304- gurux talabasi solijonova Nasibaxon Olimjon qizi “Matematik tassavurlarni shakillantirish nazaryasi va texnologiyasi” fanidan



Yüklə 252,58 Kb.
səhifə5/10
tarix19.05.2023
ölçüsü252,58 Kb.
#117193
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni

Ilmiylik tamoyili. Bu tamoyil maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘rganiladigan faktlarni ular fanda qanday yoritiladigan bo‘lsa, shunga moslab yoritishni talab qiladi, ya’ni biz ilmiylik to‘g‘risida gapirar ekanmiz, birinchi navbatda, berilayotgan bilim mazmuni ilmiylik asosida tuzilgan bo‘lishiga e’tibor qaratishimiz kerak.

  • Nazariya va amaliyotning birligi tamoyili. Bu tamoyil berilgan nazariy bilimlarning hayotga, amaliyotga bog‘lanishini butun choralar bilan kengaytira borishni talab qiladi. Matematik nazariyadan bevosita har xil mashq va masalalarni yechishga o‘tish yo‘li bilan bu tamoyil keng suratda amalga oshiriladi. Haqiqatan ham yosh bolalarga har kuni ko‘zi bilan ko‘rib yurgan xonada, ko‘chada, uydagi narsalar bilan bog‘langan holda mashg‘ulot o‘tish, ya’ni bilim berish lozim, chunki bu bolalarning tez tushinib olishiga, o‘zlashtirishiga yordam beradi.

  • Ko‘rsatmalilik tamoyili. Bolalar tafakkurining aniqlikdan abstraktlikka qarab rivojlanish xususiyatlariga bog‘liqdir. Matematikani o‘qitishdan asosiy maqsad – mantiqiy tafakkurni rivojlantirishdan iboratdir; biroq matematikani o‘qitish aniq fakt va obrazlardan ajralmasligi, aksincha, har qanday masalani o‘rganishi shu aniq fakt va obrazlarni tekshirishdan boshlash kerak.

    Ko‘rgazmalilik o‘quv materialini o‘zlashtirishni osonlashtiradi va bilimning mustahkam bo‘lishiga yordam beradi. Masalan, doira haqida gapirganimizda bolaning har biriga doirachalardan berib qo‘yib bolalar ikki qo‘llari orasida ushlab ko‘rishlari kerak. Uning dumaloq ekanini, tekis ekanini qo‘l uchidagi bolaning hamma analizatorlari qatnashgan holda eslarida yaxshiroq qol adi.

    1. Bilimlarni o‘zlashtirishda sistemalilik, ketma-ketlik va mustahkamlilik tamoyili. Matematikada materialni sistemali bayon etishning ahamiyati juda katta, chunki matematikada ayrim faktlar orasidagi mantiqiy bog‘lanishlar g‘oyat muhimdir. Bolalarga berilayotgan bilim parcha-parcha bo‘lib qolmay, bir-biri bilan bog‘langan holda oson misollardan boshlanib asta-sekin murakkablashtirib borilishi lozim.

    Puxta o‘zlashtirish esa matematikada, ayniqsa, katta ahamiyatga egadir. Matematik tushunchalar o‘zaro shu qadar bog‘langanki, majburiy minimumning biror qisminigina bilmagan taqdirda ham bolalar o‘z bilimlarini hayotda foydalana olmay qoladilar va matematik bilim olishni davom ettirish qiyinroq bo‘ladi.
    Matematikada son va sanoq, kattalik, geometrik figuralar, tevarak-atrofni bilish, vaqtni chamalash malakalarini puxta egallashning ham ahamiyati juda katta. Ayniqsa, matematikada boshqa fanlardagiga qaraganda ham, dasturning biror qismini yaxshi o‘zlashtirmasdan va malakani yaxshi mustahkamlamasdan turib, muvaffaqiyat bilan oldinga qarab borish mumkin emas.


    1. Yüklə 252,58 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin