6. Kesish asboblarini charxlash va tig’ qirovini to’kish
1. Zubilo (kreytsmeyselь) ni charxlash va qirovini to’kish.
1.CHarxlash stanogi tagligi shunday o’rnatilishi kerakki, taglik va abraziv doira chekkasi o’rtasidagi oraliq 2—3 mm. dan oshmasin. Ixota ekrani ochilib, stanok ishga tushiriladi. Zubilo (kreysmeyselь) ikkala qo’l bilan ushlanadi na chap qo’l bilan taglikka tayanib, doira chekkasiga 30 -400 burchak holatida joylashtiriladi. Zubilo (kreysmeyselь) doira chekkasi bo’ylab chapga va o’ngga suriladi, tig’i (charxlash uchun) suvga botirilib, har ikki tomoni bir tekis charxlanadi. CHarxlash burchagi ishlov beriladigan materialga qarab tanlanadi. By burchak andozada tekshirnladi. Tig’ qirovi qayroqda to’kiladi.
2.Ariqcha ochqichni charxlash va qirovini to’kish
2.Ariqcha ochqich tig’ning pastki yarim doira qismi charxlanadi .Doira chekkasida ariqcha ochqichning yuqorigi qiyaligi ishlov beriladigan materialga muvofiq burchak holatida charxlanadi.
Bolg’aning dastasidan o’ng qo’l bilan ushlab, bosh barmoqni tepkiga qo’yish, chap qo’l bilan bolg’acha dastasining uchidan siqib ushlab, zubiloni kesish chizig’iga yo’naltirish kerak.
Ishda faqat soz asbobdan foydalanish zarur.
Qirqilgan yuzadagi taxtadan qirindini qo’lda olib tashlamaslik kerak, qo’l jarohatlanmasligi uchun cho’tkalardan foydalanish lozim.
Eslatma. Kesish tugagach, tebranuvchi rama prujina ta’siridagi dastlabki holatga keltiriladi. Bunda rama keskin urilmasligi uchun uni dasta yordamida ushlab turish kerak.
1.Qo’lni g’adir-budurlarga tegib jarohatlanishdan saqlash maqsadida qo’lqop kiyib ishlash lozim.
2.Zagotovkalarni girada puxta mahkamlash zarur.
3.Elektr asboblar bilan ishlashda:
a) rezina qo’lqop kiyib va rezina gilamchalarda turib ishlash kerak;
b) 36 V dan ortiq kuchlanishda ishlaydigan asboblarning korpusi yerga ulanishi lozim;
v) elektryuritma hamda boshqa elektr asbob-anjomlar mexanik
shikastlanishlardan himoyalangan bo’lishi lozim (mis o’ramlar, rezina naychalar va boshkalar);
g) tanaffuslarda stanokni ishlab turgan holatda tashlab ketmaslik kerak.