Shaxs rivojlanishining yoshga bog’lik xususiyatlari haqida ma’lumot olish (Kichik gurhlarda ishlash, B.B.B. usullari asosida)
Shaxsning rivojlanishida yosh va individual xususiyatlar o'rni katta ahamiyatga ega. Yoshlik davrida, shaxsning o'zining jismoniy va ruhiy rivojlanishi, o'rganish qobiliyatini oshirishi va insoniy qobiliyatlarining tuzilishida muhim rol o'ynashiga imkon beradi. Shaxsning yosh davrida o'rganishning kuchayishi, jamiyat bilan bog'liqlik o'zgarishlari va o'z-o'zini o'rganish uchun qatnashish, ijtimoiy munosabatlar va insoniy aloqalarni shakllantirish kabi ko'plab muammolarga duch kelishi mumkin. Shaxsning individual xususiyatlari esa, shaxsga xos jismoniy va ro'hatli xususiyatlar, insoniy qobiliyatlar, maqsadlari va g'amxo'rliklaridan iboratdir. Shaxsning shaxsiyliklari uning jamiyat bilan bog'liqlik xususiyatlaridan, oilaviy va jinsiy munosabatlari bilan bog'liqlik xususiyatlaridan, o'rganish va o'qitish qobiliyatlaridan, yaratish va muhokama qilish xususiyatlaridan, o'z-o'zini o'rganishga qaratilgan odatlaridan va ko'plab boshqa xususiyatlardan iborat bo'lishi mumkin. Barcha bu xususiyatlar shaxsning o'zining shaxsiy tarixiga, jamiyat bilan bog'liqlik holatiga va uning maqsadlari va g'amxo'rliklariga bog'liqdir. Shaxsning yosh davrida rivojlanishining har bir bosqichida, uning individual xususiyatlari shakllantiriladi va ularning o'zaro bog'liqliklari ham o'zgarishi mumkin.
Shaxs – psixologiya fanining asosiy ilmiy tushunchalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. SHaxsning nimaligini tushunish va uning ruhiy tuzilishini ta’riflash imkonini beruvchi asosiy xossalarini ajratib olish uchun ushbu tushunchani «inson individ shaxs individuallik» qatorida ko‘rib chiqamiz.
Inson o‘ta murakkab mavjudot sifatida cheksiz murakkab dunyoda, aniqrog‘i, ko‘plab dunyolarda yashaydi, ularning ichidan zamonimizning mashhur faylasuflaridan biri Yurgen Xabermas asosiylari sifatida uch dunyoni: tashqi dunyo, ijtimoiy dunyo («bizning olam»), ichki dunyo («mening olamim», individuallik va betakrorlilik «mening mavjudligimning» betakrorligi) ajratishni taklif etdi.
Tashqi dunyo – bu insonning tabiat qonunlarini bilishda va ularni o‘z maqsadlarida tabiatni qayta tuzish uchun qo‘llashda egallaydigan tabiat olami. Bu fan, texnika, amaliyot olamidir. Bu barcha narsa isbot talab etuvchi maqsadga muvofiq faoliyat olamidir.
Ijtimoiy dunyo – bu insonni dunyoga kiritishning asosiy vositasi jismli faoliyat bo‘lgan olam. Insonni atrofdagi olamga va o‘ziga nisbatan munosabatlarining rang-barangligida tushunish, faolligining manbalarini topish va yo‘nalishini anglash uchun insonning olamda tutgan o‘rnini aniqlab olish zarur. Insonga shaxs sifatida yondoshish, avvalambor, insonga jamiyat tuzilishida tutgan o‘rni bilan aniqlanuvchi jamiyatning birligi sifatida qarash bilan bog‘liqdir. Insonni biologik organizm, tur birligi sifatida hayvondan farq qiluvchi tub negizli belgisi jamiyatga tegishlilik, ijtimoiylik hisoblanadi. Bundan kelib chiqadiki, shaxsni o‘rganishda dastlabki holat bo‘lib uning jamiyatdagi o‘rni, ijtimoiy munosabatlar tizimiga kiritilganligi xizmat qiladi .
Agar biz shaxs munosabatlari haqida insonning dunyoga shaxsiy tegishliligi va bu bilan bog‘liq kechinmalar ma’nosida so‘z yuritadigan bo‘lsak, u holda inson mavjud bo‘la oladigan keyingi – bu «mening» ichki olamim dunyosiga murojaat qilamiz. Bu dunyo kechinmalar, shaxsiy mohiyatlar, shaxsiy dahldorlikni his etish, u yoki bunga shaxsiy tegishlilik, boshqa odamlar bilan mavjudlikning «hodisaviyligi» bilan to‘la. Bu dunyoga jismli faoliyat o‘z shaklini o‘zgartirgan holda oddiy holatdagi foydali faoliyat, shaklini yo‘qotgan jismli harakat bo‘lib emas, balki, «shaxsiy» faoliyat, ijodiyot sifatida kiradi, ijtimoiy hulq-atvor esa «mening» dunyosiga shaxslararo munosabat, boshqa odamlarning ichki dunyosiga yaqinlashish, boshqalarga o‘zini ochishning vositasi, o‘zini namoyon etish sifatida kirib keladi. «Mening» dunyosida unga xos bo‘lgan maxsus faoliyat turlari: o‘yin, san’at, din, ichki dunyolar yaqinlashuvi sifatidagi muloqot paydo bo‘ladi.
http://fayllar.org
Dostları ilə paylaş: |