198
chegirib tashlanadi. Shuning uchun ularning summalari foyda (daromad) solig‘i hisob-
kitobining alohida satrida (060-satr) ko‘rsatiladi. Ushbu daromadlardan dividend
solig‘ini o‘ndirilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar ularni
bergan yuridik shaxslarning
ma’lumotnomalari bilan tasdiqlanishi lozim.
Foyda (daromad) solig‘i bo‘yicha imtiyozlar sifatidaa soliqga tortiladigan
daromad summasidan chegirib tashlanadigan
harajatlar ning turlari, imtiyoz me’yorlari
Soliq Kodeksi va foyda (daromad) solig‘ini hisoblash va to‘lash bo‘yicha Yo‘riqnomada
ochib berilgan.
Korxonalar faoliyatining oxirgi moliyaviy natijalari bo‘yicha buxgalteriya
hisobining asosiy vazifalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
•
Moliyaviy natijalar ko‘rsatkichlarini ularning
mohiyatini ochib beruvchi
mezonlariga mos ravishda hisobga olish;
•
korxona moliyaviy natijalari ko‘rsatkichlarini to‘g‘ri
turkumlash va guruhlarga
ajratish;
•
korxona moliyaviy natijalari ko‘rsatkichlarini soliq ob’ekti sifatida to‘g‘ri
shakllantirish;
•
moliyaviy natijalar ko‘rsatkichlarini hisoblash tamoyiliga muvofiq ular yuz bergan
vaqtdan boshlab tan olish va tegishli schyotlarda aks ettirish;
•
moliyaviy natijalar ko‘rsatkichlarini moliyaviy hisobotda to‘g‘ri
aks ettirish va
boshqalar
Dostları ilə paylaş: