4- mavzu: Amaliy jismoniy tayyorgarlikning mazmuni va mohiyati



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə3/6
tarix01.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#92252
1   2   3   4   5   6
4-1

«Yaxshi» - agar mashq ta’rifga muvofiq ravishda va ishonch bilan bajarilgan lekin mashqni bajarish davomida quyidagi ahamiyatsiz xatolarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa:

«Qoniqarli» - agar mashq ta’rifga binoan bajarilgan, lekin quyidagi ahamiyatli xatolarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa:

  • mashqning tebranma harakat bilan bajariladigan qismi sezilarli darajada kuch ishlatib bajarilgan boʻlsa;

  • bir-biriga ulanib ketgan holda bajarilishi talab qilinadigan mashq boʻlaklarini bajarish chogʻida toʻxtab qolingan boʻlsa;

  • anjomdan yiqilib tushsa;

  • sakrab tushgandan keyin turgʻunlik holatini saklab qolish uchun qoʻllari

bilan yerga tayansa.
«Qoniqarsiz» - agar mashq bajarilmagan yoki buzib bajarilgan boʻlsa (mashq boʻlagi bajarilmay oʻtkazib yuborilgan boʻlsa, anjom ustidan yiqilib tushsa, tayanib sakrashlarni bajarishda depsinish bir oyoq bilan bajarilsa yoki qoʻllar ketma-ket koʻyilsa).
Oʻrgatish uslubi.
1. Mashgʻulot oʻtishdan oldingi rahbarning vazifalari:

  • yordamchilarga mashqni bajarish tartibini, toʻgʻri yordam berish va koʻngilsiz hodisalarni oldini olishni tushintiradi;

  • yordamchilarga mashgʻulot davomida beriladigan komandalarni tushuntirib, mukammallashtiriladi.

Mashgʻulot oʻtish paytida:safdagi intizomga, safda bajariladigan usullarni tugʻriligiga, mashq bajarishga shaylik holati va mashqni bajarib boʻlib, sakrab tushish holatini toʻgʻri bajarishga e’tibor berish kerak;

  • mashq bajarish paytida toʻgʻri komanda berishga alohida e’tibor berish kerak;

  • gimnastik holatni qabul qilish, mashqni koʻrsatish, gimnastik holatni qabul qilish va «Snaryadga!» komandasidan soʻng mashqni bajarib, «sakrab tushish» holatini toʻgʻri bajarish kerak;

  • shugʻullanishni boshlash uchun «mashq bajarishga kirishilsin!», bajargandan soʻng «mashq tugatilsin!» komandalari beriladi.


Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin