3. ‘sevdouradilli halqa 7 ta nukleotiddan iborat va albatta o`zida ‘sevdouridil
kislota qoldig`ini tutadi. Bu halqa tRNK ning ribosoma bilan bog`lanishida ishtirok
etadi deb taxmin qilinadi.
4. Digidrouridinli yoki D-halqa odatda 8-12 ta nukleotiddan tashkil topgan
bo`lib, ularning orasida digidrouridinning bir nechta qoldiqlari bo`ladi. D-halqa
aminokislota o`zining transport RNK sini tanishida aminoastil – tRNK – sintetaza
bilan bog`lanishi uchun zarur deb hisoblanadi.
5. Qo`shimcha halqa turli xil tRNK larda o`lchami va nukleotidlar tarkibi
bo`yicha har xil bo`ladi.
tRNK ning uchlamchi strukturasi beda bargi shaklida emas, balki bukilib
buralgan shaklda bo`ladi, bunda beda bargining halqali yaproqchalari qo`shimcha
van-dervaals bog`lari orqali bog`langan xolda o`ralgan bo`ladi.
rRNK egilgan zanjirning birikishidan hosil bo`lgan spiralli uchastkalar
ko`rinishidagi ikkilamchi strukturaga ega. rRNK ning uchlamchi strukturasi
ribosomaning skeleti bo`lib hisoblanadi. U tayoqcha yoki kalava shakliga ega. Uning
ichki tomoniga ribosoma oqsillari tegib turadi.
Dostları ilə paylaş: