302-guruh talabasi Turdimuradov Javlonbekningning



Yüklə 54,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix27.12.2023
ölçüsü54,7 Kb.
#200477
  1   2   3
Turdimuradov Javlonbek



302-guruh talabasi 
Turdimuradov Javlonbekningning
 
Kompyuterning texnik va dasturiy ta’minoti fanidan 
tayyorlagan mustaqil ishi 
Mavzu: Windows operatsion tizim va uning 
imkoniyatlari. 
 
Windows operatsion sistemasining kelib chiqish tarixi
Zamonaviy kompyuter yordamida ishlash uchun mo’ljallangan 
ushbu bo’lim, Windows operasion tizimida ishlash uchun 
mo’ljallan-gan bo’lib, unda Windows operasion tizimi xaqida 
ma’lumot va ana shu operasion tizimdagi ba’zi bir eng ko’p 
ishlatiladigan dasturlar bilan ishlash yoritilgan. 
Windows nima? Bu operasion sistema (OS). Ya’ni inson bilan 
kompyuterni o’zaro bog’lash uchun qo’llaniladigan vositalardan 
biri. OSning turlari juda ko’p bo’lib, ulardan MS DOS, 
OS/2,UNIX va hokazolar. Bulardan eng ko’p tarqalgani 
MICROSOFT kompaniyasi-ning Windows operasion 
tizimlaridir.
Ularda ishlashning qulayligi - ekran elementlarining soddaligi 
va ish stolidan kerakli vaqtda foydalanish uchun ko’rinib 
turishidir. 


Windows 

oynalar degan ma’noni anglatadi. Microsoft (MS) firmasining 
dastur mahsuli bo’lib, maxsus tayyorgarlikka ega bo’lmagan 
kompyuterdan foydalanuvchilar uchun mo’ljallangan operasion 
tizimdir. Uning asosiy maqsadi - kompyuterdan foydalanish-ni 
iloji boricha sodda va o’rganish uchun oson, shu bilan birga, 
foydalanuvchiga mumkin qadar keng imkoniyatlar yaratish 
holiga keltirishdir. Mazkur talablarga javob beruvchi MS 
Windows 2000 operasion tizimi 2000 yildan ishlatila 
boshlangan.
Operatsion tizim - 
bu maxsus dastur bo’lib, bu dastur asosiy 
vazifasi - kompyuter ishini boshqarish, kompyuter va 
foydalanuvchi o’rtasida muloqotni o’rnatish, tashqi qurilmalar 
ishlash holatlarini sozlash va ular bilan muloqotni o’rnatish, har 
xil dasturlarni ishga tushirish va ular ishlash holatlarini 
ta‘minlash. 


Operatsion tizimlardan eng taniqlilari bu Microsoft firmasining 
MS-DOS va Windows dasturlari, Apple firmasining Macintosh 
dasturi, Unix va Linux dasturlari. 
Dunyoning 70% kompyuterlari Microsoft korporatsiyasi 
tomonidan yaratilgan operatsion tizimlar bilan jihozlangan. 
Bo’lardan 1981 yilda yaratilgan - MS-DOS dasturi, 1991 yilda 
yaratilgan - Windows 3,1 dasturi, 1995 yilda yaratilgan - 
Windows 95 dasturi, 1998 yilda yaratilgan – Windows 98 
dasturi, 2000 yilda yaratilgan - Windows 2000 dasturi, 2001 
yilda yaratilgan - Windows Millennium Edition va Windows XP 
dasturlari. Windows dasturning taniqli bo’lishining asosiy 
sababi bu - ish jarayoni soddaligi, ko’p vazifali rejim, bir xil 
ishlash interfeysi va boshqa qulayliklar. Boshqa operatsion 
tizimlarga o’xshab Windows dasturi ham kompyuter xotirasiga 
kompyuter yoqilish vaqtda avtomatik ravishda yuklanadi.
Hozirgi kunda keng ommaga taqdim qilinadigan 
kompyuterlarga WINDOWS operatsion tizimlari o’rnatilib 
taqdim etilayapti. Agar kompyuterlar ilgariroq olingan bo’lsa, 
bu kompyuterlarga ham WINDOWS operatsion tizimlarini 
o’rnatish mumkin.Buning uchun ma’lum shartlar (resurslar) 
bajarilishi shart. WINDOWS 95/98 operatsion tizimlarini 
o’rnatish uchun WINDOWS 95 ning minimal varianti uchun 50 
Mb hajm vinchesterda bo’sh joy, 8 Mb operativ xotira va 
protssesor eng kamida ( ishlash taktik chastotasi 66 Mgs) 486 
bo’lishi lozim. WINDOWS 98 operatsion tizimini o’rnatish 
uchun eng kamida 16 Mb operativ xotira, 120 Mb dan 295 Mb 
gacha qattiq diskda bo’sh joy bo’lishi lozim. Agar Windowsning 
imkoniyatlaridan foydalanmoqchi bo’lsangiz, Pentium 
kompyuterlariga WINDOWS tizimini o’rnatganingiz ma’qul. 
WINDOWS foydalanuvchi uchun qulay bo’lgan ko’pgina 
imkoniyatlarga ega bo’lgan dasturiy muhitdir. Uning 
imkoniyatlari MS DOS dan sezilarli darajada yuqori. Windows 
muhitida ishlashda foydalanuvchi ko’p qulayliklarga ega 


bo’ladi. Bunda fayl va kataloglarning nusxasini olish, 
ko’chirish, qayta nomlash, o’chirish va hokazo amallar tez va 
yaqqol bajariladi. Shu bilan birga bir paytning o’zida bir necha 
katalog bilan ishlash imkoniyatiga ega.
Windows bir paytning o’zida bir necha masalalarni echish 
qobiliyatiga ega. Yagona interfeysga, ya’ni Windows turli 
lahjalari va dastur ilovalari bilan ishlashning standart qoidalariga 
egaligi muhimdir.
Hozirgi kunda Windows millionlab foydalanuvchilarning 
e’tiborini o’ziga tortdi. Microsoft firmasi Windowsni 
takomillashtirish borasida tinimsiz ish olib bormoqda. Windows 
operatsion sistemasi amaliy dasturlarni ishlatish imkoniyatini 
beradi. 32 razryadga mo’ljallangan amaliy dasturlar interfeysi 
Application Programming Interface (API) ùozirda ko’p 
ishlatiladigan tarmoq operasion tizimlar- Windows NT 
yordamida ishlaydigan amaliy dasturlar bilan bemalol ishlashi 
mumkin. Bu esa amaliy va operasion tizimlarni qo’llaydigan 
yangi dasturlar yaratish imkoniyatini beradi. Hatto kompyuter 
tarmoqlarini ishlatish va tizim adminstratorlari 


(boshqaruvchilari)dan foydalanish jarayoni qator qulayliklarga 
ega bo’ldi. Windows operatsion sistemasining (windowsOPning 
aynan yangi versiyalarida) ishchi holatida saqlab turish va uni 
o’rganish ilgarigiga nisbatan kam vaqt va urinishlarni talab 
qiladi. Tizim shunday «aqllilashganki», u qator murakkab 
amallarni o’zi mustaqil bajaradi. Bunday amallar sifatida 
periferiya qurilmalarining ishlashini ta’minlash, foydalanuvchi 
muhitini qayta o’zgartirishni (yangi imkoniyatlarni qo’shish) va 
boshqalarni keltirishimiz mumkin.
Windows dasturning taniqli bo’lishining asosiy sababi bu - ish 
jarayoni soddaligi, ko’p vazifali rejim, bir xil ishlash interfeysi 
va boshqa qulayliklar. Boshqa operatsion tizimlarga o’xshab 
Windows dasturi ham kompyuter xotirasiga kompyuter yoqilish 
vaqtda avtomatik ravishda yuklanadi.
Windows so’zi inglizcha “window”-oyna degan ma’noni 
anglatadi. Windows-oynalar, ya’ni Windows operatsion tizimida 
oynalar bilan ishlaydi. Microsoft (MS) firmasining dastur 
mahsuli bo’lib, maxsus tayyorgarlikka ega bo’lmagan 
kompyuterdan foydalanuvchilar uchun mo’ljallangan operasion 
tizimdir. Uning asosiy maqsadi - kompyuterdan foydalanish-ni 
iloji boricha sodda va o’rganish uchun oson, shu bilan birga, 
foydalanuvchiga mumkin qadar keng imkoniyatlar yaratish 
holiga keltirishdir. Mazkur talablarga javob beruvchi MS 
Windows 2000 operasion tizimi 2000 yildan ishlatila 
boshlangan. MS Windows 2000 murakkab dasturlar majmui 
bo’lib, shu bilan birga foydalanish uchun qulay operasion 
tizimdir. Windowsning avvalgi lahjalari (masalan, Windows 3.0, 
3.1, 3.11, 3.12) asos sifatida MS DOSni qabul qilgan bo’lsa, 
Windows 2000, Windows 2000 o’zi mustaqil bo’lib, 
kompyuterda boshqa bir operasion tizimning bo’lishini talab 
qilmaydi. Lekin shu bilan birga bu muhitda MS DOS va 
Windowsning eski lahjalari bilan ishlash imkoniyati saqlangan. 
Operasion tizim sifatida MS Windows 98/2000 quyidagi 
afzalliklarga ega:


O’zlashtirishda nihoyatda oddiy va imkoniyatlaridan 
foydalanish ko’lami qulay u yuqori samaradorlikka ega va 
mazkur xususiyati bilan Windowsning istalgan avvalgi 
lahjalaridan keskin farqlanadi. Xususan, Microsoft firmasi yangi 
32 razryadli yadroni tadbiq etish bilan samaradorlik va 
ishonchlilikni keskin oshirishga erishdi; 
Iste’molchi atiga bitta dasturiy ta’minot mahsulotini xarid qilib, 
qator muhim imkoniyatlarni qo’lga kiritadi: universal tarmoq 
mijoziga aylanadi, elektron pochtadan foydalana oladi, 
multimedia vositalaridan bahra oladi va hokazo; sodda dasturlar 
majmui yuqori unumlilikka ega.
Bundan tashqarii Windows bilan ishlaganda uzun, ko’p belgili 
fayl nomlarini ishlatish mumkin, ularda hatto bo’sh joyni 
ishlatish mumkin, ixtiyoriy ob’ektni ekranning istalgan joyiga 
kontekstni (MATN parchasini) chaqirish va kontekstli menyu 
yordamini olish mumkin. Windowsning samarali ishlashi uchun 
kerak bo’lgan kompyuter konfigurasiyasi: 
Pentium-I va undan yuqori mikroprosessori;
16 Mbaytdan yuqori sig’imli tezkor xotira; 
vinchesterda 500 M baytdan ortiq xotira sig’im;
xotira 1 Mbaytdan kam bo’lmagan vidioadapter. 
Windows operatsion sistemasining taqdim etilishi bu ko`pgina 
imkoniyatlarning ya’ni ayniqsa kompyuterni ishlata olish 
imkoniyatini bir necha ko`p martaga oshirdi va ko`pgina 
qulayliklari mavjuddir.



Yüklə 54,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin