Assembler tilida dastur ishlab chiqishning ketma-ketligi.
Assembler tili dasturlashda alohida o'ringa ega. Assembler tilidagi dastur to'g'ridan-to'g'ri
markaziy protsessor buyruqlaridan foydalangan holda tuziladi. Bu esa dasturchiga protsessor
imkoniyatlarini chinakam bilishga yordam beradi. Yuqorida ta'kidlanganidek, Assembler tilidan
asosan kompyuter qurilmalari bilan to'g'ridan-to'g'ri ishlaydigan va ularni boshqaradigan
dasturlar (drayverlar) tuzishda foydalaniladi. Masalan, mashina ishlab chiqaradigan
korxonalardagi avtomatlashgan robotlardan boshlab elektron meditsina asboblarigacha barchasi
uchun yoziladigan boshqaradigan dasturlar shular jumlasidandir. Ammo hozirgi mavjud barcha
qurilmalar uchun boshqaruvchi dasturlar yozilgan-ku, endi Assemblerni o'rganish nimaga kerak
degan savol tug'ilishi mumkin. To'g'ri, lekin hayot hozirda mavjud kompyuter imkoniyatlari bilan
to'xtab qolmaydi. Kundan-kunga yangi qurilmalar ishlab chiqilayapti va ularni boshqaruvchi
dasturlarni tuzish uchun Assembler dasturchilari kerak bo'ladi
Assembler tilida ikkita sonni qo’shish.
%include "d:\nasm_code\nasm-io.inc"
section .bss
a resd 1
b resd 1
c resd 1
section .text
global _main
_main:
qabul_qil "%i %i",a,b
mov eax,[a]
mov ebx,[b]
add eax,ebx ;; eax=eax+ebx
chop_et"%i",eax
ret