanoatini rivojlantirishga harakat qiladi. Movutsozlikni rivojlantirish uchun xom- ashyoni eksport qilishni ta`qiqlaydi. Yevropa davlatlariga Angliya movutini eksport qilishda Ganza va Venetsiya savdogarlari vositachiligiga chek qo’yish uchun choralar ko’radi.
Eduard IV vafot etgach, uning ukasi Richard Eduardning ikki yosh o’g’lini Tauerda qatl etib taxtni egallaydi. Richard III ning siyosati Lankasterlar va Yorklarning noroziligiga sabab bo’ladi. Ular birlashib Lankasterlardan bo’lgan Genrix Tyudorni taxtga surishadi. 1485 yil Bosvort jangida Richard halok bo’ladi. Shu urush bilan Oq va Qizil Atirgul urushiga chеk qo`yiladi. 1485 yilga kеlib tugagan bu urushda Angliya o`z aholisining 1/4 qismini yo`qotgan edi. Genrix VII Tyudor Eduard IV ning qizi Yelizavetaga uylanib, gerbida oq va qizil gul tasvirini birlashtiradi.
Urushning og`irligi ingliz quyi va o`rta tabaqasiga tushib qolmasdan, ingliz aristokratlariga ham jiddiy talofat yеtkazdi. Urushning oxiriga kеlganda qirol xonadoniga qarindoshligi bo`lgan 80 ta baronlar o`ldirilgan edi. Juda ko`p yirik
fеodallarning nomlari mutlaqo o’chib kеtdi. Oldingi normandiyalik aristokratlar yo`q qilindi, uning o`rnini anglo-saks xonadonidan bo`lganlar to`ldira boshladilar. Genrix VII (1485 – 1603yy.) yangi dvoryanlarga tayanib qirol hokimiyatini mustahkamlash uchun baronlarga qarshi kurash olib boradi. Bu vazifani bajarish Genrix VII ga shu bilan osonlashganki, o`ttiz yil davom etgan «Oq va Qizil atirgul urushi» davrida feodal aristokratlarning katta qismi bir - birlarini qirib yuborib, ularning o’rnini yangi dvoryanlar va qirol hokimiyatini kuchayishidan manfaatdor burjua elementlari egallashgan edi.
XV asrning ikkinchi yarmida feodallar to's-to'poloni Angliyaning siyosiy taraqqiyotida katta ahamiyatga ega bo'ldi. XIV-XV asrlarda Angliyada ingliz millatining tarkib topa boshlashi uchun shart-sharoit vujudga kelmoqda edi. 1066 yilgi normandlar istilosidan boshlab, avvalgi paytda ingliz jamiyatining turli milliy tarkibini aks etirgan ikki tildan foydalanib kelindi. Qirol saroy zodagonlarining katta qismi fransuz tilida so'zlashardi. Aholining asosiy ommasi – dehqonlar va shaharliklar, o'rta va mayda feodallar ingliz tilida gaplashardilar. Ingliz tili yana bir qancha shevalarga bo'linib, ular orasida London shevasi yetakchi shevalardan edi. Aholi ko'pchiligining tili bo'lgan ingliz tili fransuz tilini xonadon hayotidan ham, jamiyat hayotidan ham asta-sekin siqib chiqardi. 1258 yildayoq qirol Genrix III Angliya aholisiga ingliz tilida bayonnoma bilan murojaat qilishi lozim bo'ldi. 1362 yilda Eduard III London shahrining petitsiyasiga javoban, «fransuz tili uncha ma'lum bo'lmaganligi» tufayli sudlardagi ishlar ingliz tilida olib borilsin, deb qaror chiqardi. XIV asrning ikkinchi yarmida Angliyada eng yirik asarlar paydo bo'lib, ularda London shevasi asosida rivojlangan ingliz tili o'ziga xos barcha lug'aviy-grammatik xususiyatlari bilan milliy adabiy til sifatida maydonga chiqdi.


Savol va topshiriqlar
1. Normandlar istilosining Angliya uchun oqibatlarini aniqlang?
2. Angliyada qirol hokimiyatining kuchaya boshlashiga nimalar sababchi bo’ldi?
3. Angliya parlamentarizmining shakllanishiga sabab bo’lgan omillarni aniqlang?
4. Uot Tayler qo’zg’olonining natijalari nimalarda ko’rindi?
5. Oq va qizil atirgullar urushi qanday yakunlandi?
Yüklə 48,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin