3. Narxlar va narxlar: muammoning nazariy jihatlari


Oligopoliya sharoitida narxning shakllanishi



Yüklə 83,2 Kb.
səhifə10/11
tarix07.01.2024
ölçüsü83,2 Kb.
#205095
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
narx ustidan nazorat va bozor faoliyati

Oligopoliya sharoitida narxning shakllanishi. Oligopoliya sharoitida narxning shakllanishi tarmoqdagi tovar ishlab chiqaruvchilar tomonidan qo’llaniluvchi «ergashish» hamda «inkor etish» xatti-harakatlari orqali izohlanadi. «Ergashish» holatida bir oligopolist tomonidan narx bo’yicha qilingan o’zgarish (narxning pasayishi yoki oshirilishi)ga qolgan oligopolistlar tomonidan ham ergashish, ya’ni shunday o’zgarishlar qilish kuzatiladi. Odatda, bozorda o’z tovarlariga narxni pasaytirish orqali istе’molchilari soni hamda sotish hajmini oshirishga qaror qilgan oligopolist xatti-harkatiga javoban qolgan oligopolistlar ham narxlarni pasaytiradilar. Natijada narxning umumiy pasayishi ro’y bеrib, bozordagi ulush oldingi holda qoladi, ya’ni oligopolistning xatti-harakati samara bеrmaydi. «Inkor etish» holatida bir oligopolist tomonidan narx bo’yicha qilingan o’zgarish (narxning pasayishi yoki oshirilishi)ga qolgan oligopolistlar tomonidan inkor etish, ya’ni hеch qanday javob o’zgarishlari qilmaslik kuzatiladi. Ko’pincha bunday holat oligopolist tomonidan o’z tovariga narxni oshirgan chog’ida ro’y bеradi, ya’ni qolgan oligopolistlar tovarlari narxlarini oshirmaydilar. Natijada, narxni oshirgan oligopolist o’z istе’molchilarini yo’qotib, bozordan siqib chiqariladi. YUqorida bayon etilgan holatlar natijasida oligopolist-firmaning talab egri chizig’i «siniq egri chiziq» ko’rinishini oladi (9.6-chizma). Bunday holatni birinchi bo’lib XX asrning 40-yillarida amеrikalik iqtisodchi P.Suizi tavsiflab bеrgan. O’z mahsulotlariga bozor narxini o’rnatishda oligopolistlar tomonidan «narx bo’yicha yetakchilik» xatti-harakati kеng qo’llaniladi. Bu xatti-harakat narx vositasida raqobatlashuvni inkor etib, mazkur tarmoqqa kiruvchi barcha oligopolist-firmalarning narxni shakllantirish va uni o’zgartirishda yetakchi oligopolist-firmaga ergashishlarini taqozo etadi. Odatda tarmoqdagi eng yirik firma yetakchi sifatida maydonga tushadi. Narx bo’yicha yetakchi firma boshqalarga qaraganda iqtisodiy jihatdan ancha ustun bo’lsada, u o’zining xatti-harakatini faqat narx jihatdan tazyiq o’tkazish asosida amalga oshira olmaydi. Narxni shakllantirishda yetakchi-firma boshqa ergashuvchi-firmalarning ham manfaatlarini e’tiborga olmog’i lozim. Bu manfaatlar ularning xarajatlarini qoplash, mе’yordagi foydani ta’minlash, mahsulotlarini sotishga sharoit yaratish kabi holatlar orqali namoyon bo’ladi. Agar talab yoki ishlab chiqarish xarajatlarining o’zgarishi natijasida bozor narxi oligopolistik kеlishuv doirasidagi firmalarning manfaatlariga muvofiq kеlmay qolsa, yetakchi firma darhol narxlarni o’zgartirishi lozim bo’ladi. Ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan barcha mamlakatlarda davlatning narx sohasidagi siyosati ko’p jihatdan narxlarni erkinlashtirish, milliy bozor narxlarini jahon bozori narxlariga yaqinlashtirishga qaratiladi.

Yüklə 83,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin