O’rta Osiyoda Saljuqbek asos solgan sulola boshchiligidagi o’g’uz qabilalarining Old Osiyoga yirik harbiy yurishlari XI asrdan kuchayadi. Ko’p o’tmay Vizantiya va unga qo’shni Eron, Iroq, Ozarbayjon, Sharqiy Armaniston hududlarida Saljuqiylar davlati shakllanadi. Ichki ziddiyatlardan zaiflashgan Sharqiy Rim imperiyasi ko’chmanchi turk qabilalari hujumlariga qarshilik ko’rsata olmaydi. Vizantiyaning yollanma qo’shini esa 1071–yiIi Saljuqiylar sultoni Alp Arslon lashkari tomonidan Mansikert jangida tor-mor etiladi. Imperator Roman IV Diogen jangda halok bo’ladi. Bu mag’lubiyatdan so’ng vizantiyaliklar deyarii qarshilik ko’rsata olmaganidan ko’p sonli turkiy qabilalar Kichik Osiyoga yo’l oladi.
Saljuqiylar davlati – Yaqin va O’rta Sharq, qisman Movarounnahrda saljuqiylar sulolasi boshqargan davlat (1038–1308). Saljuqiylar davlatiga Saljuqning nevarasi Sulton To’g’rulbek asos solgan. Ijtimoiy tuzum. O’g’uzlar bu paytda urug’–jamoachilikning inqirozi va yangi ijtimoiy munosabatlarning paydo bo’lishi bosqichida yashaganlar. Chorvaning asosiy qismi va yaylovlarga egalik qilish huquqlari yangi shakllanayotgan boylar tabaqasi qo’lida to’planib boradi. XI asr oxirida Kichik Osiyoni deyarli to’liq bosib olgan o’g’uzlar o’zlarining qator amirliklarini tuzadilar. Amirliklar rasman Saljuqiylar sulolasi hukmini tan olsalar-da, amalda o’z mulklarini mustaqil boshqarganlar.
XII–XIII asrlarda Saljuqiylarda ham feodal davlatini uzil-kesil shakllanishiga olib keladi.
Mamlakatda shakllangan yirik yer egaligi va soliqlar tizimi Sharqdagi islom davlatlarinikidan deyarii farq qilmagan. Ahamiyatli jihati saljuqiylarda davlat yerlarining xususiy yerlarga nisbatan ko’p bo’lishida edi. Davlat yerlarining katta qismi iqto’ tarzida harbiylar va amaldorlarga xizmatlari evaziga in’om etilgan. Iqto’ dastlab merosiy mulk bo’lmasdan, faqat xizmat muddati davomida foydalanish sharti bilan berilgan.
Shaharlar taraqqiyoti. Saljuqiylar davrida Kichik Osiyodagi Ko’nyo, Suvas, Qaysariyalar eng yirik shaharlar qatorida bo’lib, ularda o’n minglab aholi yashagan. Turklar istilosidan so’ng shaharlar qiyofasi ham o’zgarib, sharqona tus ola boshlaydi.
Sulton devoni hujjatlari va yozishmalar fors tilida olib borilgan. Sharqning buyuk mutafakkiri Jaloliddin Rumiy (1207–1273) o’z ijodining asosiy qismini Ko’nyoda o’tkazgan.
Asta-sekin turkiy qabilalarning mahalliy aholi bilan aralashishi yangi etnos – turk xalqining shakllanishiga asos bo’ladi. Bu jarayon XIII asrning 20–30–yillarida kuchavadi. Lekin 1243–yilgi mo’g’ullar bosqini davlatning keyingi taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. XIV asr boshlariga kelib Kichik Osiyodagi Saljuqivlar davlati butunlav parchalanib ketadi.