4- mavzu: Ijtimoiy psixologiya metodologiyasi. Mavzu rejasi


Ijtimoiy-psixologik testlar



Yüklə 22,09 Kb.
səhifə7/9
tarix16.04.2022
ölçüsü22,09 Kb.
#55578
1   2   3   4   5   6   7   8   9
4- mavzu Ijtimoiy psixologiya metodologiyasi. Mavzu rejasi

Ijtimoiy-psixologik testlar

Testlar psixologiyadan kirib kelgan usuldir, bu qiska sinov usuli bo‘lib, ular yordamida u yoki bu ijtimoiy psixologik hodisa qiska muddat ichida bir texnik usul — testda tekshiriladi. Testlarni qo‘llashning qulaylik tomoni— bir test yordamida bir ob’ektning u yoki bu xususiyatini bir necha marta, takror-takror sinab ko‘rish mumkin. Lekin ularni universal deb bo‘lmaydi, chunki u yoki bu testni faqat qanday turdagi ob’ektda sinalgan bo‘lsa, shunga o‘xshash ob’ektlardagina qo‘llash mumkin, qolaversa, bunda olingan ma’lumotlar nisbiy xarakterga ega bo‘ladi. Lekin shunday bo‘lishiga qaramay, testlar, ayniqsa hozirgi kunlarda hayotimizga keng kirib keldi. SHaxs xususiyatlarini tekshiruvchi testlardan tashqari, shaxsning muloqot sistemasidagi o‘rnini, undagi muloqot malakalarining bor-yo‘qligini sinovchi, shaxs aqliy sifatlarini tekshiruvchi testlar keng qo‘llanilmoqda. Lekin shuni esdan chiqarmaslik kerakki, testni tuzish, uni ob’ektlarda sinovdan o‘tkazish, xattoki, tayyor testni moslashtirish yuksak bilimlarni, malakani, olimlik odobini talab qiladigan ishdir.

Testlar xususida yana shuni aytish mumkinki, har bir testning o‘z ''kaliti" bo‘ladi va bu kalitning egasida maxsus litsenziyalar, ya’ni kelishuvga ko‘ra ishonchli shaxslargagina sotish, berish huquqi bo‘ladi. ''Kalitsiz" esa maxsus testlarni hech kim ishlata olmaydi.

Test -so‘rov oldindan qat’iy tarzda qabul qilingan savollarga beriladigan javoblarni taqozo etadi. Masalan, Ayzenkning 57 ta savoldan iborat testi shaxsdagi introversiya - ekstroversiyani o‘lchaydi, savollarga «ha» yoki «yo‘q» tarzida javob berish so‘raladi.

Test -topshiriq odam xulqi va holatini amalga oshirgan ishlari asosida baholashni nazarda tutadi. Masalan, shaxs tafakkuridagi ijodiylilikni aniqlash uchun ko‘pincha bir qarashda oddiygina topshiriq beriladi: berilgan 20 ta doira shaklidagi shakllardan o‘zi xoxlagancha rasmlar chizish imkoniyati beriladi. Ma’lum vaqt va tezlikda bajarilish sur’ati, rasmlarning o‘ziga xos va betakrorligiga qarab shaxs fikrlashi jarayonining naqadar nostandart, ijodiy va kreaktivligiga baho berilib, miqdoriy ko‘rsatgich aniqlanadi. Bu metodlarning umumiy afzalligi ularni turli yosh, jins va kasb egalariga nisbatan qo‘llashning qulayligi, bir guruhda natija bermasa, boshqa guruhda yana qayta tekshiruv o‘tkazish imkoniyatining borligi bo‘lsa, kamchiligi - ba’zan tekshiriluvchi agar testning mohiyatini yoki kalitini bilib qolsa, sun’iy tarzda uning kechishiga ta’sir ko‘rsatishi, faktlarni soxtalashtirishi mumkinligidir.


Yüklə 22,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin