3. psixika va ongning taraqqiyoti



Yüklə 252,8 Kb.
səhifə6/16
tarix07.01.2024
ölçüsü252,8 Kb.
#206140
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
3. Psixika va ongning taraqqiyoti

To’da bo’lib yashash instinkti-bu instinkt hayvonlarning turli usullar bilan o’zaro aloqa qilishida xilma-xil shaklda birgalashib, to’dalashib, poda bo’lib, gala bo’lib yashashlarida zohir bo’ladi. Bu to’dalanish ba'zi hayvonlarda doimiy xarakterga ega bo’lsa (chunonchi, chumolilar, asalarilar), ba'zilari esa o’ziga o’xshash hayvonlar bilan vaqti-vaqti bilan birgalashib yashaydi asosan yirtqich hayvonlar masalan, qoplon eng kuchli va maymun uchun eng qo’rqinchli yirtqich hisoblanadi. qoplon maymunlarga yerda doim mushukdek chaqqon hujum qiladi, Shimpanze doim kuchli hayvon, lekin qoplondan ularga doim kun yo’q. Shimpanzelar qoplonni odatda yomon ko’radilar, uni ko’rishlari bilanoq shimpanze maymunlari to’da bo’lib, vahshiyona bukchayib qo’llarini pastga tushirib, sakrab, baqirishib hayvonni hamma tomonidan qurshab oladilar. Ayrim hollarda shimpanzelar qo’llariga kaltak olib, qoplonni urib haydaydilar. Hashoratlar galasi, kushlar galasi, sut emizuvchilar podasi, yirtqichlar to’dasi, hayvonlarning doimiy to’da bo’lib yashash shaklidir.
Ma'lumki, asalarilar uyasida bitta ona ari, bir necha o’nlab erkak va bir necha yuzlab bepusht ishchi ari (jinsiy organlari yetishmagan)lar bo’ladi. Ishchi arilarning xatti -harakatlari juda ham murakkabdir. Rivojlana borgan sari har bir ishchi asalari uyadagi vazifasini o’zgartira boradi. Oldiniga u asalari bolalarini (gumaklarini) boqadi, uyani tozalaydi, so’ngra uyani qo’riqlaydi, ozuqa topib keladi, katakchalar yasaydi. Yerda yashaydigan arining instiktlari ham juda murakkab harakatlar zanjiridan iboratdir. U o’ziga uya qazib olib, uchib ketishidan oldin har gal uni og’zini tuproq bilan qoplaydi. O’ljasini olib kelganidan keyin ari uni uyaga kiraverishiga qo’yib, haligi tuproqni chetga surib, uyani tekshirib ko’radi, shundan keyingina uni uyaga olib kiradi. Instinktiv harakatlar, tug’ma va nasldan-naslga o’tadigan ongsiz harakatlardir. Ular hayvonlarning hayot uchun kurashish va muhitga eng muvaffaqiyatli uyg’unlashish jarayonida hosil qilingan holda irsiy yo’l bilan mustahkamlanib qolgan, ongsiz harakatlardir. Bular aql bilan o’ylab bajariladigan oqilona harakatlar emas. Masalan, yangi tug’ilgan sichqon bolalarini cho’miltirib, mushuk oldiga olib kelinsa, u sichqonni o’z bolalaridek mehr bilan boqadi, emizadi, himoya qiladi, ammo uni sichqon bolasi ekanligini anglamaydi. O’rdak tuxumlari tovuqqa bostirilganda, u o’rdak tuxumining farqiga
bormasdan, shu tuxumdan chiqqan o’rdak bolalarini boqadi, ular suvga tushib suzganlarida suv labida u yoq, bu yoqqa yurib ularning tovuq jo’jalari emasligini anglamaydi. Demak, instinktlar doimo bir shaklda ko’rinadigan harakatlardir, ammo instinktlar sharoitga muvofiq o’zgarishi mumkin.

Yüklə 252,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin