Instinkt - (lot. instinctus uyg’onish) - murakkab shartsiz refleks, u hulq - atvorning tug’ma yig’indisi, tashqi yoki ichki ta'sirotlarga javoban hosil bo’ladi.
Ontogenez (yunon. on, ontos - asl, tub, genesis – tug’ilish, paydo bo’lish) - organizmning individual rivojlanishi. Tirik mavjudotning paydo bo’lgan davridan to oxirigacha bo’lgan davrdagi o’zgarishlar majmui.
Seskanuvchanlik - tirik organizmlarning ta'sirlarga biologik ahamiyata ega javob qaytarish qobiliyati.
Filogenez (yunon.. phyle - qabila, urug’, genesis - paydo bo’lish) - muayyan tirik mavjudot turining yerda hayot boshlanganidan keyingi evolyusion taraqqiyot jarayoni.
Qo’zg’atuvchanlik, qo’zg’aluvchanlik - tashqi qo’zg’ovchi omillar ta'sirida fiziologik holatlarin o’zgartirib yuborish qobiliyati. Barcha tirik mavjudotga xos xususiyat.
Mustaqil ishlash uchun tavsiya etilayotgan mavzulari
Psixikaning filogenetik taraqqiyoti.
Seskanuvchanlik va sezuvchanlik tushunchalarining o’zaro munosabati
Tropizm tushunchasining mohiyati
Hayvonlarning xatti-harakat tiplari.
Sensor bosqich va uning xarakterli xususiyati.
Perseptiv bosqich va uning xarakterli xususiyati.
Intellektual bosqich va uning xarakterli xususiyati.
A.N.Leontev va E Fabri bo’yicha psixikaning rivojanish bosqichlari.
Instinkt tushunchasining mazmuni.
Ko’nikma va malakalarning mohiyati.
Hayvonlarning intellektual xatti-harakatlari.
Psixikaning muhit va a'zolar tuzilishiga bog’liqligi.
Inson ongining rivojlanishi.
Test topshiriqlari
1…………tirikorganizmlarningbiologikahamiyatgaegabo’lganta'sirlargajavob qaytarish qobiliyatidir. A) seskanuvchanlik B) sezuvchanlik V) tropism G) instinct D) sensor bosqich