Operativ ( joriy ) lizing – bu lizingni shunday turi bo‘lib, unda tuzilgan lizing
shartnomasi moliyaviy lizing shartnomasiga qo‘yilgan talablarning birontasiga ham
to‘g‘ri kelmasligi kerak. Operativ lizingning muddati , odatda, bir yildan oshmaydi,
ushbu muddat tugagach lizing ob’ekti lizing oluvchidan lizing beruvchiga qaytariladi.
Lizing beruvchi lizing ob’ektini o‘z balansidan chiqarmaydi, lizing oluvchi esa uni o‘z
balansiga qabul etmaydi. Demak, operativ lizingda lizing beruvchi lizing oluvchiga lizing
ob’ektidan vaqtinchalik foydalanish huquqini hak tulash sharti bilan beradi. Lizing
shartnomasi muddati tugashi bilan lizing ob’ekti lizing oluvchidan lizing beruvchiga
qaytariladi.
Sublizing-bu lizing oluvchi tomonidan lizing beruvchining roziligi bilan lizing
oyu’ektini boshqa uchunchi shaxs (sub’ekt)ga ijaraga berilishi. Bunda lizing beruvchi
sotuvchiga, lizing oluvchi lizing beruvchiga va sublizing oluvchi lizing oluvchiga
aylanadi. Sublizing muddati dastlabki lizing shartnomasida ko‘rsatilgan muddatdan
oshib ketmasligi lozim.
Lizing to‘lovi -lizing shartnomasining muhim elementi bo‘lib, lizing oluvchi
tomonidan lizing beruvchiga to‘lanadigan qarz summasini bildiradi. Moliyaviy lizingda
lizing to‘lovi o‘z ichiga lizing ob’ektining qiymati va lizing beruvchining foydasi
summalarini oladi. Operativ lizingda lizing to‘lovi lizing beruvchining shartnomada
ko‘rsatilgan foyda summasidan iborat bo‘ladi. Lizing beruvchi oladigan foyda summasi
lizing ob’ekti bo‘yicha hisoblanadigan amortizatsiya harajatlari, ta’mirlash harajatlari,
mol-mulk solig‘i harajatlari, shuningdek lizing summasidan olinadigan QQS summalarini
to‘liq qoplashi, shuningdek unga ma’lum darajada sof daromad keltirish talabiga javob
berishi lozim.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com