316-guruh oʻquvchisi Gʻafforova Dilshoda
4-mavzu: Didaktika -ta'lim nazariyasi
Didaktika yunoncha “didaktikos” “o`rgatuvchi”, “didasko” – “o`rganuvchi” ma’nosini bildiradi ta’limning nazariy jihatlari (ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o`qituvchi va o`quvchi faoliyati mazmuni, ta’lim maqsadi, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo`llari va hokazo muammolar)ni o`rganuvchi fan.
Didaktika atamasini nemis pedagogi 1571-1635 yillarda yashab ijod etgan Volfgang Ratke fanga 1613-yilda “Didaktika yoki ta’lim san’ati” deb nomlangan ma’ruzasida qo’llanilgan deb hisoblanadi.
Didaktika nomi ostida fanni nazariy va metodologik asoslarini tadqiq qiladigan ilmiy fanni tushundi. Didaktikaning fundamental ilmiy asoslari ilk bor chex
pedagogi 1592-1670 yillarda yashab ijod etgan
Ya.A.Komenskiy tomonidan 1657-yilda chex tilida “Buyuk didaktika” asarini yozdi. Didaktikani Komenskiy “hammani hamma narsaga o’rgatish san’ati” deb tushuntirdi.
Didaktikada ta’limni tashkil etishning umumiy masalalari, o’qitish jarayonining mohiyati, ta’limning mazmuni, o’qitish qonuniyatlari, o’qitish tamoyillari, metodlari, uning tashkiliy shakllari yoritiladi.
Hozirgi davrda didaktika o`qitishning mazmuni, metodlari va tashkiliy shakllarini ilmiy asoslab beruvchi pedagogika sohasi sifatida tushuniladi.
Umumiy didaktikaning predmeti dars o`tish (o`qituvchi faoliyati) va bilim olish (o`quvchining o`rganish faoliyati)ning o`zaro bog`liqligi va aloqadorligi hisoblanadi.
Umumiy didaktikadan tashqari xususiy didaktikalar yoki alohida fanlar bo`ycha ta’lim metodikasi deb ataluvchi didaktikalar ham mavjud.
Didaktikaning vazifalari quyidagilardan iborat:
- ta’lim jarayonlari va ularni amalga oshirish shartlarini ta’riflash va tushuntirish;
- ta’lim jarayonini yanada mukammal tashkil etish, ya’ni, ta’lim tizimlari va texnologiyalarini ishlab chiqish;
- ta’lim jarayoni uchun xos bo`lgan umumiy qonuniyatlarni aniqlash, omillarini tahlil qilish
va ta’riflash.
Didaktika nazariy va bir vaqtning o`zida me’yoriy-amaliy fan. Didaktikaning ilmiy-nazariy vazifasi ta’limning mavjud jarayonlarini o`rganish, uning turli jihatlari o`rtasidagi bog`liqliklar, ularning mohiyatini ochib berish, rivojlanish tendensiyalari va kelajagini aniqlashdan iboratdir.
O`zlashtirilgan nazariy bilimlar ta’lim amaliyotini yo`naltirish, ta’limini jamiyat tomonidan qo`yilayotgan ijtimoiy talablarga muvofiq takomillashtirishga imkon beradi. Ta’lim mazmunini anglab olish, ta’lim tamoyillari, ta’lim metod va vositalarini qo`llash me’yorlarini aniqlash asosida didaktika amaliy-me’yoriy hamda tashkiliy-texnologik vazifani bajaradi.
Dostları ilə paylaş: |