3-Mavzu: Xorijiy ommaviy axborot vositalarining media makonidagi o‘rni Reja


Globallashuv jarayonining O‘zbekiston OAVga ko‘rsatayotgan ta’siri



Yüklə 25,4 Kb.
səhifə3/4
tarix30.08.2023
ölçüsü25,4 Kb.
#141102
1   2   3   4
3-Mavzu Xorijiy ommaviy axborot vositalari

Globallashuv jarayonining O‘zbekiston OAVga ko‘rsatayotgan ta’siri
Globallashuv jarayonining O‘zbekiston OAVga ko‘rsatayotgan eng jiddiy salbiy ta’sirlaridan biri bu respublika OAVning faqatgina iste’molchiga aylanib qolayotganidadir. Misol uchun, O‘zbekiston televideniesining butun mamlakat bo‘ylab efirga tarqaluvchi to‘rtta kanali: O‘zTV1 — “O‘zbekiston” telekanali, TV2 — “Yoshlar” telekanali va TV4 — “Sport” telekanali hamda TV3 — “Toshkent” telekanalining 2004 yil 1 yanvardan 30-iyungacha bo‘lgan ko‘rsatuvlari tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, O‘zTVning to‘rtta kanallari ichida faqatgina O‘zTV1 “O‘zbekiston” chiqishlarining aksariyatini ushbu kanalning o‘zi tayyorlagan ko‘rsatuvlar tashkil etadi. Ya’ni, 6 oylik davrda ushbu kanalning umumiy efir vaqti 2938 soat bo‘lsa, shundan 2304,32 soatini, ya’ni 78,4% ko‘rsatuvlari o‘z mahsulotlarining efir vaqtiga to‘g‘ri keladi. Bu ko‘rsatgich qolgan uchta kanalda, ya’ni, TV2da 51,4%ni, TV3da 45% va TV4da 25,7%ni tashkil etadi.
«O‘zbekiston» kanalida chet el filmlari va ko‘rsatuvlari jami 581,35 soat yoki 19,7% foizdan iborat. O‘zTV-1 telekanalining efirida eng kam e’tibor qaratilgani chet el sporti haqidagi ko‘rsatuvlardir.
Shuningdek, O‘zteleradiokampaniyaning har to‘rttala kanalidagi d unyo yangiliklarining deyarli 99% chet el agentliklari va teleradiokompaniyalarning dasturlaridan noqonuniy tarzda ko‘chirib olingan axborotlaridan iboratdir. Buning ustiga, o‘zbek OAVning ta’sir doirasi cheklangan. O‘zbekiston telekanallari va radio stansiyalarini faqatgina mamlakat bilan chegaradosh bo‘lgan Markaziy Osiyo respublikalari aholisigina ko‘rishi va eshitishi mumkin. Albatta, O‘zbekiston radiosining chet ellarga turli tillarda uzatayotgan eshittirishlari mavjud, ammo ularning tinglovchilari ham ma’lum bir doirada. Bu esa O‘zbekistondagi axborot makoni va aholining ijtimoiy ongi to‘g‘ridan-to‘g‘ri Rossiya va G‘arb OAV ta’siri ostida qolishiga sabab bo‘lmoqda hamda O‘zbekiston OAVning xalqaro miqyosdagi o‘z o‘rniga ega bo‘lishini tobora qiyinlashtirib quymoqda.
Axborot asri sifatida talqin etilayotgan yangi yuz yillikda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, xususan Internetning shiddat bilan rivojlanib borayotganligi insoniyat taraqqiyotiga yangicha ko‘rinish va mohiyat ato qildi. Davlat va jamiyat rivojlanishining mazkur yangicha shakli “elektron” borliq ko‘rinishida xarakterlanib, uning kelajagini aloqa tarmoqlari orqali butun dunyoni yagona axborot makoniga aylantirayotgan millionlab “baytlar va bitlar” hal qilmoqda. Internet davlat va xalqlar o‘rtasidagi axborot almashishni misli ko‘rilmagan darajada tezlashtirdi, dunyoni insoniyat uchun tom ma’nodagi “yagona global makonga aylantirdi”
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining aloqa va axborot kommunikatsiya texnologiyalari masalalari bo‘yicha 2003 yilning 10 aprelida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishi natijalariga ko‘ra, 2003 yilning boshiga kelib Internetdagi Uz. Milliy hududida qayd qilingan saytlar soni 12,5 foizga o‘sib, 650 taga ctgan. Internetdan tez-tez foydalanuvchilar soni 50 ming kishi atrofida bo‘lib, ulardan 10 ming kishigina jahon axborot tarmog‘idan muttasil foydalanishadi

Yüklə 25,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin