2.
Lokal hisoblash tarmog’i turlari: kliyent-server va piring(peer-to-
peer).
LHTning asosiy ikki turi mavjud: kliyent-server va piring.
Kliyent-server
tipidagi
LHT.
Bu
tipdagi LHT talab qiluvchi
mikrokompyuter – kliyentlar va xizmat ko’rsatuvchi
qurilmalar-serverlardan
iborat. Server taqsimlangan ma’lumot va qurilmalarni (masala, printer) boshqarib
turadi. Tarmoq operatsion sistemasining bir qismi esa serverlarda joylashadi.
Tarmoq operatsion sistemasi uzoqdagi disklarni “yaqinlashtiradi”. Server od atda
kuchliroq kompyuter bo’lib, katta operativ xotira va katta sig’imli qattiq diskka ega
bo’ladi. Yaqin o’tmishda Novell Netware tarmoq operatsion sistemasi boshqaruvi
ostida ishlovchi LHTlar eng ko’p tarqalgan edi. Kliyent-server
texnologiyasi
Internet tarmog’iga ulanishda ham amal qiladi. Kliyent mashina GUI asosidagi
operatsion sistema va brouzerga ega bo’lishi yetarli.
Bitta LHTda turli vazifalar uchun turli serverlar ajratilishi mumkin (fayl-
server, ma’lumotlar bazasi serveri, bosmaga chiqarish serveri va hokazo).
Piring (peer-to-peer) tipidagi LHT.
“Peer” so’zi “o’zga bilan teng huquqli”
degan ma’noni bildiradi. Piring tipidagi LHTda barcha kompyuterlar hech qanday
serversiz bir-birlari bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqot qilishadi.
Bunda tarmoq
operatsion sistemasi har bir kompyuter ham server, ham kliyent bo’lishiga imkon
beradi. Shuning uchun bir kompyuterdagi har qanday fayldan tarmoqning ixtiyoriy
boshqa foydalanuvchisi foydalanishi mumkin. Piring tarmoqlari kliyent-server
tarmoqlariga nisbatan arzonroq va 25-tagacha kompyuter bilan samarali ishlaydi.
Kompyuterlar soni bundan oshsa, ma’lumot almashinish tezligi keskin p asayadi,
chunki har bir kompyuter 25 dan ortiq kompyuterga xizmat ko’rsatis higa to’g’ri
keladi.
Ko’pgina
LHTlar ham kliyent-server,
ham piring tipidagi tarmoq
birlashmasidan iborat.
Dostları ilə paylaş: