Guvohlik beruvchi hujjatlar deganda, yuqorida aytib o‘tganimizdek, xo‘jalik
operatsiyalarini haqiqatda yuz berganligiga guvoh beruvchi hujjatlar tushuniladi.
Farmoyish beruvchi hujjatlar deganda u yoki bu harakatni kelgusida amalga
oshirishga farmoyish beruvchi hujjatlar tushuniladi. Masalan, inventarizatsiya o‘tqazish
to‘g‘risida farmoyish, tovarni olib kelush uchun berilgan ishonchnoma va shu kabilar.
Farmoyish va guvohlik beruvchi hujjatlar deganda bir vaqtning o‘zida xo‘jalik
operatsiyasini amalga oshirishga berilgan farmoyishni ifodalovchi, ham bu farmoyish
asosida haqiqatda yuz bergan xo‘jalik operatsiyasiga guvohlik beruvchi hujjatlar
tushuniladi. Masalan, kassa chiqim orderi bir vaqtning o‘zida pulni berilishi uchun
tuzilgan rahbariyatning farmoyishini, shuningdek shu farmoyish asosida pulni haqiqatda
kimgadir berilganligi to‘g‘risida guvohlik beruvchi hujjat hisoblanadi. Pul cheki ham
xuddi shunday hujjat hisoblanadi.
Buxgalterlik hisob-kitoblarini aks ettiruvchi hujjatlardeganda bevosita yuz
bergan xo‘jalik operatsiyasini aks ettirmaydigan, lekinda u yoki bu ko‘rsatkichni, qarzni
topish uchun buxgalter tomonidan tuzilgan hujjatlar tushuniladi. Bunday hujjatlarga
misol
qilib
soliqlar
hisob-kitoblarini,
majburiy
ajratmalar
hisob-kitoblarini,
amortizatsiyani aniqlash hisob-kitoblarini keltirish mumkin.
Tuzish tartibiga ko‘ra buxgalteriya hisobida ishlatiladigan hujjatlar blshlang‘ich va
yig‘ma hujjatlarga bo‘linadi.
Boshlang‘ich hujjatlar deb xo‘jalik operatsiyasi sodir bo‘lgan vaqtda tuzilgan
hujjatlar tushuniladi. Barcha guvohlik beruvchi hujjatlar boshlang‘ich hujjatlar
hisoblanadi.
Yig‘ma hujjatlar deganda boshlang‘ich hujjatlar asosida tuzilgan va ularning
ma’lumotlarini ma’lum davr uchun jamlab beradigan hujjatlar tushuniladi. Bunday
hujjatlarga moddiy hisobotlar, avans hisobotlari, tovar-pul hisobotlari, bank ko‘chirmalari
va boshqalar kiradi.
Aks ettirish usullariga ko‘ra buxgalteriya hujjatlari bir marotaba yuz bergan va
ko‘p marotaba yuz bergan operatsiyalarni aks ettiradigan hujjatlarga bo‘linadi.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com