3-modul topshiriqlari



Yüklə 279,15 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix13.05.2023
ölçüsü279,15 Kb.
#112998
modul3



3-modul topshiriqlari 
Guruh roʻyxatidagi raqamingiz boʻyicha variantni tanlang. Variant boʻyicha 
berilgan masala yechimini ifodalovchi konsol ilova yarating.
Topshiriq javobi sifatida yuklayotgan screenshotlaringiz aynan yaratilgan 
ilova dasturidan olingan boʻlishi lozim. 
Variantlar: 
1. a soni berilgan (a > 1). (1 + 1 / 2 + 1 / 3 + … + 1 / k) <= a shart 
bajariladigan eng katta k sonini aniqlovchi dastur tuzilsin. Yig’indi ham ekranga 
chiqarilsin.
2. Bankka boshlang’ich 10 000 so’m qo’yildi. Har oyda bor bo’lgan summa p 
foizga oshadi (0 < p < 25 ). Necha oydan keyin boshlang’ich qiymat 2 martadan 
ko’p bo’lishini hisoblovchi dastur tuzilsin. Necha oy k – butun son. Bankda hosil 
bo’lgan summa haqiqiy son ekranga chiqarilsin. 
3. Sportchi birinchi kuni 10 km yugirib boshladi. Keyingi kunlari bir oldingi 
kunga nisbatan p foiz ko’p yugurdi (0 < p < 50). Sportsmenning necha kundan keyin 
jami yugurgan masogasi 200 km dan oshadi? Jami kunlar soni va masofani (butun 
son) chiqaruvchi dastur tuzilsin. 
4. A va B natural sonlari berilgan. Evklid algoritmi bo’yicha EKUB(a,b) ni 
aniqlovchi dastur tuzilsin. EKUB - Eng Katta Umumiy Bo’luvchisi. Agar a >= b 
bo’lsa, q a ni b ga bo’lgandagi qoldiq. q=0 bo’lsa, EKUB(a,b)=b. Agar q nolga teng 
bo’lmasa ushbu tenglik o’rinli bo’ladi. EKUB(a,b)=EKUB(b,q). Masalan 
EKUB(15,6)=EKUB(6,3)=EKUB(3,0)=3
5. N sonini M soniga bo’lgandagi qoldiqni va butun qismini bo’lish amallarini (/, %)
ishlatmasdan topuvchi dastur tuzilsin.
6. n natural soni berilgan. Shu son raqamlari yig’indisini chiqaruvchi dastur 
tuzilsin. 
7. n va m butun musbat sonlari berilgan (n > m). n sonini m soniga bo’lib 
butun va qoldiq qismlarini bo’lish va qoldiqni olish amallarini ishlatmasdan 
topuvchi dastur tuzilsin. 
8. n butun soni berilgan (n > 0). Bo’lish orqali butun va qoldiq qismlarini 
aniqlash orqali, berilgan son raqamlarini teskari tartibda chiqaruvchi dastur tuzilsin. 
9. n butun soni berilgan (n > 0). Bo’lish orqali butun va qoldiq qismlarini 
aniqlash orqali, berilgan son raqamlari yig’indisini va raqamlari sonini chiqaruvchi 
dastur tuzilsin. 
10. n butun soni berilgan (n > 0). Bo’lish orqali butun va qoldiq qismlarini 
aniqlash orqali, berilgan son raqamlarining orasida 2 raqami bor – yo’qligini 
aniqlovchi dastur tuzilsin. 
11. n butun soni berilgan (n > 0). Bo’lish orqali butun va qoldiq qismlarini 
aniqlash orqali, berilgan son raqamlarining orasida toq raqamlar bor - yo’qligini 
aniqlovchi dastur tuzilsin.


12. n butun soni berilgan (n > 1). n sonini tub – tub emasligini aniqlovchi 
dastur tuzilsin. 
13. a va b butun musbat sonlari berilgan. Berilgan sonlarning eng katta 
umumiy bo’luvchisini aniqlovchi dastur tuzilsin. 
14. n butun soni berilgan (n > 1). n sonini Fibonachchi sonlari orasida bor – 
yo’qligini aniqlovchi dastur tuzilsin. Fibonachchi sonlari quyidagi qonuniyat 
asosida topiladi. 
F
1
= 1; F
2
= 1; F
k
= F
k-1
+ F
k-2
; k = 3, 4, … 
15. n butun soni berilgan (n > 1). n sonidan katta bo’lgan birinchi 
Fibonachchi sonini aniqlovchi dastur tuzilsin. 
16. Fibonachchi soni bo’lgan n butun soni berilgan (n > 1). ( Fibonachchi 
sonlari 14- masalada berilgan.) n sonidan bitta oldingi va bitta keyingi Fibonachchi 
sonlarini chiqaruvchi dastur tuzilsin. 
17. Fibonachchi soni bo’lgan n butun soni berilgan (n > 1). ( Fibonachchi 
sonlari 14 - masalada berilgan.) n soni Fibonachchi ketma - ketligining nechanchi 
xadi ekanini chiqaruvchi dastur tuzilsin. 
18. e haqiqiy musbat soni berilgan. Ketma - ketlik xadlari quyidagicha 
aniqlanadi: 
a
1
=2; a
k
= 2 + 1 / a
k – 1
; k = 2, 3, …|a
k
– a
k-1
| < e shartni qanoatlantiruvchi eng 
kichik k sonini aniqlovchi dastur tuzilsin. a
k
va a
k – 1
ham ekranga chiqarilsin. 
19. e haqiqiy musbat soni berilgan. Ketma - ketlik xadlari quyidagicha 
aniqlanadi: 
a
1
=1; a
2
=2; a
k
= ( a
k – 2
+ 2 * a
k - 1
) / 3; k = 3, 4, …|a
k
– a
k-1
| < e shartni 
qanoatlantiruvchi eng kichik k sonini aniqlovchi dastur tuzilsin. a
k
va a
k – 1
ham 
ekranga chiqarilsin. 
20. A, B, C musbat butun sonlari berilgan. A x B to’rtburchak ichida tomoni C 
bo’lgan kvadratdan nechtasi sig’ishini aniqlovchi dastur tuzilsin. Ko’paytirish va 
bo’lish amallarini ishlatmang.
21. 2 sonining qandaydir darajasini bildiruvchi n butun soni berilgan (n > 0). 
n=2
k
. k ni aniqlovchi dastur tuzilsin. 
22. n, m natural soni berilgan. Quyidagi ifodani hisoblovchi dastur tuzilsin:
n!+m!. 
23. n natural soni berilgan (n > 0). Kvadrati n dan katta bo’ladigan eng kichik 
butun k sonini (k
2
> n) aniqlovchi dastur tuzilsin. Ildizdan chiqaruvchi funksiyadan 
foydalanmang.
24. 2 sonining qandaydir darajasini bildiruvchi k butun soni berilgan (k > 0). 
n = 2
k
ni aniqlovchi dastur tuzilsin. 
25. n natural soni berilgan (n > 0). Quyidagi ifodani hisoblovchi dastur 
tuzilsin:


n!! = n * (n - 2) * (n - 4) …Agar n juft bo’lsa oxirgi ko’payuvchi 2, toq bo’lsa 1 
bo’ladi. 
26. n natural soni berilgan (n > 0). Kvadrati n dan katta bo’ladigan eng kichik 
butun k sonini (k
2
> n) aniqlovchi dastur tuzilsin. Ildizdan chiqaruvchi funksiyadan 
foydalanmang. 
27. n natural soni berilgan (n > 0). Kvadrati n dan katta bo’lmagan eng katta 
butun k sonini (k
2
<= n) aniqlovchi dastur tuzilsin. Ildizdan chiqaruvchi funksiyadan 
foydalanmang. 
28. n natural soni berilgan (n > 1). 3
k
> n shartni qanoatlantiruvchi eng kichik 
butun k sonini aniqlovchi dastur tuzilsin. 
29. n natural soni berilgan (n > 1). 3
k
< n shartni qanoatlantiruvchi eng katta 
butun k sonini aniqlovchi dastur tuzilsin. 
30. n natural soni berilgan (n > 1). (1 + 2 + 3 + … + k) >= n shart 
bajariladigan eng kichik k sonini aniqlovchi dastur tuzilsin. 1 dan k gacha bo’lgan 
yig’indi ham ekranga chiqarilsin. 

Yüklə 279,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin