3. Narxlar va narxlar: muammoning nazariy jihatlari



Yüklə 83,2 Kb.
səhifə1/11
tarix07.01.2024
ölçüsü83,2 Kb.
#205095
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
narx ustidan nazorat va bozor faoliyati


NARX USTIDAN NAZORAT VA BOZOR FAOLIYATI
Reja:
1. Maksimal va minimal narxlar
2. Korxonada narx belgilash narxlashning dolzarbligi

3. Narxlar va narxlar: muammoning nazariy jihatlari



1. Maksimal va minimal narxlar
Bozor muvozanatini ta’minlashda iste’molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligidan foydalanish orqali, ya’ni narxlarni davlat tomonidan nazorat qilish maqsadida maksimal va minimal narxlarni belgilashni ko`zda tutadi. Davlat bozordagi narxlarni nazorat qilish orqali bozor mexanizmini tartibga solishga harakat qiladi. Bunda davlat ikkita maqsadni ko`zlaydi: ishlab chiqaruvchilarni qo`llab- quvvatlash yoki iste’molchilarni qo`llab-quvvatlash. Iste’molchilarni narx tomondan qo`llab-quvvatlashda davlat qonuniy asosda ba’zi tovarlarga muvozanat darajasidan pastroq narxlarni qayd etgan holda eng yuqori narxni o`rnatadi. Bunda sotuvchilar ushbu qayd etilgan narxdan yuqori naxda sotishlari taqiqlanganligi e’lon qilinadiNarx muvozanat narxidan past o`rnatilganda, bozorda tovar taqchilligi yuzaga keladi. Erkin bozor sharoitida butaqchillik tezda yo`qoladi, biroq narxlar qayd etilgan sharoitda, bozor mexanizmi ishlamaydi va bozorda barqaror taqchillik paydo bo`ladi. Bu narx chegarasining ijobiy tomoni , muvozanat narxida xarid qila olmagan iste’molchilarda bu tovarlarni sotib olish imkoniyatining tug’ilishidir. Biroq, uning salbiy tomonlari ko`proq: ushbu tovarni ishlab chiqarish hajmining qisqarishi ehtiyojlarning kamroq qismi qondirilishi bozorda taqchil tovarlarga navbatning ortib ketishi, hattoki bu navbatda turganlarga ham u etmasligi mumkin “qora bozor”ning paydo bo`lishi va boshqalar. Davlat ba’zida ishlab chiqaruvchilarni qo`llab-quvvatlash maqsadida narxlarning quyi chegarasini qonuniy ravishda o`rnatadi. Agar bu chegara muvozanatli narxdan yuqori bo`lsa, bozorda barqaror tovar ortiqchaligi paydo bo`ladi. Demak, davlatning bozor mexanizmiga muvozanat narxidan yuqori darajadagi narxlarni o`rnatish yo`li bilan aralashuvi ham yo`qotishlarga olib keladi va oqibatda u ham samarasiz hisoblanadi.
Davlat bozor mexanizmini tartibga solishda soliqlar va dotatsiyalarni ham qo`llaydi. Bu aralashuv ham bozor mexanizmini amal qilishini samaradorligi pasayishiga va sof yo`qotishlar paydo bo`lishiga olib keladi. Ba’zi vaqtlarda bozor narxi davlat tomonidan o`rnatiladi. Agar o`rnatilgan narx Narx — bozor mexanizmining muhim tarkibiy unsurlaridan biri. U oʻzining vazifalari orqali barqaror iqtisodiyotning shakllanishi hamda samarali amal qilishiga, bozor muvozanatining taʼminlanishiga, milliy daromadning iqtisodiyot turli tarmoq va sohalari, xoʻjalik yurituvchi subʼektlari boʻyicha taqsimlanishiga, aholining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishiga sharoit yaratadi. Shuningdek, u ishlab chiqaruvchilarni ragʻbatlantirib, sogʻlom raqobat muhitining yaratilishiga katta taʼsir koʻrsatad

Yüklə 83,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin