n=5 6 7 9 8 11 navbat elementlari: 6 7 9 8 11 natijaviy navbat elementlari: 7 9 11 Stek bu LIFO(Last In - First Out - "oxirgi kelgan – birinchi ketadi"), shunday o’zgaruvchan uzunlikdagi ketma-ketlik, ro’yhatki, unda tuzilmaga elementlarni kiritish va chiqarish amallari bir tomondan, ya’ni stek uchidan amalga oshiriladi. Stek ustida bajariladigan asosiy amallar:
yangi elementni qo’shish;
elementni o’chirish;
stek elementlar sonini aniqlash;
stekni tozalash.
Stek bu LIFO (Last In - First Out - oxirgi kelgan – birinchi ketadi), shunday o’zgaruvchan uzunlikdagi ketma-ketlik, ro’yhatki, unda tuzilmaga elementlarni kiritish va chiqarish amallari bir tomondan, ya’ni stek uchidan amalga oshiriladi. Stek ustida bajariladigan asosiy amallar: - yangi elementni qo’shish; - elementni o’chirish; - stek elementlar sonini aniqlash; - stekni tozalash. Stekni statik xotirada vektor ko’rinishida ifodalashda stek uzunligini ko’rsatuvchi ko’rsatkich ishlatiladi. Bu ko’rsatkich stekdagi 1-bo’sh joyni ko’rsatadi. Dastlab hali stek bo’shligida bu ko’rsatkich R=0 bo’ladi. Quyidagi rasmda stekda 6 ta element mavjudligi uchun R=7 bo’ladi.
Stekka yangi element kiritilayotganda stek ko’rsatkichi (R) ko’rsatayotgan adresga yoziladi va shundan keyin bu ko’rsatkich bittaga oshiriladi. Stekdan elementni o’chirishda ko’rsatkichning qiymati bittaga kamaytiriladi va shu adresdagi element o’chiriladi. Stekni tozalash amalini bajarish uchun stek ko’rsatkichi R ga stek uchun ajratilgan xotira sohasining boshlang’ich adresi qiymati beriladi. R stekdagi elementlar sonini bildiradi.