3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


Ta’sis badali sifatida kiritilgan investitsiyalarni baholash



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/302
tarix08.05.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#109332
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   302
K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va

Ta’sis badali sifatida kiritilgan investitsiyalarni baholash qarz va kredit 
sifatida kiritilgan investitsiyalarni yuqorida keltirilgan tartibiga to‘liq o‘xshashdir. 
Ta’sis badali sifatida kiritilgan investitsiyalarning qayta baholanishi , ma’lumki
ta’sis badali summasini oshishiga va bu o‘z navbatida undan olinadigan
ta’sischilarning foydasi hissasini o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun
ta’sis badali sifatida kiritilgan investitsiyalarning qayta baholangan qiymati davlat 
registratsiyasidan qayta o‘tishi lozim va faqat shu asosda tan olinishi, shuningdek 
balansda aks ettirilishi lozim.
 
.Moliviy investitsiyalarning sintetik va analitik hisobi. 21-son BHMS ga 
muvofiq uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarning hisobini yuritish uchun maxsus 
0600 «Uzoq muddatli investitsiyalar hisobi schyotlari» tizimida quyidagi schyotlar
ko‘zda tutilgan: 

0610 «Qimmatli kogozlar» 

0620 «Sho‘’ba xo‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar» 

0630 «Qaram xo‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar» 

0640 «Chet el kapitaliga ega korxonalarga investitsiyalar» 

0690 «Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar» 
 
0610 «Qimmatli qog‘ozlar» schyoti korxonalarning aksiya va boshqa qimmatli 
qog‘ozlarni sotib olishga yo‘naltirgan uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarini
hisobini yuritishga mo‘ljallangan. Ushbu schyotning debetida aksiya va boshqa 
qimmatli qog‘ozlarni sotib olinishi aks ettiriladi, schyotning debet qoldig‘i esa sotib 
olingan qimmatli qog‘ozlarning qiymatini ko‘rsatadi. Schyotning kredit tomonida aksiya 
va boshqa qimmatli qog‘ozlarning korxona balansidan chiqib ketishi, ya’ni ularni 
kamayishi, aks ettiriladi. Aksiya va boshqa qimmatli qog‘ozlarning hisobi 0610- 
schyotda ularning nominal qiymatida yuritiladi. 
0620 «Sho‘’ba xo‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar» schyoti o‘z ixtiyorida 
sho‘’ba xo‘jalik jamiyatlariga ega bo‘lgan korxonalarda qo‘ullaniladi va ular ushbu 
schyotda sho‘’ba xo‘jalik jamiyatlariga kiritgan moliyaviy investitsiyalarini hisobini olib 
boradilar.

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin