4- mavzu: Amaliy jismoniy tayyorgarlikning mazmuni va mohiyati



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə4/6
tarix01.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#92252
1   2   3   4   5   6
4-1

Mashqning qismlari:
Yoy shaklida harakatlanish
Bajarish texnikasi.
Vertikaldan oʻtib orqaga siltanganda oyoqlar bilan siltanishni kuchaytirish lozim. Turnikni bosib yelkalarni undan yuqoriga koʻtarish, gavdani oldinga choʻzib, yoy shaklida harakatlantirib, qoʻllarni birin-ketin quyib yuboriladi (birinchi burilish tomondagi qoʻl, keyin ikkinchisi).
Bajarish texnikasining asosi – orqaga siltanganda yelkalar turnikdan yuqori boʻlgandan keyin 90 gradusga burilib qoʻllar quyib yuboriladi.
Texnik talablar – havoda gavdani choʻzib yoy shaklida harakatlanib sakrab tushishni bajarish.

Yoʻl qoʻyiladigan xatolar:


- orqaga siltanganda gavdani oldin egilishi.
- orqaga siltanishning pastligi (elkalar turnikdan past).
- qoʻllarni oldin quyib yuborish (burilish tugamasdan).
- havoda egilmaslik.

Yordam berish va ehtiyot choralari


Orqa yonda turibshugʻullanuvchining tushish vaqtida belidan ushlash.

Tayyorlov mashqlari:


- gimnastik devorcha oldida osilib turib yuqoriga sakrab burilish.
- sherigining yordami bilan kichik siltanib 90 gradusga burilib tushish.

Turnikka aylanib chiqish


Bajarish texnikasi.
Yuqoridan ushlab osilib turgan holatdan, depsinmay va silkanmay tortilib, oyoqlar turnikka qarab koʻtariladi va turnik oʻqi atrofida aylanib qoʻllarga tayanib turiladi. Qoʻllar toʻgʻri, tana choʻzilgan. Qoʻllarga tayanib turish va osilish 1-2 soniya davom etib tursak boʻgimi bukilmasligi kerak.
Bajarish texnikasining asosi- tana turnikka tayanguncha qadar qoʻlarni yozmaslik, oyoqlar yuqoriga koʻtarishida ularni turnikka yaqin ushlash.
Texnik talablar-mashqni oyoqlani bukmay bajarish kerak, tayanch vaqtida tana choʻzilib qoʻllar bukilmasligi kerak.
Yoʻl qoʻyiladigan xatolar.
- Oyoqlarni turnikka koʻtarish vaqtida qoʻllarning yozilishi; tana pastga tushadi, oyoqlar turnikka uriladi.
- Boshni yerta orqaga tashlash;
- Yuqoriga koʻtarilgandan keyin toz-son boʻgʻimidan koʻp bukilishi;
- Pastki holatga tushish yoki sakrab tushishni oldinga amalga oshirish.
Yordam berish va shikastlanishni oldini olish.
Turnik ostida orqa-yonda turib yelka va sondan koʻtarib yordam berish. Tayanch holatga chiqqandan soʻng oyoqlarni ushlash va tayanib choʻzilishga yordam berish. Sakrab tushishda bel va koʻkrakdan ushlab yordam berish.
Tayyorlov mashqlari:
- turnikka tortilib oyoqlarni «burchak» holda koʻtarish;
- toʻgʻri oyoqlarni turnikka koʻtarish;
- bir oyoqda depsinib ikkinchisida siltanib past turnikka aylanib chiqish; ikkala oyoqdan depsinib;
- yuqori turnikka sherigini beldan koʻtarib yordam berish bilan aylanib chiqish.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin