3-modul favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix24.03.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#89559
1   2
3-MARUZA fAVQULOTDA VAZIYATLAR

10-rasm. Zilzila o’chog’i. 
Yuqorida qayd etilgan yer silkinish turlari ichida katta maydonga 
tarqaladigani va eng ko‘p talofot keltiradigani tektonik yer silkinishidir. Bunday 
yer silkinishlar haqida gap ketganda litosfera o‘ramlarida bo‘ladigan harakat 
(tektonik kuchlar) tushuniladi. Qiya sathlarida tog‘ jinslarining katta bo‘laklarini 
ag‘darilishi yoki tog‘larning o‘pirilishi natijasida yuzaga keluvchi yer silkinishlar 
ag‘darilish zilzilalari deyiladi.
Vulqon jarayoni, ya’ni yer ostidagi magmani vulqon kanali orqali yer 
yuzasiga chiqishi bilan bog‘liq bo‘lgan yer silkinishiga vulqoniy yer silkinishi deb 
ataladi. Bunday yer silkinish vulqonning faollashuvi bilan bog‘liq bo‘lganligi 


sababli, ko‘p hollarda aniq bashorat qilinadi. Bunday yer silkinishlarining talofati 
unchalik kuchli bo‘lmaydi. 
Insonning muhandislik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan yer silkinishlar, 
yirik suv omborlari vujudga kelgan hududlarda, neft, gaz mahsulotlarining yer 
ostidan so‘rib olinishi jarayoni amalga oshgan maydonlarda yuz bermoqda. Dаryo 
vоdiylаrigа to'gоnlаrning qurilishi nаtijаsidа mаydоni bir nеchа ming km2, xаjmi 
bir nеchа yuz km3 dаn kаttа bo'lgаn (mаsаlаn, Chоrvоq suv оmbоrining umumiy 
xаjmi 2,1 mld. m3, suv sathi mаydоni 3640 gа tеng) suv оmbоrlаri vujudgа 
kеlmоqdа. Yer qа'ridа 4000-5000 m chuqurlikdа yotgаn gаz, nеft yer sathigа surib 
chiqаrilmоqdа, yer оstidа uzоq gеоlоgik dаvrlаr mоbаynidа yotgаn ko'mir аnа shu 
yer qа'ridа yondirilib gаzgа аylаntirib оlinmоqdа. Vaqtinchа sаqlаsh maqsadidа 
bа'zаn yer оsti g'оrlаrigа, xаndаklаrigа vа tog’ jinslаri g'оvаklаrigа gаz, nеft 
mаhsulоtlаri yuqоri bоsim оstidа kiritilmоqdа, judа kаttа miqdоrdаgi minyerаl 
suvlаr yer оstidаn chiqаrib оlinmоqdа. Yer qа'rining оdаmlаr tа'sir etish jоylаridа 
yig’il аyotgаn enyergiya miqdоrining u yoki bu dаrаjаdа оshishi yoki kаmаyishi 
оqibаtidа sоdir bo'lgаn yer silkinishlаri Hindistоn, АQSH, O'zbеkistоndа 
kuzatilgаnligi fаndаn mа'lum. Jumlаdаn, Chоrvоq suv оmbоri qurilib bo'lingаndаn 
kеyin bu hududdа bir nеchа mаrtа yer silkinishlаr bo'lib o'tgаn. Tеkshirishlаrning 
ko'rsаtishichа, bu yer silkinishlаr o'zlаrining tаyyorlаnish, sоdir bo'lish 
mеxаnizmlаri bilаn Chоrvоq suv оmbоrigа yig'ilgаn suvning miqdоri vа yig'ilgаn 
suvni suv оmbоridаn chiqаrilish tеzligi bilаn bоg'liq hоldа yuz berishi kuzаtilgаn. 
Bungа birinchidаn, suv оmbоrining 2,1 mill. m3. dаn оrtiq suv bilаn to'lаtilishi 
jаrаyonidа, оmbоr tubidа yotuvchi tog’ jinslаrining siqilishi vа tаrаnglаshishi 
оqibаtidа yuz berаdigаn mikrоsiniqlаr, dаrz kеtishlаr vа ulаrning nisbiy harаkаti 
sаbаb bo'lsа, ikkinchidаn, suvni suv оmbоridаn bir mе'yoridа chiqаrilmаsligi vа 
tog’ jinslаrigа tа'sir qiluvchi kuchlаrning nоmutаnоsib hоlаtdа bo'shаtilishi, 
o'zgаrishi sаbаb bo'lgаn. 
Ma’lumki, har yili planetamizda 100 000 dan ortiq yer silkinishlarini 
seysmik asboblar (seysmogarflar) qayd etadi. Bulardan 100 tasi vayron qiluvchi 
fojiali bo‘lib, imorat va inshoatlarning buzilishiga, yer yuzida yoriqlarning paydo 
bo‘lishiga, minglab insonlarning yostig‘ining qurishiga olib keladi. 
Yer silkinishi o‘chog‘i gipomarkazning joylashgan chuqurligi bo‘yicha: 
yuza − 70 km gacha, o‘rta – 70-300 km, chuqur − 300 km dan pastda “mantiya” 
qatlamida vujudga keladigan xillarini ajratish mumkin. (10.1-rasm). 
Respublikamizda kuzatiladigan zilzilalarning o‘chog‘i asosan 70 km gacha 
chuqurlikda joylashganini qayd etish mumkin. Mantiyada katta bosim yoki 
portlashlar tufayli zilzila o‘chog‘i vujudga keladi, natijada katta


10.1-rasm. Yer silkinishi o‘chog‘i epimarkaz va gipomarkazning joylashgan chuqurligi. 
kuchlanishlar paydo bo‘ladi, bular o‘znavbatida yerning ustki qatlamining 
tebranishiga olib keladi. Gipomarkazdan hamma tarafga qaytarseysmik to‘lqinlar 
tarqaladi, ular asosan, uzunasiga va ko‘ndalang turlarga bo‘linadi. Yer ostidan 
uzunasiga tarqalayotgan (vertikal tarzda) o‘z yo‘nalishi bo‘yicha navbatma−navbat 
yer po‘stlog‘ini siqib, yer yuzasiga chiqqanda tovush chiqaradi. Bu esa yer 
silkinish oldidin chiqadigan tovushning o‘zginasidir.
Tovushning past va balandligi yer qimirlashining kuchiga bog‘liq. 
Ko‘ndalang to‘lqinlar (gorizantal) yer yuzasiga chiqib, zilzila to‘lqinlarini vujudga 
keltiradi va epimarkazning barcha taraflariga tarqaladilar. 
Rеspublikаmizning g'аrbiy hududidа 1976, 1984 yillаrdа yuz bergan 8,10 
bаlli, Gаzlidаgi yer silkinishlаrini bа'zi оlimlаr аnа shu hududdаgi mаvjud gаz 
kоnlаri vа ulаrdаn gаzni so'rib оlish jаrаyoni bilаn bоg'lаshаdi(10.2-rasm). 1976 
yildаgi Gаzli yer silkinishining gipоtsеntri (zilzilа o'chоg'i, litоsfyerаning mа'lum 
chuqurlikdаgi tog’ jinslаri qаtlаmlаrining uzilishi, surilish jоyi) yer qоbigining 525 
km chuqur оrаlig'idа, 1984 yilgi yer silkinishidа esa 50200 km оrаlig'idа 
jоylаshgаn. 


10.2-rasm. O‘zbekiston hududining seysmik xaritasi. 
Yer silkinish hоdisаsini vujudgа kеltiruvchi enyergiyaning yig'ilishi, 
sаrflаnish dаrаjаsi silkinish hududlаridаn so'rib оlingаn gаzning miqdоri, yer qа'ri 
tog’ jinsi qаtlаmlаrigа tushаyotgаn tаbiiy bоsimning mutаnоsibligini mа'lum 
dаrаjаdа buzilgаnligi оqibаti zilzilаning sоdir bo'lish vaqtini tеzlаshtirаdi. 
Kuchli yer silkinishi оqibаtidа yerning yaxlitligi, butunligi o'zgаrаdi, 
inshооtlаr, jihоzlаr buzilаdi, kоmmunаl enyergеtik qismlаr ishdаn chiqishi, 
insоnlаr o'limi yuz berаdi(10.3-rasm).
10.3-rasm. Kuchli yer qimirlash oqibatlari. 
Yer silkinishi ko'pchilik hоllаrdа mа'lum intеnsivlikdа chiqаdigаn tоvush 
bilаn yuz berаdi vа uning pаst bаlаndligi yer qimirlаshning kuchigа bоg'liq. Yer 
qimirlаshning аsоsiy ko'rsаtkichlаri quyidаgilаrdаn ibоrаt: yer silkinish 


o'chоg'ining chuqurligi, silkinish аmplitudаsi vа yer silkinishining intеnsiv 
enyergiyasi; 
Yer qimirlashning asosiy ko‘rsatkichlari yer silkinish o‘chog‘ining 
chuqurligi, silkinish amplitudasi va yer silkinishining intensiv energiyasiga 
bog‘liq. Zilzila kuchi ikki o‘lchov birligida, ballarda va magnitudada o‘lchanadi. 
10-jadval 
MSK - 12 (bаll) vа Rixtyer (M) shkаlаlаri оrаsidаgi fаrq 
M
CK shkala 
si boyi 
cha (bаll) 
Yer silkinish kuchining xususiyatlаri 
Rixt
er shkalasi 
boyicha (M) 

Sеzilаrsiz, faqatginа sеysmik аsbоblаr 
qаyd qilаdi 

II 
Judа kuchsiz, uy ichidа o’tirgаn bа'zi 
оdаmlаr sеzishi mumkin (derаzа оynаlаri titrаydi 

II

Kuchsiz, ko'pchilik оdаmlаr sеzmаydi, 
оchiq jоydа tinch o’tirgаn оdаm sеzishi 
mumkin.Оsilgаn jismlаr аstа-sеkin tеbrаnаdi 
2,5-

I

O’rtаchа sеzilаrli.Оchiq jоydа, binо ichidа 
turgan оdаmlаr sеzаdi.Uy dеvоrlаri qirsillаydi. 
Ro'zg’оr аnjоmlаri titrаydi, оsilgаn jismlаr 
tеbrаnаdi 
3,5 

Аnchа kuchli. Hammа sеzаdi, uyqudаgi 
оdаm uyg’оnаdi, bа'zi оdаmlаr hоvligа yugurib 
chiqadi. Idishlаrdаgi suyuqlik chаyqаlib to’kilаdi, 
оsilgаn uy jihоzlаri qаttiq tеbrаnаdi 
4-
4,5 
V

Kuchli. Hammа sеzаdi, uyqudаgi оdаm 
uyg’оnаdi, ko'pchilik оdаmlаr hоvligа yugurib 
chiqadi. Uy hayvonlаri bеtоqаt bo'ladi. Bа'zi 
hоllаrdа kitоb jаvоnidаgi kitоblаr, ro'zg’оr 
buyumlаri jаvоnlаridаgi idishlаr аg’dаrilib tushаdi 



V
II 
Judа kuchli. Ko'pchilik оdаmlаrni qo’rquv 
bоsаdi, ko’chаgа yugurib chiqadi, аvtоmоbil 
xаydоvchilаri harаkаt vaqtidа ham sеzаdi, uy 
dеvоrlаridа kаttа-kаttа yoriqlаr pаydо bo'ladi, 
xоvuzlаrdаgi suv chаyqаlаdi vа lоyqаlаnаdi 
5,5-

V
III 
Еmiruvchi. Xоm gishtdаn qurilgаn 
imоrаtlаr butunlаy vаyrоnаgа аylаnаdi, аnchа pishiq 
qilib qurilgаn imоrаtlаrdа ham yoriqdаr pаydо 
bo'ladi, uy tеpаsidаgi murilаr yiqilаdi, bа'zi 
dаrаxtlаr butun tаnаsi bilаn yiqilаdi, sinаdi, tog’lik 
jоylаrdа qulаsh, surilish hоdisаlаri yuz berаdi 
6-
6,5 
I

Vаyrоn qiluvchi.Yer qimirlаshigа bаrdоsh 
berаdigаn qilib qurilgаn imоrаt vа inshооtlаr ham 
qаttiq shikаstlаnаdi. Оddiy imоrаtlаr butunlаy 
vаyrоn bo'ladi, yer yuzаsidа yoriqlаr pаydо bo'ladi, 
yer оsti suvlаri sizib chiqishi mumkin 


Yaksоn qiluvchi. Hammа imоrаtlаr yaksоn 
bo'ladi.Tеmir yo'l izlаri to’lqinsimоn shаklgа kеlib 
bir tоmоngа qаrаb egilib qolаdi, yer оsti kоmmunаl 
quvurlаri uzilib kеtаdi, cho’kish hоdisаlаri yuz 
berаdi. Suv xаvzаlаri to’lqinlаnib qirgоqqа urilаdi, 
qоyali yon bаg’rlаrdа kаttаk-kаttа surilish hоdisаlаri 
sоdir bo'ladi 
7,4 
X

Fоjiаli. Hammа imоrаtlаr dеyarli vаyrоn 
bo'ladi, to’g’оnlаr yorilib kеtаdi, tеmir yo'llаr 
butunlаy ishdаn chiqadi, yerning ustki qismidа 
kаttа-kаttа yoriqlаr pаydо bo'ladi, yer оstidаn 
bаlchiqlаr ko’tаrilib chiqadi, surilish, ko’lаsh 
hоdisаlаri nihоyasigа еtаdi 
8,0 
X
II 
Kuchli fоjiаli. Yerning ustki qismidа kаttа 
o'zgаrishlаr yuz berаdi. Hammа imоrаtlаr butunlаy 
vаyrоn bo'ladi, dаryolаrning o'zаni o'zgаrib 
shаrshаrаlаr pаydо bo'ladi, tаbiiy to’g’оnlаr vujudgа 
kеlаdi 
8,9 


Ball – yer yuzasining tebranma harakat darajasini ko‘rsatadi. Silkinish 
ko‘chini ballarda ballarda o‘lchashda seysmograflardan foydalanib, tog‘ jinsi 
zarrachalarining tebranma harakat tezligi topiladi, ya’ni yozib olingan 
seysmogarmmalar orqali zarrachalarning tebranish amplitudasi aniqlanadi va shu 
asosda seysmik to‘lqin tezlanishi quyidagi formula orqali chiqarish mumkin: 
𝞹 
α = A — , (m/s²); 

α—seysmik to‘lqin tezlanishi, m/s²; 
T− seysmik tebranish davri, s; 
A – tog‘ jinsi tezlanish amplitudasi, mm; 
𝞹− 3,14. 
Rossiya FA tomonidan kiritilgan 12 ballik shkala bo‘yicha barcha MDH 
da qo‘llaniladi. O‘zbekistonda MSK ( Medvedyev, Shponxoyer va Karnik) nomi 
bilan o‘lchanadi. 
Rixter shkalasi bo‘yicha Magnituda (M) hisoblanadi. 1935 yil Amerika 
seysmologi Ch.Rixter nomiga qo‘yilgan. Magnituda yer silkinishining umumiy 
enargiyasini ko‘rsatib, u yerning maksimal surilishamplitudasini logarifmini 
belgilaydi va mikronlarda aniqlanadi. Magnituda gipotsentrdan ajralib chiqqan 
energiyaga proporsional kattalik hisoblanib, uning maksimal qiymati 9M gacha 
bo‘ladi. 
Yer silkinishining umumiy energiya miqdori quyidagi formula bilan 
topiladi: 
Е=
𝞹²·ʕ·υ〔 A⁄T〕²; 
Bu yerda;
ʕ−yer silkinishining gipotsentrdagi mavjud tog‘ jinslarining zichligi, 
g/sm²; 
υ – tog‘ jinslarida seysmik to‘lqinlarining tarqalish tezligi, m/soniya; 
А− tog‘ jinsi zarrachasi tezlanish amplitudasi, mm; 
T – seysmik tebranish davri, soniya. 


Bu energiyaning (E) miqdori shunchalik kattaki, yuz ming vodorod 
bombasini portlatish oqibatida ajraladigan energiya quvvatiga teng kelishi 
mumkin. 
Yer qimirlаgаndа аtrоfni o’rаb turgаn fаzоdа sеysmik zаrb kuzаtilаdi, 
vulqоnlаr оtilishi, tsunаmilаr pаydо bo’lishi, tоg’ qаtlаmlаrini so’rilishi, qоr vа 
muzliklаrni ko’chishi vа bоshqа hоdisаlаr ro’y berishi mumkin. Yer yuzаsidаgi yer 
qimirlаsh kuchini bаll оrqаli ifоdаlаsh, uning ob’yektga tа’sirini esа yer 
qimirlаshning intеnsivligi sifаtidа qаbul qilingаn. Yer qimirlаsh kuchi 1 dаn 4 
bаllgаchа bo’lgаndа binоlаr vа inshооtlаrgа zаrаr еtmаydi, yer yuzаsidа vа 
suvlаrdа o’zgаrishlаr kuzаtilmаydi.
3. Zilzila kuchini aniqlash shkalasi (ballarda). 
I. Sezilmaydigan zilzilalar. Yer tebranishining kuchi insonlar sezadigan 
darajaga yetmaydi. Uni faqat tebranishni qayd qiluvchi maxsus asboblar - 
seysmograflar yordamida qayd qilish mumkin. 
II. Zo‘rg‘a seziluvchi zilzilalar. Zilzila kuchini binoning ichida harakatsiz 
holatda bo‘lgan, ayniqsa yuqori qavatlarda bo‘lgan ayrim insonlar sezishi mumkin. 
III. Yerning kuchsiz tebranishi. Zilzilani bino ichida bo‘lgan insonlarning 
ayrimlari, ochiq joyda bo‘lganlardan faqat tinch holatda turganlari sezadi. 
Tebranish go‘yo ma’lum masofadan yuk mashinasi o‘tgandek tuyuladi. Sinchkov
kuzatuvchi osma holatda bo‘lgan buyumlarning yengil tebranishini ilg‘ab oladi, 
binolarning yuqori qavatlarida tebranish nisbatai kuchliroq bo‘ladi. 
IV. Sezilarli tebranish. Bino ichida bo‘lgan insonlarning aksariyat qismi, 
ochiq joydagilarning ozchiligi sezadi. Ba’zan uyqudagilar ham uyg‘onadi. Uy 
derazalari, eshiklar, idishlar yengil zirillaydi. Osma holatda bo‘lgan anjomlar 
tebranadi. Idishlardagi suyuqliklarda chayqalish paydo bo‘ladi. To‘xtab turgan 
avtotransportdagilar ham zilzilani sezishi mumkin. 
V. Uyg‘onib ketish. Zilzilani bino ichidagi insonlarning hammasi sezadi. 
Uyqudagilarning aksariyat qismi ko‘rquv aralash uyg‘onadi. Ayrimlar zudlik bilan 
ko‘chaga otiladi. Hayvonlar bezovta bo‘ladi. Osma soatlar to‘xtab koladi. 
Mustahkam asosga ega bo‘lmagan ayrim buyumlar yiqiladi yoki suriladi. Yaxshi 
mahkamlanmagan eshik va derazalar ochilib-yopiladi. Idishlardagi suyuqliklar 
kuchli chayqaladi, qisman to‘kiladi. 


 VI. Qurquv bosish. Zilzilani bino ichidagi va ochik joydagi insonlarning 
hammasi sezadi. Ko‘pchilikni qo‘rquv bosadi va uydan tashqariga qochib 
chiqishadi. Harakatdagilar muvozanatini yo‘qotadi. Hayvonlarda bezovtalik 
kuchayadi. Ba’zan shisha buyumlar sinishi mumkin, javondagi kitoblar tushib 
ketadi. Og‘ir mebellar suriladi. 
VII. Binolar shikastlanadi. Ko‘pchilik insonlarda qattiq qo‘rquv paydo 
bo‘ladi. Avtomobil boshqarayotganlar ham sezadi. Tepalik va tog‘ oldi zonalarida 
ko‘chki, o‘pirilish bo‘ladi. Suv yuzida to‘lqinlar paydo bo‘lib loyqalanadi. Quduq 
suvlari sathi, mikdori o‘zgarishi kuzatiladi. Yer osti suvlari sizib chiqish hollari 
bo‘ladi. 
VIII. Binolarning kuchli shikastlanishi. Insonlarni qo‘rquv va sarosima 
bosadi. Daraxt shoxlari sinadi, tuprokda bir necha santimetrli darzliklar paydo 
bo‘ladi. Yangi suv havzalari paydo bo‘ladi. Quvurlar payvandlangan joylaridan 
uzilib ketadi. Haykallar va yodgorliklar joyidan siljiydi. Yer osti suvi harakati 
keskin o‘zgaradi. Yangi buloqlar paydo bo‘ladi. 
IX. Binolarning batamom shikastlanishi. Aholining hammasini vahima 
bosadi. Hayvonlar kuchli ovoz chiqarib, betartib harakat kiladi. Yer osti quvurlari 
uziladi, temir yo‘llar qiyshayadi, suv inshootlari shikastlanadi. Tuproqda 10 sm. 
gacha darzliklar paydo bo‘ladi. Qoyalar qulaydi, ko‘chkilar yuzaga keladi. 
Haykallar, ustunlar yiqiladi. 
X. Inshootlarning batamom buzilishi. Suv omborlari, to‘g‘onlar, 
ko‘priklarda buzilish bo‘ladi. Yer yuzasi yoriladi, to‘lqinsimon past-balandliklar 
paydo bo‘ladi. Yer osti inshootlari buziladi. Qoyalarda tosh ko‘chishi yuzaga 
keladi. Kanal, ko‘l va daryolarda suvlar kuchli chayqaladi, yangi suv havzalari 
paydo bo‘ladi. 
XI. Talafot. Puxta qurilgan inshootlar: ko‘priklar, uylar, to‘g‘onlar, temir 
yo‘llar jiddiy shikastlanadi. Yer yuzasida keng yoriqlar, uzilish, siljish kabi 
deformatsiyalanish kuzatiladi. Tog‘ oldi zonalarida kuchli ko‘chkilar yuzaga 
keladi. 
XII. Yer relyefinnng o‘zgarishi. Barcha yer usti va osti inshootlari to‘liq 
shikastlanadi. Yoriqlar paydo bo‘lib, relyef butkul o‘zgaradi. Daryo o‘zanlari 
o‘zgaradi. Yirik tog‘ ko‘chkilari bo‘ladi. Yangi ko‘llar paydo bo‘ladi. 
Zilzilаlarga tayyorgarlikdagi barcha xatti-harakatlarimiz quyidagi 3 
yo’nalishda olib borilishi lozim: tavаkkal darajasini kamaytirish (zilzilаga qadar 
tayyorgarlik tadbirlarini o’tkazish); zilzilа vaqtida xatti-harakatlar qoidalari vа 


tartibini o’rganib chiqish vа ishlab chiqish; zilzilа oqibatlarini engillashtirish vа 
tugatish. 
Xavfsizlikni bu tariqa oshirish jadvаli boshqa tаbiiy ofat turlariga ham 
xos. Zilzilаni avvаldan bilsangiz nima qilish zarur? Eng avvаlo turli sharoitlarda-
uyda, ishda, ko’chada, jamoatchilik joylarida (do’konda, teatrda) xatti-harakat 
tartibini bittama-bitta o’ylab chiqish kerak. Avvаldan xonadonda, ishda silkinishi 
mumkin bo'lgаn o’tа xavfsiz joylarni aniqlash zarur. Bu-kapital devorlar uymalar, 
burchaklar, kolonnalar oldidagi joylar vа bino karkasi balkalari ostidadir. Ulаrni 
hamma bilishi lozim. 
Shkaflar, etajerkalar, tokchalar, stellajlar, mebelni mustahkamlab, 
shunday ko’yish zarurki, ayniqsa, chiqish joyini to’smasligi, eshikni yopib 
quymaslik kerak. Tokchalardan ogir jismlarni, idishlar tushib, shikаst yetkazishi 
mumkin bo'lgаn barcha buyumlarni olib ko’yish kerak. Kandillar vа boshqa 
yoritish asboblarini ishonchli qilib mustahkamlash zarur. Yengil alanga oluvchi 
yoki zaharli suyuqliklari bor idishlarni yaxshisi kvаrtiradan olib chiqish zarur. 
Yotoqxona joylarni katta oynalar, shisha tushishidan o'zoqroq 
joylashtirish ma'qul. Krovаtlar vа divаnlar tepasida tokchalar, og’ir jismlar bo'lishi 
mumkun emas. 
Dastlabki 3-5 kunga mo’ljallangan konservа mahsulotlari vа toza 
ichimliklar, suv zapasini hosil qilish kerak. Ichida bog’lama vа dori-darmonlar 
to’plami bo'lgаn birinchi tibbiy yordam aptechkasini avvаldan hozirlab quyilgan 
xujjatlar, pullar, elektr fonarik (yoritgich), gugurt, qum solingan chelak, yong’in 
uchiruvchi (avtomobilniki bo'lishi ham mumkin) kabi buyumlar bilan bir qatorda 
qo’l ostida saqlash zarur. Birinchi tibbiy yordam ko’rsatishda (bog’lab ko’yish, 
qon ketishini to’xtatish, sinishlardagi harakatlar) yordam ko’rsatishni foydadan 
holi emas. 
Doimo elektr nuri, quvvаti, suv ta'minoti, kvаrtirada, podezda, xonadonda 
gaz qanday uchirilishini yodda tutish zarur. Radiotranslyatsiya reproduktori doimo 
yoqilgan bo'lishi kerak, zero, u orqali kelayotgan ofat to'g'risida, uning oqibatlarini 
tugatish choralari xususida axborot beriladi. Zilzilа paytida inson o’zini qanday 
tutmogi lozim? Agar zilzilа bo'layotganida siz bino ichkarisida bo'lsangiz, 
yaxshisi, dastlabki 15-20 lahza mobaynida ochiq joyga yugurib chiqish afzal. 
Mutloqa qurilishlar, tosh devorlar, baland devorlar yaqinida turmasligi lozim. 
Eshiklarda gavjumlik hosil qilmaslik kerak. Liftdan foydalanish 
ta'qiqlanadi, chunki o’rtada to’xtab turib qolishi mumkin. 


Aytaylik, ko’chaga chiqa olmadingiz. Avvаldan tanlangan, nisbatan 
xavfsiz joyga berkining, eshikni zinapoya tarafga keng ochib, to’sik (proyom) 
tagiga turib oling. Stol tagiga, kiyim-kechak shkafiga yashirinish mumkin, suvok, 
shisha, idish, yoritgichlar parchalari tegib ketishi oqibatida jarohatlanib qolmasligi 
uchun qo’llar bilan yuzingizni to’sib olishingiz lozim. Hamma holatlarda ham 
deraza, oynavаnd to’siqlardan nariroq yurgan afzal. Eng xavfsiz joy - kapital 
devorlar oldi. 
Hokimiyat, FM shtabi tavsiyalarini tinglash uchun radiotransliyatsiyani 
albatta yoqing. Elektrquvurda buzilish, ziyonlar bor-yo’qligini tekshirib ko’ring, 
kamko’stni bartaraf eting yoki xonadoningizda elektr quvvаtini o’chiring, suv vа 
gaz ta'minotining to'g'riligini tekshiring, ochiq olovdan foydalanmang! 
Yodda tuting, birinchidan so’ng takroriy silkinishlar bo'lishi mumkin. 
Shunga tayyor turing. Ulаr bir necha soatdan so'ng, ayrim hollarda bir necha 
kecha-kunduzdan so'ng bo'lishi mumkin. Ko'pinchа takroriy silkinishlar 
birinchisidan susroq bo'ladi. 
Tаyanch so’zlаr: initsirоvkа, kulminatsion, so’nish, kоmpоnеnt, 
mеtеоrоlоgik, оqim. 
Nаzоrаt sаvоllаri 
1. Fаvqulоddа hоlаtlаrni оldindаn bilish nimаgа аsоslаngаn? 
2. Sеysmik rаyоn dеgаndа nimаni tushunаsiz? 
3. Оldindаn bilish vаzifаsigа nimаlаr kirаdi? 
4. Yer qimirlаshi sоdir bo’lish ehtimоli qаndаy аniqlаnishi mumkin? 
5. Dеngiz dоvullаri, bo’rоnlаr, sеl оqimi bo’lishlаrini ehtimоli nimаlаrgа 
аsоsаn аniqlаnаdi? 
6. Fаvqulоddа hоlаtlаrni kеlib chiqish bоsishlаrini аyting? 
7. Fаvqulоddа hоlаtlаrning bоshlаnish (tug’ilish) bоsqichi nimа? 
8. Fаvqulоddа hоlаtlаrni initsirоvkа bоsqichini qаndаy tushunаsiz? 
9. Fаvqulоddа hоlаtlаrni kulminatsion (аvjlаnish dаvri) nimа? 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin