-Rasmlardagi buyuk allomalarning nomlarini ayting.
(savollarga to’g’ri javob bergan o’quvchilar rag’batlantiriladi)
O’tgan mavzuni so’rash (o’quvchilarni guruhlarga bo’linadi, 1-guruh”Topqirlar”,
2-guruh”Zukkolar”,3-guruh”Bilimdonlar”.Guruhlar tayyorlab qo’yilgan rasmlarni tanlaydilar va belgilangan joyga o’tiradilar, uy vazifalar tekshiriladi, daftarlar almashtiriladi)
O’quvchilar bilan lug’at diktant o’tkaziladi va o’quvchilarning husnixati tekshiriladi.
Lug’at diktant. Gul, gulchi, guldor, gulzor, guldon, gulladi, gulli, gulsiz, sergul.
O’tgan mavzuni mustahkamlash 1-guruhga: So’z yasovchi qo’shimchalarni aytib bering?
2-guruhga: So’zlardan misollar keltiring?
3-guruhga: So’zlarga qo’shimchalar qo’shib, ma’nosini aytib bering?
4-guruhga: Asos va qo’shimchalar qanday belgilanadi?
Yangi mavzu bayoni Mavzu: So’z larni o’zaro bog’lovchi qo’shimchalar.
-O’tgan darsda siz so’z yasovchi qo’shimchalar so’zga qo’shilganda yangi so’z hosil qilinishini bilib oldingiz.
-So’z larni o’zaro bog’lovchi qo’shimchalar esa so’zga qo’shilganda yangi ma’no hosil qilmaydi, balki gapda so’zlarni bir-biriga bog’laydi .So’zlarni o’zaro bog’lovchi qo’shimchalar quyidagilar: