3. Quyidagi masalani hisoblovchi dastur tuzing: Dilshod va Javlon baliq oviga borishdi. Ular daryodan oltin baliqni tutib olishdi va oltin baliq ularga agar qo`yib yuborsalar faqat bir kishining, bitta tilagini bajarishini aytdi. Shunda Dilshod va Javlon kim tilak so`rashi borasida tortishib qolishdi. Bunday vaziyatni hal qilish uchun oltin baliq ularga quyidagicha shart qo`ydi: “Men 0 dan 9 gacha bitta sonni o`ylayman, sizlar ham o`ylangizlar. Keyin sizlar menga birin-ketin o`ylagan raqamingizni aytasizlar. Agar birontangizning o`ylagan raqamingiz men o`ylagan raqam bo`lib chiqsa, o`shaning tilagini bajaraman. Agar har ikkalangiz ham topsangiz ikkalangizning ham tilagingizni bajo keltiraman.” Ular rozi bo`lishdi. Xo`sh, kimning tilagi ijobat bo`ladi?