3-vazifa b turkiston Muhtoriyati va Sovetlar hokimiyatining siyosati


AB. Ushbu siyosatlarning umumiy tomonlari



Yüklə 27,58 Kb.
səhifə2/2
tarix20.07.2023
ölçüsü27,58 Kb.
#136975
1   2
Tarix Wen diagramma 050-19 Qudratov B.F

AB. Ushbu siyosatlarning umumiy tomonlari Ko’ppartiyaviyliktizimi O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritganidan so’ng shakllana boshlandi. To’g’ri ko’ppartiyaviylik tizimini bizning milliy demokratlarimiz jamiyat siyosiy hayotiga bir asr oldin tadbiq etishmoqchi bo’lganlar. Bu davrda Turkiston o’lkasida tarixchi olimlarimizning guvohlik berishicha 25-30 tacha siyosiy partiyalar, guruhlar, harakatlar mavjud bo’lgan. Bular sotsial-demokratik, sotsial inqilobchilar, kadetlar kabi partiyalar. Bundan tashqari o’lkada hududida mahalliy bo’lmagan milliy-siyosiy tashkilotlar ham bo’lgan, xususan, Bundning Turkiston tashkiloti (1904-1905), Paoley-sionni Turkiston tashkiloti (1917), Gnchak (1905), “Dashnaqsutyun” (1905), arman sotsial-demokratlarining “Gummet” tashkiloti (1905- 1907), Turkiston tatar sotsialistlari ittifoqi (1917), Turon ittifoqi (1917), Alash-o’rda qozoq partiyasi (1917), Ukraina gromadasi (1917) va boshqalar. Lekin, yuqorida nomlari zikr etilgan partiyalarning barchalari ham o’lka siyosiy hayotida sezilarli darajada rol o’ynamaganlar. Masalan, Turkiston o’lkasidagi sotsial inqilobchilar (eserlar) partiyasi ichidan 1906 yillarda ajralib chiqqan “Anarxist-kommunistlar”ning Toshkent guruhi yoki ayrim hujjatlarda “Anarxistekspropriatorlar” guruhi ham deb atashadigan guruh faoliyatini olib ko’rishimiz mumkin. Aslida bu guruhni siyosiy partiya yoki ijtimoiy-siyosiy harakat deb atab bo’lmaydi. Chunki ular aholi o’rtasida tashviqot-targ’ibot ishlarini olib borishdan ko’ra o’g’irlik va jinoyatchilik bilan ko’proq shug’illanishgan. Bu guruhning asosiy shiori “Довольство для всех!”, “Да здраствует анархия” (“Yashasin anarxiya”). Bu guruhning sotsial qatlami o’lkadagi eserlar partiyasining sotsial qatlamidan farqli o’laroq faqatgina shaharlik ziyolilar, kichik darajadagi chinovniklar, rus ishchilarining ma’lum bir qismidan iborat edi. Masalan 1908 yil may oyida Toshkent shahrida bu guruhning ayrim a’zolari jandarmeriya tomonidan qo’lga olinganda, ular quidagilar bo’lib chiqadi: 1. Plotnikov Pyotr Aleksandrovich – armiya piyodalar qismining zahiradagi podporuchigi. 2. Neudachin Kirill Aleksandrovich – Sankt-Peterburg universiteti studenti. 3. Gamburger Georgiy Ottovich – Toshkent shahar dumasi a’zosi (glasniy)ning o’g’li, Belgiyadagi Lyetek universiteti studenti. Gamburger Georgiy Ottovich Toshkent shahriga kelishi bilan anarxistlarning Toshkent guruhiga a’zo bo’ladi. Bu guruh iqtisodiy tomondan uncha kuchli bo’lmagan, ammo nazariy tomondan kuchli bir guruh edi. Jurnal, proklamatsiyalar chiqarish uchun mablag’ topish maqsadida 1906 yil 3 dekabrdan 4 dekabrga o’tar kechasi Pushkin ko’chasidagi „Kaplan“ aptekasidan 25 rubl, boshqa kuni Maxramskiy ko’chasidagi „Krauze“ aptekasidagi 15 rubl. pulni kassadan eksproprlatsiya qilishadi. Natijada shaharda ushbu o’g’rilar tufayli katta shov-shuv ko’tarilib, aynan ana shu masala bo’yicha mahalliy sotsialist-revolutsionerlar partiyasidan ajralib ketishadi1 . Sho’rolar tuzumi davrida ushbu mavzu bo’yicha chop etilgan ilmiy adabiyotlarda bolsheviklar, eserlar partiyasi haqida noholis ma’lumotlar berilgan bo’lib, ularda masalan, bolshevistik tashkilotlarning jamiyat siyosiy hayotidagi o’rni bo’rtirib ko‘rsatilgan. Aslida esa vaziyat mutlaqo boshqacha bo’lgan. 1906 yilning bahorida Fransiya respublikasi bosh shtabi ikkinchi byurosi (harbiy razvedka) topshirig’i bilan mayor Lyakost ikki yil davomida Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat bilan yaqindan tanishdi. U o’zining kuzatishlarini hisobot tarzida “Komita de Asiya Fransays” nomli jurnalda chop etdi. Maqola Yevropada katta qiziqish uyg’otdi. Bu maqolada Turkiston general-gubernatorligi hududidagi ijtimoiy-siyosiy kuchlar va partiyalar faoliyati sharxlab berilgan edi. E’tiborli tomoni shundaki, fransuz razvedkachisining o’tkir nigohi bilan Turkistonda qaysi partiya, qaysi siyosiy oqim kuchli ekani shunday aniqlab berildiki, bu hol rus siyosiy politsiyasini g’oyat jiddiy tashvishga soldi. Mayor Lyakost Turkiston o’lkasidagi eng e’tiborli va kelajagi porloq tashkilot sifatida sotsial-demokratlar (bolsheviklar va mensheviklar) yoki sotsial-inqilobchilar (so’l va o’ng eserlar) yoki kadet va liberallar emas, balki yosh sartlar degan xulosaga kelgan edi. Turkiston o’lkasida ko’ppartiyaviylik tizimi uchun shart-sharoit mavjud bo’lgan. Milliy demokratlarimiz millatidan, diniy e’tiqodidan qat’iy nazar turli millat vakillari bilan hamjihat bo’lib ishlash tarafdori bo’lganlar. Biroq 1917 yil fevralida bo’lib o’tgan inqilob va shu yili oktyabr oyida sodir bo’lgan “davlat to’ntarishi” natijasida hokimyat tepasiga kelgan bolsheviklar va ularning vaqtinchalik ittifoqchilari bo’lgan so’l eserlar Turkiston xalqlarining irodasi va istaklari bilan mutlaqo hisoblashmadilar. Bolshevik hukumati va o’lkada uning siyosatini amalga oshiruvchi Turkistonlik bolsheviklar o’lkaning mustamlaka holatini o’zgartirishni va uning xalqlariga yengilliklar berishni mutlaqo istamas edilar. Boshqa partiyalardan farqli o’laroq, mahalliy bolsheviklar turli bahonalar bilan hokimyatni aholini 95 % ini tashkil etuvchi mahalliy aholiga berishni, hatto ular bilan bo’lishib olishni ham hohlamas edilar. Turkiston o’lkasi hududida faoliyat yuritgan ijtimoiy-siyosiy harakatlarni chuqur taxlil qilib, ularni uch guruhga bo’lishimiz mumkin. Birinchi guruh – o’lka zaminida vujudga kelib shakllangan, mahalliy aholi manfaatlarini himoya qilgan siyosiy kuchlar, guruhlar. Garchi jadid bobolarimizni keng tarmoqli “Sho’royi Islomiya” tashkiloti siyosiy partiya maqomini olmagan bo’lsada aslida o’lkadagi mahalliy xalq manfaatlarini o’ylaydigan birdan-bir siyosiy partiya edi desak mubolag’a bo’lmas. Rasmiy idoralar jadidlarni yosh turklarga qiyoslab “Yosh sartlar” deb atashgan. Qarang: Ikkinchi guruh – yevropalik aholini manfaatlarini aks ettiradigan va ularga suyanadigan umumrus siyosiy partiyalari. Bular asosan, bolsheviklar, eserlar, kadetlar partiyalari edi. Uchinchi guruh – Turkiston o’lkasi hududida mahalliy bo’lmagan milliy-siyosiy tashkilotlar. Yuqoridagi fikrlarimizni jamlab shunday xulosaga kelishimiz mumkin – Turkiston o’lkasida turli xil siyosiy partiyalar, ijtimoiy-siyosiy harakatlar, oqimlar, guruhlar jamiyat siyosiy hayotida ko’ppartiyaviylik tizimi uchun zamin mavjud edi. O’lka mahalliy aholisining orzu umidlari Rossiya imperiyasining va sho’rolar hokimyatining mustamlakachilik zulmidan ozod bo’lish, mustaqil demokratik milliy davlat barpo etish, asriy urf-odatlar, an’analarning, butun musulmon turmush-tarzining saqlab qolinishidan iborat edi.


050-19 Guruhi


Qudratov Bobur Fathullo o’g’li
Yüklə 27,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin