Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilar harakatini O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi 637-sonli “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi “Xalq ta’limi tizimida davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 295-sonli qarori, Xalq ta’limi vazirining “O‘quvchilarni sinfdan-sinfga va bir umumiy o‘rta ta’lim muassasasidan boshqasiga o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi 2015-yil 2-iyundagi 13-mh-sonli buyrug‘i Nizomi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 30-iyunda 3271-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga asosan amalga oshirilishini hamda sinflarga qabul qilingan o‘quvchilarni maktab erp.maktab.uz va e-maktab (kundalik.com) elektron bazasiga kiritilishini o‘rganish
Savolnomasi 1. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyuldagi 295- sonli qaroriga asosan o‘quvchilarning 1-sinfga qabul qilish bo‘yicha maktabda qabul komissiyasining tashkil qilinganligi.( Ta’lim rus tilida o‘qitiladigan maktablarda o‘quvchining boshlang‘ich so‘zlashuv ko‘nikmasini aniqlash Savolnomasi asosida o‘quvchilarning 1-sinfga qabul qilinganligi)
2. 2023-2024-o‘quv yilida Prezident sovg‘alarining 1-sinf o‘quvchilariga tarqatilishi holati. (asoslovchi hujjatlar taqdim qilinadi).
3. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-fevraldagi 154-son qaroriga asosan Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 2023-2024-o‘quv yili 9-sinf o‘quvchilariga a’lo darajali shahodatnomalarni, 11-sinfni bitiruvchi o‘quvchilariga Oltin va Kumush medallarni berilishi to‘g‘risidagi ro‘yxatni shakllantirilganligi. ( Pedagogik kengash qarori asosida)
4. O‘quvchilar harakati bo‘yicha buyruqlar daftarining yuritilishi. ( Yuridik markaz tomonidan tasdiqlangan buyruqlar yig‘ma jildi).
5. Maktabda pedagogika kengashi daftarining yuritilishi holati ( o‘quvchi harakatini pedagogik kengash yig‘ilishlarida muhokama qilinganligi, o‘quvchilarni sinfdan-sinfga ko‘chirilishi, davlat imtihoniga qo‘yilishi ( 9-sinflarda may oyida jismoniy tarbiya fanidan davlat imtihoni o‘tkaziladi) hamda maktabni tugatganligi to‘g‘risidagi shahodatnomani berish va 11-sinf o‘quvchilarini maktab o‘quvchilari safidan chiqarilishi to‘g‘risidagi qarorlar).
6. ERP.MAKTAB.UZ bazasiga kiritilgan o‘quvchilarni E-maktab (kundalik.com) bazasi bilan mosligi. 9-sinf o‘quvchilarining tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalari asosida ERP.MAKTAB.UZ bazasiga kiritilganligi.
7. E-shahodatnoma.uz bazasidan 2023-yil bitiruvchilar reestrining yuklab olinganligi.
8. E-maktab ( kundalik.com) elektron bazasining yuritilishi holati.
9. O‘rganish kuniga qadar pasport olish yoshiga to‘lgan o‘quvchilarning pasport olganligi holati.
10. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarni 2020-yil 30-iyunda 3271-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan sinflarni belgilangan me’yorlar asosida komplektlanganligi.
11. Davlat xizmatlarining o‘z vaqtida ko‘rsatilishi holati. (shahodatnoma dublikatlarining berilishi, o‘quvchi harakati)
12. Attestat va shahodatnomalarni hisobga olish va tarqatish daftarlarining to‘liq yuritilganligi va saqlanish holati ( 2021-2022-o‘quv yiligacha bo‘lgan davr).
13. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 250-sonli hamda boshqarmaning 84-sonli buyrug‘iga asosan maktab Ustavining tasdiqlanganligi hamda shu Ustavga asosan maktab peshlavhasining o‘zgartirilganligi.Ayrim fanlar chuqurlashtirilib o‘qitiladigan sinflari mavjud umumiy o‘rta ta’lim maktablari va maktab-internatlarning, maxsus maktab-internatlarni e-shahodatnoma.uz va erp.maktab.uz bazasida nomlarini o‘zgartirilganligi.
14. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 20-martda 1778-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan Umumiy o‘rta ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risidagi Nizom bilan maktab pedagogik jamoasini tanishtirilganligi ( Pedagog xodimlar tanishtirilgan ro‘yxat ilova qilinadi).Maktab bitiruvchilari (9-11-sinf) o‘quvchilarining sababsiz davlat imtihonlarini topshirmasdan xorijga chiqib ketishini oldini olish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirilganligi.
15. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi 140-son qaroriga asosan o‘quv tarbiya jarayonini tashkil etilishi holati.
16. Dars jadvalini SanPin qoidalariga asosan tuzilganligi.
17. 2023-2024-o‘quv yili uchun Asosiy ko‘rsatkich hamda maktab pasportining tasdiqlanganligi.
18. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlarining (rahbar xodimlari) boshqarmaning 2022-yil 2-dekabrdagi 02/7-13-2163 xatiga asosan Vazirlikning 2022-yil 30-noyabrdagi 06-06/3-2155 sonli xati bilan tanishganligi.
19. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-yanvardagi “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi elektron shahodatnomaning davlat namunasini tasdiqlash haqida”gi
44-son qarori bilan maktab pedagogik jamoasini tanishtirilganligi.
20. 2023-2024-o‘quv yili uchun maktab ma’muriyatining ( Direktor, O‘IBDO‘, MMIBDO‘, Psixolog) ish rejasining mavjudligi hamda o‘quv yilining o‘tgan davrigacha ish reja bo‘yicha bajarilgan ishlar hisoboti.Maktabning 3 yillik istiqbolli rejasining mavjudligi.
21. Maktab bitiruvchilarining (11-sinf) OTMga jalb qilish yuzasidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar.