Muomala haqida tushncha
Til muomalaga kirishuvchilar o‘rtasidagi kommunikasiya ta`minlaydi, chunki uni axborot beruvchi ham, uni qabul qiluvchi ham birday tushunadi. Boshqa kishiga axborot beruvchi (kommunikator) va uni qabul qiluvchi (resipient) muloqot jarayonida bir xil tildan foydalanishi kerak, aks holda bir-birini to‘g‘ri tushunolmaydi. Axborot almashish muomala qatnashuvchilariga tushunarli belgi va mazmunga yega bo‘lishi kerak. Til so‘z belgilari yig‘indisidan iboratdir. So‘zning ma`nosi uning mazmuniy tomonidir. Har bir alohida odamning harakatlari va faoliyatlarini alohida odamning harakati va faoliyatlarini 3 ta muhim omil belgilaydi.
Birinchidan, butun insoniyatning yoki bir muncha tor doiradagi kishilar jamoasining ijtimoiy-tarixiy tajribasi belgilaydi. Kichkina bola dunyoni mustaqil ravishda bilib olmaydi. U ota-onasiga savollar beradi va ular unga javob beradilar, bu javoblardan bola o‘z faoliyatini keyinchalik foydalanadigan umumiy bilimlarning faqat ozgina qismini oladi. Umumiy bilimlarning bu ozginagina qismini bola til shaklida, til yordamida so‘z belgilari tizimida hosil qila oladi. Maktabda ham xuddi shunday bo‘ladi, o‘quvchi olam haqida barcha bilimlarni o‘qituvchining tushuntirishidan yoki darslikdan, yani til yordamida o‘zlashtiradi. Bu yerda til o‘zining muhim vazifalaridan birini bajaradigan, ya`ni yashash vositasi ijtimoiy-tarixiy tajribani berish va o‘zlashtirish vositasi tarzida namoyon bo‘ladi.
Ikkinchidan, har bir alohida odamning ish-harakati va faoliyati ko‘pincha ijtimoiy qiymatga yega bo‘lmagan o‘zga kishilarning bevosiga tajribalari belgilaydi. Masalan, men oshxona tomon yo‘l olaman. Yo‘lda o‘rtog‘im uchrab menga: «oshxona yopilgan», deydi. Shu paytda bu xabar mening faoliyatimni ma`lum bir tarzda boshqaradi: men qayrilib, boshqa oshxona tomon jo‘nayman. Bu yerda til o‘zining boshqa muhim vazifasi bilan, ya`ni vosita yoki kommunikatsiya usuli yoki olamning xatti-harakatlarini boshqaruvchi bir vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Natijada har qanday kommunikatsiya, har qanday munosabat suhbatdoshiga tasir qilishdan iboratdir.
Uchinchidan, har bir alohida odamning ish-harakatlari va faoliyatlarini har bir ayrim kishilarning shaxsiy tajribasi belgilaydi. Odamning «shaxsiy» tajribasi, o‘z individual tajribasi boshqa kishilarning tajribalari va ijtimoiy tajribaning o‘ziga xos aralashmasidan iborat. Odam hayvondan farqli o‘laroq, o‘z harakatlarini rejalashtira oladi. Bunday rejalashtirishdan va umumiy fikriy masalalarni hal qilishning asosiy quroli tildir. Bu yerda biz tilning uchinchi vazifasi aqliy faoliyatning (idrok, xotira, tafakkur, xayol) quroli sifatidagi vazifasiga to‘qnash keldik. So‘z belgilari tizimi sifatida tildan nutq faoliyatida foydalaniladi.
Nutq faoliyati – odam tomonidan ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirish va avlodlarga berish yoki kommunikasiya o‘rnatish o‘z harakatlarini rejalashtirish maqsadida tildan foydalanish jarayonidir. Til aloqa vositasi yoxud quroldir, nutq faoliyati yoki nutq yesa aloqa jarayonining o‘zidir. Bu jihatdan nutqning faol va passiv turlari farqlanadi. So‘zlovchining nutqi faol nutq, tinglovchining nutqi passiv nutq hisoblanadi. Nutq ichki va tashki nutqga bo‘linadi. Tashqi nutq – yozma va og‘zaki nutqga, og‘zaki nutq yesa monolog va dialogik nutqga bo‘linadi. Monolog – bir kishining o‘ziga yoki boshqalarga qaratilgan nutqidir. Bu o‘qituvchining bayoni, o‘quvchining to‘laroq javobi, doklad va boshqalardir.
http://fayllar.org
Dostları ilə paylaş: |