II O’tilgan mavzuni mustahkamlash .
Mavzuga oid malumotlarni so’rab daftarlarni tekshirib beraman. Chizib kelgan rasmlarini ko’rib baholayman.
O’tilgan mavzular yuzasidan tarqatmali materialar tarqatib savollarga javob olaman mavzularni mustahkamlayman .
1 Tok qanday o’sadi?
2 Mevali daraxtlarga nimalar kiradi?
3 Poliz ekinlariga nimalar kiradi?
4 Qulupnay qanday yetishtiriladi?
5 Kartoshka qanday ekiladi va yetishtiriladi?
6 Qanday begona o’tlarni bilasiz?
7 G’o’za tupi qanday qismlardan iborat?
8 Paxtadn qanday maxsulotlar olinadi?
9 Bug’doy qanday yetishtiriladi?
10 Sholi qanday yetishtiriladi?
Mustaxkamlash uchun topishmoq,she’r so’rayman.
III Yangi mavzu bayoni
O’quvchilaryozuv taxtasidan mavzu rejani yozadilar.
1 Yalpiz 2Jag’-jag’ 3Isiriq 4Kashnich 5 Maymunjon 6Na’matak
Darslikdan har bir bo’limni o’qib tushuntirib beraman.
Dorivor o’simliklar
Qadimda xalqimiz shifobaxsh giyohlardan davolanish maqsadida foydalanib kelishgan . Hozirgi davrda ham dorixonalarda dorilarni tayorlashda turli dorivor o’simliklardan foydalaniladi . Dorivor o’simliklar ko’proq ariq bo’ylarida ,dala va bog’larda ,tog’ etaklarida , qir- adirlarda o’sadi . Quyida ulardan ayrimlari bilan tanishib chiqamiz .
Yalpiz
Yalpiz erta bahorda ariq bo’ylarida o’sadi . Erta bahorda odam organizmi shifobaxsh ko’katlarga ehtiyoj sezadi .Yalpiz qo’shib tayyorlangan taomlar salomatlik uchun foydalidir.
Yalpizdan tayyorlangan damlama teri kasaliklarini davolashda ishlatiladi.
Jag’jag’
Jag’jag’ ham erta bahorda o’sib chiqadi . U, odatda dalalarda bo’ladi. Jag’jag’ chuchvara , somsaga solib iste’mol qilinadi . Damlamasi odamning ichki qon ketishini to’xtatishda yordam beradi .
I siriq
Isiriq cho’l ,qir –adirlarda o’sadi ,yoqib tutatilsa ,tutunidan kasalik tarqatuvchi mikroblar nobud bo’ladi . Isiriqdan tayyorlangan damlama bod ,bezgak ,tutqanoq ,uyqusizlik ,shamollash kabi kasalliklarga davo bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |