3-mavzu: Yo‘l belgi guruhlari



Yüklə 1,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/21
tarix06.02.2023
ölçüsü1,75 Mb.
#83207
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
3-mavzu Yo‘l belgi guruhlari. Ularni yo‘l ko‘cha sharoitida qo‘

6. Servis belgilari 
Servis belgilari transport vositalari, yo‘lovchilar va haydovchilarga xizmat ko‘rsatish joylari 
haqida ma’lumot berish uchun qo‘llaniladi. 
Servis belgilari to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida bo‘lib, foni ko‘k va oq rangda, tasviri esa qora 
rangda berilgan bo‘ladi. Servis belgilari 12 ta bo‘lib, asosan bevosita joyning o‘ziga o‘rnatilgan 
bo‘ladi. 
7. Qo‘shimcha axborot belgilari 
Qo‘shimcha axborot belgilari ular bilan birgalikda qo‘llangan belgilarga aniqlik kiritish yoki 
ularning ta’sirini cheklash uchun qo‘llaniladi. 
Qo‘shimcha axborot belgilari ham to‘rtbo‘rchak shaklida bo‘lib, foni oq, tasviri qora rangda 
bo‘ladi. Qo‘shimcha axborot belgilari 18 ta bo‘lib, ba’zilari turlanadi. 
Qo‘shimcha belgilar qaysi belgi bilan birga joriy etilsa, bevosita shu belgi tagiga 
joylashtiriladi. 7.2.2-7.2.4, 7.13 qo‘shimcha belgilari yo‘lning, yo‘l yoqasining, piyodalar 
yo‘lkasining tepasiga o‘rnatilgan belgining yoniga joylashtiriladi. 
Vaqtinchalik (ko‘chma tirgakdagi) va doimiy belgilar mano jihatidan bir-biriga zid kelgan 
hollarda haydovchilar vaqtincha o‘rnatilgan belgilarga amal qilishlari kerak. 
Eslatma: Ogohlantiruvchi, taqiqlovchi, buyuruvchi, axborot-ishora yo‘l belgilarining tagida 
mazkur yo‘l belgisining ta’sir oraligini ko‘rsatuvchi 7.2.1 qo‘shimcha axborot belgisi o‘rnatilgan 
bo‘lsa, yo‘l belgilarining ta’sir oraligi oxirini ko‘rsatuvchi yo‘l belgisi o‘rnatilishi shart emas.
Nazorat savollari: 
1. Buyuruvchi belgilarga misollar keltiring. 
2. Axborot – ishora belgilariga misollar keltiring.
3. Servis belgilarga misollar keltiring. 
4. Qo‘shimcha – axborot belgilariga misollar keltiring. 
 


- 6 - 
4- mavzu: Yo‘l belgi chiziqlarining guruhlari. Ularni yo‘l ko‘cha sharoitida qo‘llanilishi. 
 
Tayanch iboralar. Yo‘l belgi chiziqlari. Yo‘l belgi chiziqlarining guruhlari. Qo‘llanish 
sharoiti. Yotiq yo‘l belgi chiziqlari. Tik yo‘l belgi chiziqlari. 

Reja: 
1. Yotiq chiziqlarning vazifalari va turlari. 


2. Yotiq chiziqlarning farqlash belgilari. 
3. Yotiq chiziqlarini qo‘llanilishi. 
4. Yotiq chiziqlarning vazifasi va qo‘llanilishi. 
Yo‘l harakatini tashkil etishda yo‘l belgilari bilan bir qatorda (yo‘l belgi) chiziqlari ham 
qo‘llaniladi. Chiziqlar yotiq va tik chiziqlarga bo‘linadi. Yo‘lning qatnov qismi yuzasidagi 
chiziqlar, ishoralar, yozuvlar va boshqa belgilar harakatlanish tartibini belgilaydi. Yo‘l yuzasidagi 
yotiq chiziqlar oq va sariq rangda bo‘ladi. Yotiq chiziqlar umuman soni 23 tani tashkil etadi
shundan 3 tasi sariq rangda bo‘ladi. Yotiq chiziqlar ranglaridan tashqari o‘lchamlari va ko‘rinishi 
bo‘yicha bir-biridan farq qilib, ma’lum vazifalarni bajaradi. 
Savol: 
1. Yotiq chiziqlar nima vazifani bajaradi? Yotiq chiziqlar nima uchun qo‘llaniladi? 
Ushbu savol berilib, auditoriyadan talabalarning fikri eshitiladi. 
Javob: Ma’lumki, yo‘lning qatnov qismi yuzasidagi chiziqlar, ishoralar, yozuvlar va boshqa 
belgilar harakatlanish tartibini belgilaydi.[1] 
Yuqorida berilgan savolga javoblar eshitilib, o‘qituvchi tomonidan to‘ldiriladi va yotiq 
chiziqlar belgilangan vazifalarni bajarishi uchun turli o‘lchamda, rangda bo‘lishligi aytilib, ularni 
qayerlarda ishlatilishi tartib bilan aytib beriladi. 
Qoidada belgilangan:
1.1 – chizig‘i qarama-qarshi yo‘nalishlarda harakatlanayotgan transport oqimlarini ajratadi
yo‘lning xavfli joylaridagi harakatlanish bo‘lagi chegarasini bildiradi; yo‘lning kirish taqiqlangan 
qismini ajratadi; transport vositalarining to‘xtab turish joyi chegarasini hamda avtomagistrallar 
qatoriga kiritilmagan yo‘lnig harakatlanish qismi chegarasini bildiradi. 


- 7 - 
Nazorat savollari:
1. Nechta guruh yo‘l belgi chiziqlari mavjud? 
2. Yоtiq yo‘l belgi chiziqlari qayerlarga chiziladi? 
3. Tik yo‘l belgi chiziqlari qayerlarga chiziladi? 
4. 1.1. raqamli o‘q chizig‘i nimani taqiqlaydi? 
5. 1.11. raqamli yo‘l belgi chizig‘i qanday holatlarda qo‘llaniladi? 


- 8 - 

Yüklə 1,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin