She`r matni tahlili Pirls nazorati talabi asosida quyidagi tartibda ham tahlil qilinishi mumkin:
Q.Hikmatning “Qish to`zg`itar momiq par” she`rida qishning tabiati kimning tilidan bayon qilingan?
Shoir – Qudrat Hikmat tilidan.
O`quvchi tilidan.
Mahalla odamlari tilidan.
Bobo tilidan.
1. Shoir qorning yog`ishini nimaga o`xshatadi? A. Oq namatga.
Momiq parga.
Oq bulutga.
Oq choyshabga.
3. Jonlantirish qo`llangan misralarni toping. A. Mahalla-ko`y ko`chada
Chuvullashib qor kurar. B. Pirpiratib ko`zini Avtobuslar o`tadi.
O`ra kumush choyshabga O`lkamning har yog`ini.
O`xshatish qo`llangan misralarni toping. A. Esib sovuq izg`irin
–Tezroq yur! – deb buyurar.
Qorga deyman: -Namuncha Zeriktirding uchqunlab.
Yog`masding-ku ilgari Surunkasi uch kunlab.
Qahraton qish hovurni Mo`rkon kabi yutadi.
”Tomlar kiyda oq qalpoq” she`rning davomini yozing.
Shoir ”Yetar shuncha yog`ganing, Uzoq dala-qirga bor! Ular seni kutmoqda” misralari orqali nima demoqchiligini yozing.
Jonlartirish qo`llangan misralarni topib yozing.
O`xshatish qo`llangan misralarni topib yozing.
Shoir she`rni nima uchun ”Qish to`zg`tar momiq par” deb nomlagan?
Qudrat Hikmatning yana qaysi she`rlarini o`qigansiz?
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, she’rni o’qiganda kichik yoshdagi o’quvchilar tabiat va jamiyat voqea-hodisalarining poetik tasviridan hayajonlanishlari muhim ahamiyatga ega. She’riy hikoya, she’riy ertaklarda syujet, ya`ni voqealar tizimi va uning rivoji xarakterlidir. Lirik she’r “biror hayotiy voqea-hodisa ta`sirida insonda tug`ilgan ruhiy kechinma, fikr va tuyg`ular orqali turmushni aks ettiradi”. Lirik she’rning xususiyati “kishining his-tuyg`uga to’la hayajonli nutqini ta`sirliroq ifodalashda qo’l keladi”. Lirik she’rni o’qish va tahlil qilish o’qituvchidan katta mahorat talab qiladi. Holbuki, ko’p hollarda she’rga oddiy matn nuqtai nazaridan yondashiladi. Bunday holda she’riy san`at hissiyot bilan bog`liq ekanligi unutiladi, she’r ma`nosining satrlar, so’zlar zaminida yashirin berilishi anglab yetilmaydi. Buning oqibatida o’quvchilar she’rdagi obrazlilikning mag`zini chaqa olmaydilar. Vaholanki, har qanday asar zaminidagi yashirin ma`noni o’qish mehnattalab ishdir.